Altiev Fazliddin Faxriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston aholisida qalkonsimon bez saratonining epidemiologik va molekulyar-genetik xususiyatlari», 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2021.2.PhD/Tib1920.
Ilmiy rahbar: Gafur-Axunov Mirza-Ali Aliyorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.06.01.
Rasmiy opponentlar: Alimxodjaeva Lola Tel`manovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Hasanov Akbar Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universtiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston aholisi orasida qalqonsimon bez saratonining epidemiologik xususiyati, xavf omillarini va molekulyar - genetik xususiyatlarini o‘rganish, xamda davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasi hududlari kesimida qalqonsimon bez saratonining intensiv va standartlashtirilgan kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlari ko‘p yillik dinamikada kompleks epidemiologik jixatdan tahlil qilinib, kasallanishning hududiy notekis tarqalishi, ayollar va mehnatga layoqatli yosh guruhlarida yuqori tendensiyasi hamda ushbu ko‘rsatkichlarni prognozlash va profilaktik tadbirlarni rejalashtirishdagi ahamiyati ilmiy jihatdan isbotlangan;
Puasson regressiya tahlili asosida qalqonsimon bez saratoni rivojlanishida jins, yosh, tamaki va spirtli ichimliklar iste’moli kabi xulq-atvor omillari, shuningdek, bo‘qoqning morfologik shakllari bilan bog‘liq nisbiy xavf ko‘rsatkichlari aniqlanib, ayrim omillarning kasallik xavfini oshiruvchi yoki kamaytiruvchi ahamiyati statistik jihatdan asoslangan va ularning klinik-epidemiologik ahamiyati isbotlangan;
qalqonsimon bez saratonining papillyar, follikulyar va differensiallashmagan gistologik shakllarida Ki-67, p53 va CD34 molekulyar-genetik markerlar ekspressiyasi darajasi yashovchanlik ko‘rsatkichlari bilan solishtirma tahlil qilinib, yuqori proliferativ faollik va gen supressor ekspressiyasining o‘sishi kasallikning agressiv kechishi va salbiy prognoz bilan bog‘liq ekanligi isbotlangan;
qalqonsimon bez saratoni oldi kasalliklarining klinik-morfologik tahlili asosida ayrim adenomalarning malignizatsiya xavfi aniqlanib, ushbu guruh bemorlarda radikal jarrohlik taktikasi va majburiy gistologik nazorat qo‘llash zarurligi ilmiy jihatdan asoslangan hamda kompleks yondashuv kasallik residivini oldini olishda samarali ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston aholisida qalqonsimon bez saratonining epidemiologik va molekulyar - genetik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: O‘zbekiston Respublikasi hududlari kesimida qalqonsimon bez saratonining intensiv va standartlashtirilgan kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlari ko‘p yillik dinamikada kompleks epidemiologik jixatdan tahlil qilinib, kasallanishning hududiy notekis tarqalishi, ayollar va mehnatga layoqatli yosh guruhlarida yuqori tendensiyasi hamda ushbu ko‘rsatkichlarni prognozlash va profilaktik tadbirlarni rejalashtirishdagi ahamiyati ilmiy jihatdan isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi olimlar kengashining 29.10.2025 yildagi yig‘ilishi 55-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Qalqonsimon bez saratonida immunogistokimyoviy usulning ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot onkologiya va radiologiya markazining Samarqand filialining 2025 yil 5 noyabrdagi  51i-sonli hamda ushbu markazning Qashqadaryo viloyati filialining 2025 yil 6 noyabrdagi 104T-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 3 fevral`dagi №02/27-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qalqonsimon bez saratonining hududlar kesimida intensiv va yoshga standartlashtirilgan kasallanish hamda o‘lim ko‘rsatkichlarini ko‘p yillik dinamikada tahlil qilish orqali kasallikning hududiy notekis tarqalishi, ayollar va mehnatga layoqatli yosh guruhlarida yuqori tendensiyasi aniqlandi. Bu yuqori xavf guruhlarini erta ajratib olish, profilaktik va skrining dasturlarini maqsadli tashkil etish hamda onkologik xizmatni samarali rejalashtirish imkonini berdi. Natijada kech bosqichlarda aniqlanish holatlari kamayib, yashovchanlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun shart-sharoit yaratildi. Iqtisodiy samaradorligi: epidemiologik tahlil natijalarini amaliyotga joriy etish orqali profilaktik tadbirlarni aniq hudud va xavf guruhlariga yo‘naltirish imkoni yaratildi. Bu ortiqcha tekshiruvlar va kech bosqichdagi qimmatbaho davolash xarajatlarini qisqartirishga xizmat qildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur yondashuv har bir bemor uchun o‘rtacha 2500000 so‘mgacha iqtisodiy samara ta’minlaydi. Xulosa: qalqonsimon bez saratonining hududiy va demografik xususiyatlarini ilmiy asosda aniqlash profilaktik strategiyalarni takomillashtirish, erta tashxislash samaradorligini oshirish hamda tibbiy xarajatlarni kamaytirish, ya’ni har bir bemor uchun o‘rtacha 2500000 so‘mgacha iqtisodiy samaraga erishish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: Puasson regressiya tahlili asosida qalqonsimon bez saratoni rivojlanishida jins, yosh, tamaki va spirtli ichimliklar iste’moli kabi xulq-atvor omillari, shuningdek, bo‘qoqning morfologik shakllari bilan bog‘liq nisbiy xavf ko‘rsatkichlari aniqlanib, ayrim omillarning kasallik xavfini oshiruvchi yoki kamaytiruvchi ahamiyati statistik jihatdan asoslangan va ularning klinik-epidemiologik ahamiyati isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi olimlar kengashining 29.10.2025 yildagi yig‘ilishi 55-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Qalqonsimon bez saratonida immunogistokimyoviy usulning ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot onkologiya va radiologiya markazining Samarqand filialining 2025 yil 5 noyabrdagi  51i-sonli hamda ushbu markazning Qashqadaryo viloyati filialining 2025 yil 6 noyabrdagi 104T-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 3 fevral`dagi №02/27-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Puasson regressiyasi asosida qalqonsimon bez saratoni rivojlanishida jins, yosh, tamaki va spirtli ichimliklar iste’moli hamda bo‘qoqning morfologik shakllariga bog‘liq nisbiy xavf ko‘rsatkichlarining aniqlanishi yuqori xavf guruhlarini ilmiy asosda shakllantirish imkonini berdi. Ushbu yondashuv aholi orasida maqsadli profilaktika, axborot-targ‘ibot ishlarini yo‘naltirish va xavf ostidagi shaxslarni erta bosqichda kuzatuvga olishga xizmat qildi. Natijada kasallikning kech aniqlanishi kamayib, individual profilaktik strategiyalarni joriy etish orqali klinik natijalarni yaxshilashga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: xavf omillariga asoslangan stratifikatsiyani klinik amaliyotga tatbiq etish orqali asossiz laborator-instrumental tekshiruvlar, kech bosqichdagi davolash xarajatlari va samarasiz terapiya hajmi qisqartirildi. O‘tkazilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur yondashuv har bir bemor uchun o‘rtacha 2800000 so‘m iqtisodiy samara ta’minladi. Xulosa: qalqonsimon bez saratoni xavf omillarini Puasson regressiyasi asosida baholash yuqori xavf guruhlarini aniqlash, maqsadli profilaktika va erta tashxis algoritmlarini joriy etish orqali klinik qaror qabul qilish samaradorligini oshirish, asossiz tekshiruv va davolash aralashuvlarini qisqartirish hamda har bir bemor uchun o‘rtacha 2 800 000 so‘m iqtisodiy samara ta’minlash imkonini berib, mazkur ilmiy yangilikning yuqori ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: qalqonsimon bez saratonining papillyar, follikulyar va differensiallashmagan gistologik shakllarida Ki-67, p53 va CD34 molekulyar-genetik markerlar ekspressiyasi darajasi yashovchanlik ko‘rsatkichlari bilan solishtirma tahlil qilinib, yuqori proliferativ faollik va gen supressor ekspressiyasining o‘sishi kasallikning agressiv kechishi va salbiy prognoz bilan bog‘liq ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi olimlar kengashining 29.10.2025 yildagi yig‘ilishi 55-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Qalqonsimon bez saratonida immunogistokimyoviy usulning ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot onkologiya va radiologiya markazining Samarqand filialining 2025 yil 5 noyabrdagi  51i-sonli hamda ushbu markazning Qashqadaryo viloyati filialining 2025 yil 6 noyabrdagi 104T-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 3 fevral`dagi №02/27-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Ki-67, p53 va CD34 molekulyar-genetik markerlari ekspressiyasini baholash orqali qalqonsimon bez saratonining agressiv shakllarini erta identifikatsiya qilish imkoni yaratildi. Ushbu yondashuv yuqori xavfli bemorlarni dastlabki bosqichda ajratib olish, prognozni individuallashtirish va davolash taktikasini optimal tanlashga xizmat qiladi. Natijada klinik qaror qabul qilish aniqligi oshirilib, residiv va metastaz xavfini kamaytirish hamda bemorlarning yashovchanlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkoni ta’minlandi. Iqtisodiy samaradorligi: immunogistokimyoviy markerlar asosida xavf guruhlarini stratifikatsiya qilish orqali qo‘shimcha instrumental tekshiruvlar, samarasiz terapiya va asossiz intensiv davolash aralashuvlari soni qisqartirildi. O‘tkazilgan iqtisodiy hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur yondashuvni joriy etish har bir bemor uchun o‘rtacha 3400000 so‘m iqtisodiy samara ta’minladi. Xulosa: Ki-67, p53 va CD34 markerlarini kompleks qo‘llash qalqonsimon bez saratonida biologik agressivlikni erta baholash, individual davolash taktikasini belgilash va asossiz klinik aralashuvlarni kamaytirishga xizmat qilib, har bir bemor uchun o‘rtacha 3400000 so‘m iqtisodiy samara ta’minlashi bilan mazkur ilmiy yangilikning yuqori ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qalqonsimon bez saratoni oldi kasalliklarining klinik-morfologik tahlili asosida ayrim adenomalarning malignizatsiya xavfi aniqlanib, ushbu guruh bemorlarda radikal jarrohlik taktikasi va majburiy gistologik nazorat qo‘llash zarurligi ilmiy jihatdan asoslangan hamda kompleks yondashuv kasallik residivini oldini olishda samarali ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi olimlar kengashining 29.10.2025 yildagi yig‘ilishi 55-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Qalqonsimon bez saratonida immunogistokimyoviy usulning ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot onkologiya va radiologiya markazining Samarqand filialining 2025 yil 5 noyabrdagi  51i-sonli hamda ushbu markazning Qashqadaryo viloyati filialining 2025 yil 6 noyabrdagi 104T-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 3 fevral`dagi №02/27-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qalqonsimon bez saratoni oldi kasalliklarining klinik-morfologik tahlili asosida ayrim adenomalarning malignizatsiya xavfi aniqlanishi yuqori xavf guruh bemorlarni erta bosqichda radikal jarrohlik davosiga yo‘naltirish imkonini berdi. Ushbu yondashuv majburiy gistologik nazoratni ta’minlab, yashirin malignizatsiya holatlarini barvaqt aniqlash, residiv va qayta operatsiyalar xavfini kamaytirishga xizmat qildi. Natijada bemorlarning klinik prognozini yaxshilash va asoratlar sonini qisqartirish imkoni yaratildi. Iqtisodiy samaradorligi: malignizatsiya xavfi yuqori bo‘lgan adenomalarda radikal jarrohlik taktikasini o‘z vaqtida qo‘llash orqali keyinchalik rivojlanishi mumkin bo‘lgan saratoni davolash bilan bog‘liq qimmatbaho kompleks terapiya, qayta operatsiyalar va uzoq muddatli statsionar xarajatlari oldi olindi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur kompleks yondashuv har bir bemor uchun o‘rtacha 4200000 so‘m iqtisodiy samara ta’minladi. Xulosa: qalqonsimon bez saratoni oldi kasalliklarida malignizatsiya xavfini klinik-morfologik mezonlar asosida baholash, radikal jarrohlik taktikasini o‘z vaqtida qo‘llash va majburiy gistologik nazoratni ta’minlash residivlarni kamaytirish, qayta davolash ehtiyojini qisqartirish hamda har bir bemor uchun o‘rtacha 4200000 so‘m iqtisodiy samara ta’minlashi bilan mazkur ilmiy yangilikning yuqori ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish