Sabirov Mahtumquli Ataboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Badiiy olam manzarasida o‘xshatishlarning lingvomadaniy va tarjima xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari misolida), 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Fil2979.
Ilmiy rahbar: Xakimov Xamidullo Inamovich filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.35.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ziyodbek Mansurovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Tojiboev Ilxomjon Usmonovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek badiiy matnlarida o‘xshatishlarning badiiy olam manzarasini shakllantirishdagi lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlash tarjima jarayonida funksional va lingvomadaniy ekvivalentlikni ta’minlash mexanizmlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz va o‘zbek badiiy matnlarida o‘xshatishlarning konseptual, lingvomadaniy va funksional xususiyatlari tufayli badiiy olam manzarasini shakllantiruvchi lingvomadaniy mexanizm ekanligi Cho‘lponning “Kecha va kunduz” hamda M. Albomning “Tuesdays with Morrie” (“Morrining seshanba darslari”) asarlari materiallari asosida isbotlangan, shuningdek, o‘xshatishlarning turg‘un va individual ko‘rinishlari milliy mentalitetni reprezentatsiya qiluvchi konseptual-funksional birliklar ekanligi ilmiy asoslangan;
o‘xshatish ob’ekti (etalon) va sub’ektining tanlanishi ekzosentrik (tabiatga yo‘naltirilgan) va antropotsentrik (insonga yo‘naltirilgan) modellar kesimida aniqlanib, o‘zbek tilida floristik va mifologik, ingliz tilida esa ijtimoiy-falsafiy va pragmatik obrazlar tanlanishiga tabiiy-madaniy muhit hamda diniy-axloqiy qarashlarning deterministik ta’siri ochib berilgan;
o‘xshatishlarning struktur-semantik va morfologik shakllanish xususiyatlari qiyosiy baholanib, ularning izomorfik jihati sifatida har ikki tilda sub’ekt, etalon, asos va vositadan iborat to‘rt komponentli modelning mavjudligi, allomorfik jihati sifatida esa o‘zbek tilida -dek, -day, kabi affiksal-ko‘makchili vositalarning, ingliz tilida “like” va «as” kabi analitik vositalarning ustuvorligi lisoniy dalillar asosida aniqlangan;
individual va turg‘un o‘xshatishlarning tarjima jarayonida qo‘llaniladigan so‘zma-so‘z tarjima, semantik moslashtirish, obrazni transformatsiya qilish, qisqartirish va substitusiya kabi asosiy tarjima strategiyalari tizimlashtirilibaniqlanib, ularni tanlash va qo‘llashning semantik, uslubiy hamda lingvomadaniy tamoyillari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy olam tasvirida o‘xshatishlarning milliy-madaniy va tarjima xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
ingliz va o‘zbek badiiy matnlarida o‘xshatishlarning konseptual, lingvomadaniy va funksional xususiyatlari tufayli badiiy olam manzarasini shakllantiruvchi lingvomadaniy mexanizm ekanligi Cho‘lponning “Kecha va kunduz” hamda M. Albomning “Tuesdays with Morrie” (“Morrining seshanba darslari”) asarlari materiallari asosida isbotlangan, shuningdek, o‘xshatishlarning turg‘un va individual ko‘rinishlari milliy mentalitetni reprezentatsiya qiluvchi konseptual-funksional birliklar ekanligi ilmiy asoslanganligiga oid mulohazalardan 2020-2022-yillarda Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan FZ-2019062034-raqamli “Xorijiy tillarda so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek tilini intensiv o‘rgatuvchi multimedia mahsulotlarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida yaratilgan ingliz va o‘zbek tillari milliy-madaniy so‘zlar glossariysini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 26-sentyabrdagi 04-04-1/5678-son ma’lumotnomasi). Natijada materiallari umumiy tilshunoslik, qiyosiy tipologiya, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik kabi fanlarni o‘qitilishida hamda mazkur amaliy loyiha bo‘yicha elektron resurslar, bosma darslik uchun manbalar va nazariy hamda amaliy materiallar tayyorlanayotganida muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
o‘xshatish ob’ekti (etalon) va sub’ektining tanlanishi ekzosentrik (tabiatga yo‘naltirilgan) va antropotsentrik (insonga yo‘naltirilgan) modellar kesimida aniqlanib, o‘zbek tilida floristik va mifologik, ingliz tilida esa ijtimoiy-falsafiy va pragmatik obrazlar tanlanishiga tabiiy-madaniy muhit hamda diniy-axloqiy qarashlarning deterministik ta’siri ochib berilganligiga oid xulosalardan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2023-2025-yillar bajarilgan IL-27-4722022413-sonli “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 4-sentyabrdagi 04-04-1/4980-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek badiiy olam manzarasida o‘xshatish ob’ekti, sub’ekti, shakli va holati borasidagi farqli jihatlar ingliz va o‘zbek xalqining olamning milliy tasviridagi tafovutlar natijasida yuzaga kelishi asoslab berilgan manbalar loyiha doirasida yaratilgan platforma kontentini boyitishga xizmat qilgan;
o‘xshatishlarning struktur-semantik va morfologik shakllanish xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinib, ularning izomorfik jihati sifatida har ikki tilda sub’ekt, etalon, asos va vositadan iborat to‘rt komponentli modelning mavjudligi, allomorfik jihati sifatida esa o‘zbek tilida -dek, -day, kabi affiksal-ko‘makchili vositalarning, ingliz tilida “like” va «as” kabi analitik vositalarning ustuvorligi lisoniy dalillar asosida aniqlanganligiga oid ilmiy xulosalardan “Erasmus+” dasrurining 561574-EPP-1-2015-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP-ECCUM: “Establishment of Computing Centers and Curriculum Development in Mathematical Engineering Master programme” loyihasida foydalanilgan (Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining 2025-yil 12-sentyabrdagi 06-161/2-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotning ilmiy xulosalari va materiallari badiiy tarjima sohasida mutaxassis tayyorlashga mo‘ljallangan yangi o‘quv dasturlari hamda maxsus kurslar uchun o‘xshatishlarning lingvomadaniy xususiyatlariga oid o‘quv materiallarini tayyorlash va takomillashtirishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.
individual va turg‘un o‘xshatishlarning tarjima jarayonida qo‘llaniladigan so‘zma-so‘z tarjima, semantik moslashtirish, obrazni transformatsiya qilish, qisqartirish va substitusiya kabi asosiy tarjima strategiyalari tizimlashtirilib, ularni tanlash va qo‘llashning semantik, uslubiy hamda lingvomadaniy omillarga asoslangan tamoyillari aniqlanganligiga oid ilmiy xulosalari hamda materiallaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Bedorlik”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” dasturlari ssenariysining 2025-yil yanvar-avgust oylari sonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24 ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 24-sentyabrdagi 05-09-1495-son-ma'lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuv materiallari dolzarbligi oshgan, mazmunan takomillashgan, o‘zbek va ingliz tillarida o‘xshatishdan foydalanishning milliy-lisoniy o‘ziga xosliklari borasidagi bilimlarni oshirishda muhim ahamiyat kasb etgan.