Alimov Mansur Narboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Mavlono Muhammad Qozi ma’naviy merosining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, 09.00.03 – Falsafa tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fal717
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.27.12.F.10.02
Ilmiy rahbar: Samatov Xurshid Ulmasjonovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent. Rasmiy opponentlar: Raxmatova Xolida Xolikovna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Hoshimxonov Mo‘min, falsafa fanlari doktori (DSc),dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Muhammad Qozi ilmiy merosining yoshlar tarbiyasidagi ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy-axloqiy o‘rnini asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mavlono Muhammad Qozining tariqatlar o‘rtasida yoshlar tarbiyasidagi ro‘y beruvchi ijtimoiy ziddiyatlarni bartaraf qilishga qaratilgan ijtimoiy hamjihatlik, bag‘rikenglik (tolerantlik), murosaviylik singari g‘oyalari bugungi zamonaviy ta’limning tamoyillarida konstruktiv o‘rni ilmiy asoslangan;
“Silsilat ul-orifin va Tazkiratu-s-siddiqiyn” asaridagi Yaratuvchi, tabiat, jamiyat va inson munosabatlarining o‘zaro aloqadorligi hamda ta’siri xususidagi qarashlari diniy va falsafiy dunyoqarashning “kventessensiyasi” ekanligi mantiqiy isbotlangan;
Mavlono Muhammad Qozining “mo‘tadil axloqiy konsepsiya”si orqali naqshbandiya tariqati rivojidagi yetakchilik o‘rni va tashabbuskorlik faoliyati asoslangan;
Mavlono Muhammad Qozining naqshbandiya tariqatidagi murshid va muridning xulq-atvori hamda  ma’naviy qiyofasi haqidagi mulohazalarni bugungi kundagi ustoz va shogird tizimiga transformatsiya qilish mumkinligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Mavlono Muhammad Qozi  ma’naviy merosining yoshlar tarbiyasidagi o‘rnining falsafiy asoslarini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Mavlono Muhammad Qozining tariqatlar o‘rtasida yoshlar tarbiyasidagi ro‘y beruvchi ijtimoiy ziddiyatlarni bartaraf qilishga qaratilgan ijtimoiy hamjihatlik, bag‘rikenglik (tolerantlik), murosaviylik singari g‘oyalari bugungi zamonaviy ta’limning tamoyillarida konstruktiv o‘rni ilmiy asoslanganligiga oid ilmiy yangilik, nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalar hamda amaliy takliflardan “Imkon” fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson taraqqiyoti markazining 2022-yilda bajarilgan 22/01/01 raqamli “Mahallalarda yoshlarning diniy ekstremizm va missonerlik ta’siriga tushib qolishini oldini olishda davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish” mavzusidagi amaliy-grant loyihasini ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (“Imkon” fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson taraqqiyoti markazining 2023-yil 24-noyabrdagi 23/24-son ma’lumotnomasi). Natijada, grant loyihasini yanada takomillashtirishga, va mamlakatimiz yoshlarini turli tahdidlarga qarshi kurash hamda yoshlarda axborot  madaniyatini va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilgan;
“Silsilat ul-orifin va Tazkiratu-s-siddiqiyn” asaridagi Yaratuvchi, tabiat, jamiyat va inson munosabatlarining o‘zaro aloqadorligi hamda ta’siri xususidagi qarashlari diniy va falsafiy dunyoqarashning “kventessensiyasi” ekanligi mantiqiy isbotlanganligiga oid ilmiy yangilik va nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy - tadqiqot markazi tomonidan tashkil etilgan ma’naviy va ma’rifiy tadbirlar ssenariylarini tayyorlash hamda markaz tomonidan buyurtma asosida tayyorlangan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy merosi” nomli ensiklopedik kitobining mazmunini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining 2023-yil 27-dekabrdagi 02/585-son ma’lumotnomasi). Natijada, ensiklopediya mavzularini yana-da takomillashtirishga hamda keng jamoatchilikka Movarounnahrda tasavvuf ta’limoti, XIV-XV asr diniy-falsafiy fikrlar rivojida Mavlono Muhammad Qozi ilmiy merosining o‘rnini yoritishga xizmat qilgan;
Mavlono Muhammad Qozining “mo‘tadil axloqiy konsepsiya”si orqali naqshbandiya tariqati rivojidagi yetakchilik o‘rni va tashabbuskorlik faoliyati asoslanganligiga oid ilmiy taklif-tavsiyalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Samarqand viloyat kengashining “O‘zLiDeP 20 yoshda: Yoshlar bilan birga”, “Yangi avlod kadrlari” loyihalari hamda “Deputatlar va tadbirkorlar muloqoti” forumi tadbirlari dasturining ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati -O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasining 2024-yil 16-yanvardagi 01-27/21-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar dunyoqarashida tasavvufiy-falsafiy merosi va uning o‘ziga xos xususiyatlari  ma’naviy-axloqiy qarashlar asosida tarbiyalashga va zamonaviy talqinlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
Mavlono Muhammad Qozining naqshbandiya tariqatidagi murshid va muridning xulq-atvori hamda  ma’naviy qiyofasi haqidagi mulohazalarni bugungi kundagi ustoz va shogird tizimiga transformatsiya qilish mumkinligi dalillanganligiga oid taklif-tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2023-yilda efirga uzatilgan “Qadriyat” ko‘rsatuvining navbatdagi sonining dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 14-martdagi 01-07/75 son ma’lumotnomasi). Natijada, hozirgi globallashuv sharoitida yoshlarimizni turli ma’naviy tahdidlardan himoya etish va ularda milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini shakllantirishda hamda yuksak ma’naviyatli barkamol avlod etib tarbiyalashda Mavlono Muhammad Qozi ma’naviy merosi muhim nazariy manbalardan biri bo‘lib xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish