Kodirov Nodirbek Mamasolievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Yangi O‘zbekiston yoshlarida axborot madaniyatini oshirish mexanizmining ijtimoiy-falsafiy omillari 09.00.04. – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha falsafa fanlari doktori (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/Fal277
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.F.22.01
Ilmiy maslaxatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Dexkanov Narimon Burxanjonovich siyosiy fanlari doktori(DSc), professor  
Rasmiy opponentlar: Nazarov Qiyom Normirzaevich, falsafa fanlari doktori, professor, Xakimov Nazar Xakimovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor,Parpiev Muxammadjon Tolibovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Yangi O‘zbekiston yoshlarida axborot madaniyatini oshirishning ijtimoiy-falsafiy qonuniyatlarini ochib berish, axborotga ongli munosabatni rivojlantirishning konseptual asoslari va samarali mexanizmlarini ishlab chiqish hamda ularning amaliy natijadorligini ta’minlashga  qaratilgan   tavsiyalar  ishlab  chiqarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
Yangi O‘zbekiston yoshlari ijtimoiy ongida axborot madaniyatining kulturologik, aksiologik, gnoseologik, prakseologik va kommunikativ komponentlari yaxlit tizim sifatida ilmiy-falsafiy jahatdan tadqiq etilgan;
yoshlar axborot madaniyatining shakllanishiga ta’sir etuvchi oila, ta’lim, ijtimoiy muhit, ommaviy kommunikatsiya institutlari va ularning funksional ta’sir mexanizmlari ijtimoiy determinizm, madaniy mediatsiya va raqamli transformatsiya tamoyillari negizida asoslangan;
yoshlar axborot madaniyatini baholashning nazariy mezonlari ijtimoiy ong transformatsiyasi, qadriyatlar evolyusiyasi, media iste’mol xulqi va raqamli identifikatsiya jarayonlari kontekstida aniqlashtirilgan va shu asosda ijtimoiy-falsafiy jihatdan ilmiy dalillangan;
axborot madaniyatini rivojlantirishga oid xorijiy tajribalar komparativ-falsafiy va sivilizatsion yondashuvlar asosida umumlashtirilib, uning universal qonuniyatlari bilan bir qatorda milliy mentalitet, ma’naviy meros va sotsiokultural kontekstga tayanuvchi spesifik mexanizmlarning samaradorlik omillari takomillashtirilgan;
yoshlar orasida axborot madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha ko‘p bosqichli institutsional tizimi ishlab chiqilgan, bunda tanqidiy tafakkur, media savodxonlik, raqamli etika, axboriy immunitet, refleksiv yondashuv va ma’naviy-aksiologik barqarorlik kabi mexanizmlarini takomilashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ish natijalari, xulosa va takliflari joriy etilishi bo‘yicha quyidagi  hujjatlar mavjud:
Yangi O‘zbekiston yoshlari ijtimoiy ongida axborot madaniyatining aksiologik, gnoseologik, prakseologik va kommunikativ komponentlardan tarkib topgan yaxlit tizim sifatidagi ilmiy-falsafiy talqini takomillashtirilgan. Bundan tashqari tadqiqotda yoshlar orasida axborot madaniyatini yuksaltirishning ko‘p bosqichli institutsional tizimi taklif etilgan bo‘lib, unda tanqidiy tafakkur, media savodxonlik, raqamli etika, axboriy immunitet, refleksiv yondashuv va ma’naviy-aksiologik barqarorlik asosiy mexanizmlar sifatida asoslab berilgan. Tadqiqotda ilgari surilgan nazariy va amaliy xulosalaridan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti tinglovchilari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari doirasida foydalanilgan. (Din ishlar bo‘yicha qo‘mitaning 2026-yil 29-apreldagi 04-02/02/1/1524-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekiston yoshlari ongida axborot madaniyatini yuksaltirish asosida milliy rivojlanish konsepsiyasi mexanizmlari  ishlab chiqilganiga doir ilmiy yangilik, nazariy xulosalari, metodologik tavsiyalari hamda amaliy takliflari qo‘mita tadbirlarining saviyasini yanada boyitishga, milliy o‘zlikni anglash, yoshlarda axborot madaniyati hamda uzlyuksiz milliy tarbiya tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.
Yoshlar axborot madaniyatining shakllanishiga ta’sir etuvchi oila, ta’lim, ijtimoiy muhit, ommaviy kommunikatsiya kabi omillar va virtual makonning ontologik maqomi hamda funksional ta’sir mexanizmlari ijtimoiy determinizm, madaniy mediatsiya va raqamli transformatsiya tamoyillaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024- yilgi dasturining III yo‘nalishi, 17-bandi, ya’ni ilmiy asoslangan g‘oyalarni ishlab chiqish va targ‘ib qilishga qaratilgan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2026-yil 10-apreldagi 10/244-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy asoslangan g‘oyalarni ishlab chiqish va targ‘ib qilish, yoshlar orasida sog‘lom axborot madaniyatini shakllantirish, ularning tanqidiy fikrlashi, media savodxonligi va ma’naviy-aksiologik barqarorligini yuksaltirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda muhim ilmiy-amaliy manba sifatida xizmat qilgan.
Yoshlar axborot madaniyatini baholashning nazariy mezonlari ijtimoiy ong transformatsiyasi, qadriyatlar evolyusiyasi, media iste’mol xulqi va raqamli identifikatsiya jarayonlari kontekstida aniqlashtirilib, yoshlar tafakkurida namoyon bo‘layotgan axboriy passivlik, tanqidiy refleksiya etishmasligi hamda manipulyativ axborotga nisbatan epistemologik zaiflikning tizimli ko‘rinishlari tasniflangan materiallardan O‘zbekiston Respublikasi Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik boshqarmasi tomonidan o‘tkazilayotgan “Xavfsiz dargoh” tadbirlari va “Kiberweek” loyihalarda foydalanilgan. (Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 13-apreldagi 26/1267-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya ishida ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar yoshlar axborot madaniyatini ijtimoiy falsafiy mohiyatini tahlil etishga hamda yoshlarda shakllanishi muhim bo‘lgan insonparvarlikka xos  bag‘rikenglik va vatanparvarlik kabi ma’naviy-axloqiy tamoyillar milliy-ijtimoiy taraqqiyotimizni yangi bosqichga ko‘tarishda xizmat qilgan.
Axborot madaniyatini rivojlantirishga oid xorijiy tajribalar komparativ-falsafiy va sivilizatsion yondashuvlar asosida umumlashtirilib, uning universal qonuniyatlari bilan bir qatorda milliy mentalitet, ma’naviy meros va sotsiokultural kontekstga tayanuvchi spesifik mexanizmlarning samaradorlik omillari ilmiy jihatdan asoslangan takliflaridan Andijon davlat pedagogika institutida bajarilgan 2024-yil 26-martdagi 01-166-sonli buyruq asosida amalga oshirilgan “Moddiy javobgar shaxslarining tavakkalchilik bilan bog‘liq vertual o‘yinlarga moyilligini diagnostika va korreksiya qilish” amaliy loyihasida foydalanildi. (Andijon davlat pedagogika institutining 2026-yil 7-apreldagi 04-361-son ma’lumotnomasi). Jumladan, Yoshlar orasida axborot madaniyatini yuksaltirish istiqbollari xorij davlatlari tajribalaridan ijtimoiy-mafkuraviy va strategik xulosalar chiqarish asosida milliy rivojlanish konsepsiyasi uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqish asosida aniqlanganligiga doir ilmiy yangiliklardan o‘tkazilgan seminar-treninglarda foydalanilgan.
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 2025–2026-yillarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish hamda ularning axborot xavfsizligi borasidagi bilimlarini mustahkamlash jarayonida amaliyotga tatbiq etilganligi tasdiqlanadi. Xususan, strategik rejalashtirishda tadqiqotda keltirilgan yoshlar orasida axborot madaniyatini yuksaltirishning ko‘p bosqichli institutsional tizimi Agentlikning 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan yillik tadbirlar rejasini shakllantirishda metodologik asos sifatida foydalanildi. Media-savodxonlik va “Mutolaa” loyihasi doirasida dissertatsiyada ishlab chiqilgan tanqidiy tafakkur va media-savodxonlik mexanizmlari yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish tadbirlarida axborotni tahliliy qabul qilish  ko‘nikmalarini shakllantirishda qo‘llanildi. Raqamli etika va “Yoshlar portali” faoliyatida esa tadqiqotchining raqamli etika va axboriy immunitet borasidagi takliflari Agentlikning elektron platformalari, xususan, yoshlar uchun yaratilgan mobil ilovalar va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yoshlar bilan muloqot qilish madaniyatini yuksaltirishda qo‘llanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2026-yil 20-martdagi 2-15-21-1434-sonli dalolatnomasi). Ushbu tahlil natijasida global tafakkurda tamaddunlar orasidagi falsafiy muloqot va ta’sirlashuv mexanizmlari ilmiy nuqtai nazardan tizimlashtirilgan va axborot madaniyatiga oid yangi g‘oyaviy yondashuvlar ilgari surilishiga amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish