Abduxoliqov Farrux Baxrom o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Yovvoyi flora vakillaridan rekul`tivatsiyada foydalanish masalalari», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/B1090.
Ilmiy rahbar: Karshibaev Hazratkul Kilichevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.B.38.03.
Rasmiy opponentlar: Mavlonov Xudargan, biologiya fanlari doktori, professor; Mahmudov Valijon, biologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: konlar atrofidagi inqirozga uchragan erlarni rekul`tivatsiya qilishda yovvoyi flora vakillaridan foydalanishni ilmiy-amaliy jihatdan asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor adir mintaqasidagi konlar atrofida degradatsiyaga uchragan tuproqlarning ekologik holati kompleks baholangan;
rekul`tivatsiya uchun tavsiya etilgan yovvoyi o‘simlik turlari urug‘larining dala unuvchanligi aniqlangan; 
rekul`tivatsiya uchun tavsiya etilgan yovvoyi o‘simlik nihollarining saqlanuvchanligini oshirishning samarali  usullari ishlab chiqilgan;
rekul`tivatsiyada foydalanishga tavsiya etilgan o‘simlik turlarining morfobiologik hamda bioekologik xususiyatlari aniqlangan;
rekultivant sifatida tavsiya etilgan o‘simliklarning ontogenezning turli bosqichlaridagi o‘sish va rivojlanish xususiyatlari hamda biometrik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
degradatsiyaga uchragan hududlar tuproqlarida rekul`tivatsiya qilingan yovvoyi flora vakillarining introduksion istiqbollilik indekslari baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yovvoyi flora vakillaridan rekul`tivatsiyada foydalanish masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
degradatsiyaga uchragan erlarni biologik rekul`tivatsiya qilish texnologiyasi hamda rekul`tivatsiya uchun tavsiya etilgan 10 ta istiqbolli yovvoyi o‘simlik turi Roemeria pavonina, Bromus tectorum, Capsella bursa-pastoris, Vicia lathyroides, Trigonella grandiflora, Plantago lanceolata, Marrubium anisodon, Descurainia sophia, Euclidium syriacum va Cirsium alatum Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi “Marjonbuloq oltin boyitish fabrikasi” atrofida joylashgan texnogen buzilgan hududlarning 0,5 gektar maydonida biologik rekul`tivatsiya ishlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 1 noyabrdagi 03-03/3-10797-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sun’iy tepaliklarda o‘simlik qoplamini shakllantirish, hududning ekologik holatini yaxshilash hamda degradatsiyaga uchragan erlarni qayta tiklanish imkonini bergan;
rekul`tivatsiya uchun tavsiya etilgan o‘simlik turlarining introduksion baholash usuli hamda urug‘ unuvchanligini oshirish va nihollar yashovchanligini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan agrotexnik tavsiyalar “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 12 dekabrdagi 05/06-04-890-sonli ma’lumotnoma). Natijada, adir mintaqasida biologik rekul`tivatsiyada foydalanishga tavsiya etilgan turlar tarkibi aniqlanib, urug‘larning unuvchanligi nazoratga nisbatan 46,1–58,3 %, maysalarning ko‘karuvchanligi 32,2–45,1 % hamda nihollarning saqlanuvchanligi 24,6–36,1 % ga oshish imkonini bergan;
“Yovvoyi flora vakillaridan foydalanib degradatsiyaga uchragan hududlarni rekul`tivatsiya qilish” nomli ilmiy-amaliy tavsiyanoma ishlab chiqilib, “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 12 dekabrdagi 05/06-04-890-sonli ma’lumotnoma). Natijada, tavsiyanomadan oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot tashkilotlari hamda rekul`tivatsiya yo‘nalishida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun ilmiy-uslubiy qo‘llanma sifatida foydalanish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish