Kuvondikov Rustam Abdurasul o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Toshkent viloyati chorvachilik xaritalari seriyasini yaratishda masofadan zondlash va GAT texnologiyalarini qoʻllash masalalari”, 11.00.06 – Geodeziya. Kartografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2026.1.PhD/Gr458.
Ilmiy rahbar: Egamberdiev Asamberdi, geografiya fanlari nomzodi, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Gr.01.17.
Rasmiy opponentlar: Reymov Polat Rasbergenovich, geografiya fanlari doktori, professor; Abduraxmonov Sarvar Narzullaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent viloyati chorvachiligiga oid mavzuli xaritalari seriyasini yaratishni masofadan zondlash ma’lumotlari va GAT texnologiyalari asosida ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chorvachilik tarmoqlarini tabiiy geografik sharoit va aholi joylashuvi bilan uzviy bog‘liq holda yagona kartografik model asosida tasvirlash orqali kartografik modellashtirishning ilmiy-uslubiy asoslari takomillashtirilgan;
chorvachilikni hududiy tashkil etish va chorva mollarini xo‘jalik tarmoqlari bo‘yicha taqsimlanish xususiyatlarini tavsiflovchi xaritalari takomillashtirilgan; 
Toshkent viloyati chorvachilik xaritalari seriyasi tarmoqning hududiy va tarmoq tarkibi ixtisoslashuvini mavzuli va funksional jihatdan o‘zaro bog‘liq hamda masofadan zondlash ma’lumotlari va GAT texnologiyalari integratsiyasi asosida yaratilgan; 
yaylov hududlarida chorva mollarining real vaqt rejimidagi harakatiga oid fazoviy ma’lumotlarni “GPS collar” qurilmasi orqali to‘plash va GAT dasturlarida geofazoviy tahlil qilish asosida chorvachilik monitoringi  takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chorvachilik xaritalarining seriyasini yaratishda masofadan zondlash va GAT texnologiyalarini qo‘llash masalalari boʻyicha olingan natijalar asosida:
Toshkent viloyati chorvachilik tarmoqlarini tabiiy geografik sharoit hamda aholi joylashuvi bilan uzviy bog‘liqlikda yagona kartografik model asosida tasvirlashga qaratilgan takomillashtirilgan kartografik modellashtirish usullari Kadastr agentligining «Kartografiya» davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasida hududning o‘lkashunoslik atlasini ishlab chiqishda joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2026-yil 17-apreldagi  05/4061-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, atlas tarkibidagi chorvachilik xaritalarning mazmunan boyitilishiga, ularning ilmiy asoslanganligini oshirishga xizmat qilgan;
chorvachilik tarmog‘ini kompleks geografik atlaslar tarkibiga mustaqil bo‘lim sifatida kiritish, umumchorvachilik xaritalarini tuzish, chorvachilik xaritalari tizimini shakllantirish hamda maxsus chorvachilik atlasini yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar Kadastr agentligining «Kartografiya» davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasida hududiy o‘lkashunoslik atlaslarini tayyorlash amaliyotiga tatbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2026-yil 17-apreldagi  05/4061-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, chorvachilikka oid kartografik materiallarning mazmunini ilmiy asosda shakllantirish, ularning mavzulararo izchilligini ta’minlash hamda hududiy rejalashtirish va boshqaruv jarayonlarida samarali foydalanish imkoniyatlari kengaygan;
Toshkent viloyati chorvachilik tarmog‘ining hududiy va tarmoq tarkibi hamda ixtisoslashuvini aks ettiruvchi, o‘zaro bog‘liq mavzuli va funksional xaritalar seriyasi masofadan zondlash ma’lumotlari hamda geoaxborot tizimlari texnologiyalari integratsiyasi asosida ishlab chiqilgan va Kadastr agentligining «Kartografiya» davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasida o‘lkashunoslik atlasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2026-yil 17-apreldagi  05/4061-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, atlas tarkibidagi qishloq xo‘jaligiga oid xaritalarning mazmuni yanada boyitish, ularning mavzuli izchiligini oshirish imkonini bergan;
“GPS collar” texnologiyasi asosida yaylov hududlarida chorva mollarining real vaqt rejimidagi fazoviy harakatlarini monitoring qilish hamda olingan ma’lumotlarni geoaxborot tizimlari muhitida tahlil qilishga asoslangan kartografik usul Kadastr agentligining «Kartografiya» davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasida chorvachilikka oid statistik ma’lumotlarni xaritalashtirish jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2026-yil 17-apreldagi  05/4061-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, chorvachilik obektlari va yaylovlardan foydalanish jarayonlarini aks ettiruvchi zamonaviy raqamli va interaktiv kartografik mahsulotlarni yaratish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish