Aminov Bexzod Bahram o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqlim o‘zgarishining Xorazm viloyati geoekologik vaziyatiga ta’siri”, 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2025.4.PhD/Gr431.
Ilmiy rahbar: Sharipov Shavkat Muxamajanovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  O‘zbekiston Milliy  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Gr.01.17.
Rasmiy opponentlar: Adenbaev Baxtiyor Embergenovich, geografiya fanlari doktori, professor; Amanbaeva Ziyoda Abduvoisovna, geografiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
 Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqlim o‘zgarishi sharoitida Xorazm viloyatining geoekologik vaziyatini kompleks tahlil qilish va baholash, iqlim o‘zgarishining turli ssenariyalari va modellashtirish usullari asosida prognozlash hamda kutiladigan salbiy geoekologik oqibatlarni yumshatishga qaratilgan moslashuv chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm viloyati landshaftlarining xususiyatlari va chegaralari dala tadqiqotlari, fond materiallari hamda aerokosmik metodlar asosida aniqlangan va ilk bor, o‘rta masshtabli (1:200 000) landshaft kartasi yaratilgan;
erdan foydalanish turi va xo‘jalik faoliyati sohalari asosida viloyat landshaftlarining antropogen hosilalar bilan bandlik darajasi (sifat va miqdor) aniqlangan;
CMIP6 global iqlim modellarining SSP2-4.5 ssenariysi ma’lumotlari asosida Xorazm viloyati iqlimining 2050-yilda kutiladigan o‘zgarishlari aniqlangan va ularning prognoz kartasi yaratilgan;
viloyatning geoekologik vaziyati baholangan va iqlim o‘zgarishi oqibatida 2050-yilda kutiladigan salbiy geoekologik vaziyatlarni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan va kartasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqlim o‘zgarishining Xorazm viloyati geoekologik vaziyatiga ta’siri bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Xorazm viloyatining landshaft kartasi va landshaftlarining xususiyatlarini tavsifidan “Kartografiya” davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasida Xorazm viloyatining umumgeografik kartasini tuzish amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2026-yil 1-iyuldagi 03/03-7532-son ma’lumotnomasi). Natijada, Xorazm viloyati umumgeografik kartasining mazmunini boyitish imkoniyatini bergan;
viloyatda erdan foydalanish turi va xo‘jalik faoliyati sohalari asosida viloyat landshaftlarining antropogen hosilalar bilan bandlik darajasini aniqlash natijalaridan “Kartografiya” davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasida Xorazm viloyatining siyosiy-ma’muriy kartasini tuzish amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2026-yil 1-iyuldagi 03/03-7532-son ma’lumotnomasi). Natijada, Xorazm viloyati siyosiy-ma’muriy kartasining mazmunini boyitish imkoniyatini bergan;
turli xildagi iqlim ssenariylari bo‘yicha Xorazm viloyati iqlimining 2050-yilga kutiladigan o‘zgarishlari prognoz kartasidan “Kartografiya” davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasida O‘zbekiston Respublikasi tabiatini muhofaza qilish kartasini tuzish amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2026-yil 1-iyuldagi 03/03-7532-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu xaritada keltirilgan ma’lumotlarning mazmunini boyitish, ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish imkoniyatini bergan;
iqlim o‘zgarishi sharoitida viloyat landshaftlarining geoekologik vaziyatini yaxshilash va iqlim o‘zgarishlariga moslashish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlari kartasidan “Kartografiya” davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasida O‘zbekiston Respublikasi tabiatini muhofaza qilish kartasini tuzish amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2026-yil 1-iyuldagi 03/03-7532-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu xaritada keltirilgan ma’lumotlarning mazmunini boyitish, ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish imkoniyatini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish