A’zamova Kumush Salim qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Inson qadrini yuksaltirishda ijtimoiy davlat mexanizmlarining regulyativ funksiyasini rivojlantirish” 22.00.02 ‒ Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/S140 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, DSc.04/2025.27.12.S.01.02
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Karimov Bobir Sharopovich, sotsiologiya fanlari doktori (DSc), professor. 
Rasmiy opponentlar: Gaffarova Mavlyuda Kurbonboevna, sotsiologiya fanlari doktori (DSc),  Muxtarov Azamat falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ijtimoiy davlat sharoitida inson qadrini yuksaltirish mexanizmlarining regulyativ funksiyasini takomillashtirishning sotsiologik echimlarini ilmiy asoslantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy davlat mexanizmlarining aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir regulyativ funksiyalari fragmental harakatdan evolyusion rivojlanish harakatiga o‘tganligi hamda ijtimoiy siyosatida inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan intensiv va maqsadli islohotlar “inson-jamiyat-davlat” uchligida asoslantirilgan; 
sotsial institutlar (oila, mahalla, ta’lim, sport, ish bilan bandlik) “birdamlilik”, “hamjihatlilik” “bog‘lanish” va “biriktirish” orqali ijtimoiy munosabatlarni belgilash va tartibga solish negizida inson qadrini yuksaltirish yo‘llari sotsial eksperiment usuli bilan asoslantirilgan hamda sotsial institutlar subektlari faoliyatini sotsial tasniflash usullari ishlab chiqilgan; 
ijtimoiy davlat sharoitida inson omilini inson kapitali toifasiga aylantirish orqali yuksak professionalizm, ma’naviy kamolot hamda vatanparvarlik omillari uyg‘unligida kasbiy fazilatlar, ijodiy qobiliyatlar, xulq-atvor motivlari, shaxsiy fazilatlarni rivojlantirish orqali inson qadrini yuksaltirishning sotsiologik echimlari ishlab chiqilgan; 
huquqiy, demokratik va ijtimoiy davlat barpo etish bo‘lgan konstitutsiyaviy maqsadga erishishda davlat xizmatchilari siyosiy irodasini mustahkamlash va barcha jamoatchilik kuchlarining ishtiroki bilan ushbu maqsadni barcha fuqarolar uchun milliy g‘oya va harakat dasturiga aylantirish zarurati asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ijtimoiy davlat sharoitida inson qadrini yuksaltirish mexanizmlarining regulyativ funksiyasi tadqiq etish borasida olingan ilmiy natijalar quyidagi faoliyatlarga tatbiq qilingan:
Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy davlat mexanizmlarining aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir regulyativ funksiyalari fragmental harakatdan evolyusion rivojlanish harakatiga o‘tganligi hamda ijtimoiy siyosatida inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan intensiv va maqsadli islohotlar “inson-jamiyat-davlat” uchligida asoslantirilganlik ma’lumotidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining 2024-yilga mo‘ljallangan ish rejasining I. “Qonun ijodkorlik” bo‘limi 8-“Yoshlarning ilm-fan bilan shug‘ullanishi uchun yaratilayotgan shart sharoitlarni o‘rganish” qismiga “1. “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunning yoshlarni ilm-fan va ilmiy faoliyatga jalb etishga oid qismi Buxoro viloyatida ijro etilishi holatini o‘rganish, 2. Chegara oldi hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratish, 3. O‘rganish natijalarini Qo‘mita hamda xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining qo‘shma majlisida muhokama qilish” bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan.
Bundan tashqari dissertantning bevosita taklifiga ko‘ra qo‘mitaning 2024-yilga mo‘ljallangan ish rejasi IV. “Senatning aholi murojaatlari bilan ishlash borasidagi faoliyati” bo‘limi 16-bandiga qo‘shimcha “Murojaatlar bilan ishlash holati bo‘yicha tahliliy axborot tayyorlash” bandi, 19-bandiga “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” respublika ko‘rik tanlovini” o‘tkazish bandlari kiritildi. Shuningdek, 2024-yil 10-oktyabr kuni Oliy Majlis Senatida senatorlarning oliy ta’lim muassasalarining “Qizlarjon” klubi raislari hamda xotin-qizlar maslahat kengashi raislari bilan uchrashuvi ssenariysini tayyorlashda o‘z samaradorligini ko‘rsatgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 08.08.2025-yildagi №09/12-5-sonli ma’lumotnomasi).
sotsial institutlar (oila, mahalla, ta’lim, sport, ish bilan bandlik) “Birdamlilik”, “Hamjihatlilik” “Bog‘lanish” va “Biriktirish” orqali ijtimoiy munosabatlarni belgilash va tartibga solish negizida inson qadrini yuksaltirish yo‘llari sotsial eksperiment usuli bilan asoslantirilgan hamda sotsial institutlar subektlari faoliyatini sotsial tasniflash usullari ishlab chiqilganlik ma’lumotidan O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi huzuridagi Mahalla akademiyasida 2025-2026 o‘quv yili uchun “Mahalla tizimi xodimlari va “Mahalla ettiligi” a’zolari hamda vazirlik va idoralarning mahallalarga biriktirilgan masʼul xodimlarining mahalladagi faoliyati bo‘yicha malakasini oshirish kursining o‘quv dasturini hamda o‘quv rejasining 13-o‘quv yo‘nalishidagi “Mahalla raislari tomonidan “Mahalla ettiligi” a’zolarining o‘zaro samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yish orqali ularning faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish mexanizmlari” bandini ishlab chiqishda foydalanilgan.
Bundan tashqari dissertantning bevosita taklifiga ko‘ra Mahalla akademiyasi tomonidan 2025-yil fevral oyida o‘tkazilgan “Mahalla fuqarolari yig‘ini tuzilmasidagi “Mahalla ettiligi” a’zolarining hamkorligi va hamjihatliligini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnomaning 4, 5, 6, 7, 9, 10-savollari va javob variantlarini shakllantirishda foydalanilgan. Shuningdek, Mahalla akademiyasi tomonidan 2025-yil yanvar-iyun oylarida viloyatlarda davlat boshqaruvi va huquqni muhofaza qiluvchi organlari, “Mahalla ettiligi”ning viloyat boshqarmalari rahbarlari, shahar va tumanlar hokimliklari bilan hamkorligini yanada mustahkamlash maqsadida “Mahalla ettiligi faoliyati samaradorligini oshirish” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatlarini tashkil qilishda o‘z samaradorligini ko‘rsatgan. (O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi huzuridagi Mahalla akademiyasining 06.08.2025-yildagi №01-03/20-sonli ma’lumotnomasi).
ijtimoiy davlat sharoitida inson omilini inson kapitali toifasiga aylantirish orqali yuksak professionalizm, ma’naviy kamolot hamda vatanparvarlik omillari uyg‘unligida kasbiy fazilatlar, ijodiy qobiliyatlar, xulq-atvor motivlari, shaxsiy fazilatlarni rivojlantirish orqali inson qadrini yuksaltirishning sotsiologik echimlari ishlab chiqilganlik ma’lumotidan “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan anʼanaviy tarzda o‘tkaziladigan “O‘zbekiston: Davlat mustaqilligining – 33 yilligi jamoatchilik fikri ko‘zgusida” mavzusida jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadi o‘tkazilgan so‘rovnomaning “D” (mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlari) blokidagi 3-savolni va javob variantlarini, “E” (Ijtimoiy himoya, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport va bandlik) 5-6-7-savollar va javob variantlarini tayyorlashda foydalanilgan.   
Markaz faoliyatiga joriy qilish borasida taklif qilingan ilmiy yangilik asosida O‘zbekistonda fuqarolarning o‘zini-o‘zini rivojlantirish, inklyuziv jamiyat, davlat va fuqarolar o‘rtasidagi samarali muloqotni tashkil qiluvchi tuzilmalar faoliyatini tahlil qilish, inson qadrini yuksaltirish, har bir insonga e’tibor, fuqarolar murojaatlari, ijtimoiy muammolarni fuqarolarning ijtimoiy fikrini o‘rganish orqali aniqlash, inson qadrini yuksalishi hamda o‘zgarish dinamikasini sotsiologik tahlil qilish kabi masalalarni qamrab oluvchi “Inson qadrini yuksaltirishda ijtimoiy davlat mexanizmlarining regulyativ funksiyasini rivojlantirish” mavzusidagi so‘rovnoma anketa loyihasini tayyorlashda o‘z samaradorligini ko‘rsatgan. (“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 21.04.2025-yildagi №01/16-81-sonli ma’lumotnomasi).
huquqiy, demokratik va ijtimoiy davlat barpo etish bo‘lgan konstitutsiyaviy maqsadga erishishda davlat xizmatchilari siyosiy irodasini mustahkamlash va barcha jamoatchilik kuchlarining ishtiroki bilan ushbu maqsadni barcha fuqarolar uchun milliy g‘oya va harakat dasturiga aylantirish zarurati asoslantirilganlik ma’lumotidan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi saylov oldi dasturining 1.3 “Davlat boshqaruvi va davlat xizmatini yanada isloh etish sohasida” bo‘limidagi 7, 8, 9 va 10 bandlaridagi davlat boshqaruvi, davlat organlari va jamoatchilik tashkilotlarining hamjihatligi va davlat fuqarolik xizmati hamda davlat xizmatchisiga doir bandalarni yangilashda foydalanilgan. Shuningdek, 2025-yildagi chora-tadbirlar rejasi 4-bandiga “Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot”, 11-bandiga “Tarixiy taraqqiyotdagi o‘rnimiz”  loyihalarini amalga oshirish rejasi kiritildi. Ushbu qisqa muddatli loyihalar asosida Partiyaning O‘zbekiston davlatlik tarixida ijtimoiy davlatni barpo etishga doir Sharq mutafakkirlarining ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbirlarini tashkil qilishda o‘z samaradorligini ko‘rsatgan.
Dissertant tomonidan taklif qilingan ilmiy yangilik partiyaning Oliy Majlis qonunchilik palatasidagi fraksiyasi, viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi deputatlik guruhlariga partiya elektorati hamda saylovchilarning manfaatlarini deputatlik faoliyatida aks ettirishga, partiyaning Oliy Majlis qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolarini saylovchilar bilan uchrashuvlarida, hududiy va mahalliy kengash deputatlari tomonidan viloyat tuman va shahar kengash sessiyalariga masalalar kiritishga doir deputatlar uchun uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlashda keng foydalanilgan. (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 06.08.2025-yildagi №02/02-78-sonli ma’lumotnomasi).

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish