Xatamova Madinaxon Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Metallni qayta ishlovchi korxonalar ishchilarida parodont kasalliklarining profilaktika va davosini takomillashtirish”, 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Tib4318.
Ilmiy rahbar: Nazarova Nodira Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.02.
Rasmiy opponentlar: Zoyirov To‘lqin Elnazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gromova Svetlana Nikolaevna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent (Rossiya).
Yetakchi tashkilot: MARA texnologiyalar universiteti (Malayziya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi: takomillashtirilgan davo-profilaktika kompleksini joriy etish orqali metallni qayta ishlash korxonalari ishchilarida surunkali tarqoq parodontitning davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
metallni qayta ishlash korxonalari ishchilarida surunkali parodontit kechishining an’anaviy (klassik) shakllardan farq qiluvchi klinik-patogenetik xususiyatlari: kasallikning o‘ta yuqori tarqalganligi (93,4%), erta boshlanishi, o‘rta og‘irlikdagi shakllar ustunligi bilan kechuvchi tezlashgan progressiyasi, hamda parodontitning eng yuqori chastotasi «issiq» kasb vakillari - quyuvchilar va payvandchilarda kuzatilishi aniqlangan;
ishchilarda parodontal cho‘ntaklar mikrobiotsenozi antibiotiklarga nisbatan ko‘p sonli chidamlilikka (shtammlarning 41,3%) ega bo‘lgan «qizil kompleks» (Porphyromonas gingivalis, Tannerella forsythia, Treponema denticola - 59,2% bemorlarda) obligat-anaerob grammanfiy parodontopatogenlarining ustunligi bilan tavsiflanishi isbotlangan;
surunkali parodontit mavjud ishchilarda og‘iz bo‘shlig‘i mahalliy immuniteti sekretor immunoglobulin A ning 39% ga va immunoglobulin G ning 31% ga kamayishi, fagotsitar faollikning susayishi hamda yallig‘lanishni yuzaga keltiruvchi mediatorlar (FNOα, IL-1β) ustunligi bilan kechuvchi og‘iz bo‘shlig‘i suyuqligi sitokin profilining disbalansi bilan tavsiflanishi aniqlangan;
metall qayta ishlash korxonalari ishchilari uchun an’anaviy usullar bilan uyg‘unlikda detoksikatsion terapiya, immunokorreksiya, antioksidantlar va yallig‘lanishga qarshi preparatlarni o‘z ichiga olgan takomillashtirilgan davolash-profilaktika majmuasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2026-yil 10-iyundagi 10-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha № 10/73 sonli xulosasiga binoan:
birinchi ilmiy yangilik: metallni qayta ishlash korxonalari ishchilarida surunkali parodontit kechishining an’anaviy (klassik) shakllardan farq qiluvchi klinik-patogenetik xususiyatlari: kasallikning o‘ta yuqori tarqalganligi (93,4%), erta boshlanishi, engil-o‘rtacha shakllar ustunligi bilan kechuvchi tezlashgan progressiyasi, hamda parodontitning eng yuqori chastotasi «issiq» kasb vakillari - quyuvchilar va payvandchilarda kuzatilishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: metallni qayta ishlash korxonalari ishchilari noqulay ishlab chiqarish omillarining butun bir majmuasi ta’siriga duchor bo‘lishi natijasida ular orasida metall aerozollari, texnologik jarayonlarda ishlatiladigan kimyoviy birikmalar, ish zonasi havosining yuqori changlanganligi, shovqin, tebranish va atrof-muhitning yuqori harorati hisobiga klinik patologik o‘zgarishlar namoyon bo‘lishi bilan belgilanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand shahar markaziy shifoxonasi (25.11.2025 yildagi №7332-7-107-TV sonli buyruq) va Buxoro viloyat ixtisoslashtirilgan stomatologiya markazida (18.11.2025 yildagi №48 sonli buyruq) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: parodont to‘qimalarida klinik o‘zgarishlarni erta aniqlash to‘qimalarning qaytarilmas destruksiyasi rivojlanishidan oldin maksimal xavf guruhidagi ishchilarni aniqlash imkonini beradi. Ushbu buzilishlarni tuzatish nafaqat stomatologik, balki umumiy klinik holatining yaxshilanishiga olib keladi, qo‘shma patologiya bilan kasallanishni kamaytiradi. Bu uzoq muddatli mehnat qobiliyatini saqlab qolishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorlik: davriy tibbiy ko‘riklar dasturlariga immunologik markerlar monitoringini joriy etish parodontitning og‘ir shakllarini davolashning qimmat turlaridan iqtisodiy jihatdan samarali erta profilaktika va profilaktik terapiyaga o‘tish imkonini beradi. Kasallikning zo‘rayishi va asoratlarining kamayishi qimmatbaho jarrohlik, davolash va protezlash xarajatlarini kamaytiradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ishchilarda parodontal cho‘ntaklar mikrobiotsenozi antibiotiklarga nisbatan ko‘p sonli chidamlilikka (shtammlarning 41,3 foizi) ega bo‘lgan «qizil majmua» (Porphyromonas gingivalis, Tannerella forsythia, Treponema denticola - 59,2% patsientlarda) obligat-anaerob grammanfiy parodontopatogenlarining ustunligi bilan tavsiflanishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ilk bor bir vaqtning o‘zida patogenezning barcha belgilangan bo‘g‘inlariga: detoksikatsiya, oksidativ stress va yallig‘lanish, disbioz va immunitet tanqisligiga ta’sir ko‘rsatadigan prinsipial jihatdan yangi, kompleks terapiya modeli yaratilgan va nazariy jihatdan asoslangan. Bu professional parodontitni simptomatik davolashdan tizimli patogenetik davolashga o‘tishdir. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand shahar boshqarmasi Markaziy shifoxonasida amaliyotga joriy etilgan (Samarqand shahar boshqarmasining 25.11.2025 yildagi №7332-7-107-TV sonli buyrug‘i). va metallni qayta ishlash korxonalarida ishlovchi parodont kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar uchun detoksikatsion terapiya, immunokorreksiya, antioksidantlar va yallig‘lanishga qarshi dori vositalarini an’anaviy davolash usullari bilan birgalikda qo‘llashni o‘z ichiga olgan takomillashtirilgan davolash-profilaktika kompleksi ilmiy asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ilk bor bir vaqtning o‘zida patogenezning barcha belgilangan bo‘g‘inlariga: detoksikatsiya, oksidativ stress va yallig‘lanish, disbioz va immunitet tanqisligiga ta’sir ko‘rsatadigan prinsipial jihatdan yangi, kompleks terapiya modeli yaratilgan va nazariy jihatdan asoslangan. Bu professional parodontitni simptomatik davolashdan tizimli patogenetik davolashga o‘tishdir. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand shahar boshqarmasi Markaziy shifoxonasida amaliyotga joriy etilgan (Samarqand shahar boshqarmasining 25.11.2025 yildagi №7332-7-107-TV sonli buyrug‘i) va Buxoro viloyat ixtisoslashtirilgan stomatologiya markazi bo‘yicha 18.11.2025 yildagi 48-sonli buyruq bilan tasdiqlangan. Ijtimoiy samaradorlik: kompleks barqaror uzoq muddatli remissiyaga erishishni ta’minlaydi, bu xodim uchun tabiiy tishlarni saqlab qolish, og‘riq va noqulaylikning yo‘qligi, chaynash funksiyasi va estetikani normallashtirishni anglatadi. Bu kasbiy faollikni saqlab qoladi, ruhiy-hissiy stressni kamaytiradi va umumiy farovonlikni oshiradi. Iqtisodiy samaradorlik: kursning dastlabki qiymati yuqori bo‘lishiga qaramay, majmua uzoq muddatli istiqbolda yuqori rentabellikni ko‘rsatmoqda. Residivlar chastotasining 3,1 baravarga kamayishi takroriy qimmat davolash kurslariga bo‘lgan ehtiyojni keskin kamaytiradi. Ushbu sxemaning joriy etilishi zamonaviy davolash majmuasi va qimmat davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish orqali har bir bemor uchun 420000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali parodontit mavjud ishchilarda og‘iz bo‘shlig‘i mahalliy immuniteti sekretor immunoglobulin A ning 39% ga va immunoglobulin G ning 31% ga kamayishi, fagotsitar faollikning susayishi hamda yallig‘lanishni yuzaga keltiruvchi mediatorlar (FNOα, IL-1β) ustunligi bilan kechuvchi og‘iz bo‘shlig‘i suyuqligi sitokin profilining disbalansi bilan tavsiflanishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: og‘ir metallar bilan surunkali zaharlanish natijasida kelib chiqqan og‘iz bo‘shlig‘ining o‘ziga xos immunitet tanqisligi holati tavsiflangan. Aniq biomarkerlarni o‘rnatish (SIgA, IgG pasayishi, IL-1β, IL-6, FNO-α disbalansi) kasbiy parodontit patogenezini tushunishni chuqurlashtiradi, uni mahalliy infeksiya toifasidan murakkab immun-metabolik komponentli kasalliklar toifasiga o‘tkazadi. Bu esa immunokorreksiyaning yo‘naltirilgan usullarini ishlab chiqishga zamin yaratadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand shahar markaziy shifoxonasi (25.11.2025 yildagi №7332-7-107-TV sonli buyruq) va Buxoro viloyat ixtisoslashtirilgan stomatologiya markazida (18.11.2025 yildagi №48 sonli buyruq) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: immun buzilishlarni erta aniqlash to‘qimalarning qaytarilmas destruksiyasi rivojlanishidan oldin maksimal xavf guruhidagi ishchilarni aniqlash imkonini beradi. Ushbu buzilishlarni tuzatish nafaqat stomatologik, balki umumiy immunitet holatining yaxshilanishiga olib keladi, qo‘shma patologiya bilan kasallanishni kamaytiradi. Bu uzoq muddatli mehnat qobiliyatini saqlab qolishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorlik: davriy tibbiy ko‘riklar dasturlariga immunologik markerlar monitoringini joriy etish parodontitning og‘ir shakllarini davolashning qimmat turlaridan iqtisodiy jihatdan samarali erta profilaktika va profilaktik terapiyaga o‘tish imkonini beradi. Kasallikning zo‘rayishi va asoratlarining kamayishi qimmatbaho jarrohlik, davolash va protezlash xarajatlarini kamaytiradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: metall qayta ishlash korxonalari ishchilari uchun an’anaviy usullar bilan uyg‘unlikda detoksikatsion terapiya, immunokorreksiya, antioksidantlar va yallig‘lanishga qarshi preparatlarni o‘z ichiga olgan takomillashtirilgan davolash-profilaktika majmuasi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: uzoq muddatli katamnez bilan nazorat qilinadigan prospektiv tadqiqot doirasida patogenetik yondashuvning standart terapiyadan ustunligini ob’ektiv ravishda tasdiqlovchi yuqori darajadagi dalillar olingan. Nafaqat qisqa muddatli samaradorlik, balki erishilgan natijalarning barqarorligi (suyak to‘qimasining barqarorligi, residivlarning past chastotasi) ham isbotlangan, bu esa parodontologiyada muvaffaqiyatning asosiy mezoni hisoblanadi. Ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand shahar boshqarmasi markaziy shifoxonasi (25.11.2025 yildagi №7332-7-107-TV sonli buyruq) va Buxoro viloyat ixtisoslashtirilgan stomatologiya markaziga (18.11.2025 yildagi №48 sonli buyruq) joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: Ishonchli dalillarning mavjudligi millionlab sanoat ishchilariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha yangi klinik tavsiyalar va standartlar uchun asos yaratadi. Bu sog‘liqni saqlash tizimi darajasida ixtisoslashtirilgan stomatologik yordamning mavjudligi va sifatini oshiradi, mehnatga layoqatli aholi salomatligini saqlash tamoyilini amalga oshirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorlik: tadqiqot natijalari korxonalarda sog‘liqni saqlash dasturlari amaliyotiga yangi usulni joriy etish uchun iqtisodiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Ishlab chiqilgan algoritmni qo‘llash kasallikning zo‘rayishi va takroriy murojaatlar chastotasining pasayishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu davolanishning umumiy xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi. Parodontitning rivojlanishini oldini olish va erishilgan terapevtik ta’sirning barqarorligi hisobiga bir bemor hisobiga xarajatlarni tejash 520000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: stomatologlarga metallni qayta ishlovchi korxonalar ishchilarida erta tashxislashning zamonaviy yondashuvlari to‘g‘risida ma’lumot beradi.