Ishchanov Javlonbek Kurbanbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xorazm viloyati erlari meliorativ holatiga tabiiy-iqlim sharoitlar o‘zgarishining ta’siri tahlili va bashorati», 06.01.02–Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1252.
Ilmiy rahbar: Xamidov Muxammadxon Xamidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.27.06.2017.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Muradov Rustam Anvarovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Djalilova Gulnora Tulkunovna, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatiga tabiiy-iqlim sharoitlarning ta’sirini o‘rganish va ularning dinamikasini bashorat qilish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy-iqlim sharoitlar o‘zgarishining erlarning meliorativ holatiga ta’sirini tahlil qilish usullari Chiziqli regressiya, Mann Kendall trend test va T-test modellashtirishni inobatga olgan holda takomillashtirilgan;
tabiiy-iqlim va antropogen omillar ta’siri asosida sho‘rlangan erlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarining suvga bo‘lgan talabini hisoblash modeli erning energiya balans algoritmini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
g‘o‘za hosildorligi bashorati eksperimental tadqiqotlar va MODIS radiometrik ma’lumotlarini hisobga olgan holda modellashtirilgan;
tabiiy-iqlim sharoitlarning o‘zgaruvchanligini va antropogen omillarni hisobga olgan holda meliorativ holat ko‘rsatkichlarini uzoq muddatli bashorat qilish usullari takomillashtirilgan;
meliorativ holatni baholashning masofadan zondlash va geofazoviy tamoyillarini inobatga olgan holda operativ xaritalashtirish uslubi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Erlarning meliorativ holatiga tabiiiy-iqlim sharoitlar o‘zgarishining ta’siri tahlili va bashorat qilish usullari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tabiiy-iqlim sharoitlar o‘zgarishining erlarning meliorativ holatiga ta’sirini tahlil qilish usullari Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Xiva tuman melioratsiya bo‘limiga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 17 sentyabrdagi 03/25-3579-son ma’lumotnomasi). Natijada erlarning meliorativ holatiga tabiiy-iqlim sharoitlar o‘zgarishining ta’siri tahlili chiziqli regression model` orqali yuqori bog‘liqligi aniqlangan;
qishloq xo‘jaligi ekinlarining suvga bo‘lgan talabini hisoblash modeli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Qo‘shko‘pir tuman melioratsiya bo‘limi amaliyotiga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 17 sentyabrdagi 03/25-3579-son ma’lumotnomasi). Natijada Xorazm viloyatida sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari yordamida ekinlarning suvga bo‘lgan talabini aniqlash imkoni yaratilgan;
erlarning meliorativ holati ko‘rsatkichlarini bashorat qilishning zamonaviy usullari Chapqirg‘oq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Meliorativ ekspedisiyaga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 17 sentyabrdagi 03/25-3579-son ma’lumotnomasi). Natijada erlarning meliorativ holatiga qarab oldindan chora-tadbirlar ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
erlarning meliorativ holatini baholashda masofadan o‘rganuvchi operativ xaritalashtirish metodikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Chapqirg‘oq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 17 sentyabrdagi 03/25-3579-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’lumotlarni masofadan turib tezkor tahlil qilib, samarali chora-tadbirlar ishlab chiqishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish