Abduraxmonov Sarvar Narzullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Geoaxborot texnologiyalari va kartografik metodlar asosida mintaqaviy demografik jarayonlarni tadqiq qilish (O‘zbekiston Respublikasi janubiy mintaqasi misolida)», 11.00.06–Geodeziya. Kartografiya (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1382.
Ilmiy rahbar: Safarov Eshqobul Yuldashovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi DSs.27.06.2017.T.10.02 raqamli ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Suyunov Abdusali Samatovich, texnika fanlari doktori, professor; Nazarov Mamatqodir Ismatullaevich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: geoaxborot texnologiyalari va kartografik metodlar asosida janubiy mintaqa demografik jarayonlarini tadqiq qilish, kartalarini tuzishda ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va geolokatsiyalash, fazoviy ma’lumotlarni modellashtirish, integratsiyalash, demografik jarayonlarni vizuallashtirish ishlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
demografik jarayonlarni kartografik tadqiq qilish hamda kartaga olishning zamonaviy usuli va texnologiyalari, geoinformatsion kartaga olish, fazoviy va kartografik modellashtirish va vizuallashtirish ishlarini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;
GAT texnologiyalari dasturlari yordamida yaratilgan demografik ma’lumotlar bazasini inobatga olgan holda seriyali kartalar ishlab chiqilgan;
demografik jarayonlarni tadqiq qilishda GAT texnologiyalarining afzalligini hisobga olgan holda mintaqaviy demografik jarayonlarni kartalashtirishning matematik, geodezik asoslari takomillashtirilgan;
GAT texnologiyalarida demografik jarayonlarni fazoviy tahlil qilish va modellashtirish, geolokatsiya ishlarini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;
mintaqaviy demografik jarayonlarni prognoz kartalarini tuzish (ArcGIS, QGIS, Mapinfo dasturlaridan foydalanib) innovatsion usullar va texnologiyalarni inobatga olgan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Geoaxborot texnologiyalari va kartografik metodlar asosida mintaqaviy demografik jarayonlarni tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
demografik jarayonlarni tadqiq qilish va kartaga olishning zamonaviy usullari va texnologiyalari, geoinformatsion kartaga olish, fazoviy va kartografik modellashtirish va vizuallashtirish ishlari Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tasarrufidagi «Kartografiya» ilmiy-ishlab chiqarish davlat korxonasida joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 26 sentyabrdagi 02/02-7092-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan kartalar seriyasi «Qashqadaryo viloyati o‘lkashunoslik atlasi»da nashr etilgan;
kartografik usullar asosida yaratilgan demografik jarayonlar kartalarining matematik hamda geodezik asosi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tasarrufidagi «Kartografiya» ilmiy-ishlab chiqarish davlat korxonasida joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 26 sentyabrdagi 02/02-7092-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida barcha mintaqaning boshqa mavzudagi kartalarini tuzish ishlarida etalon sifatida foydalanilgan;
demografik jarayonlarni prognoz qilish kartalarini tuzishni inobatga olgan holda yaratilgan innovatsion texnologiyalar Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat ko‘mitasi tasarrufidagi «Kartografiya» ilmiy-ishlab chiqarish davlat korxonasida joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 26 sentyabrdagi 02/02-7092-son ma’lumotnomasi). Natijada prognozlash kartalarining sifati, kartalarni yaratishdagi tezkorlik hamda aniqligini oshirishga imkon bergan.