Nusurov Usman Nusratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Hozirgi o‘zbek she’riyatida ramziy tasvir taraqqiyoti tadqiqi (O‘roz Haydar, Zilola Xo‘janiyozova, Nilufar Umarova she’rlari misolida), 10.00.14 – XX asr o‘zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Fil5957.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Shodmonov Nafas Nomozovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Turon universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.39.01.
Rasmiy opponentlar: Hasanov Shavkat Ahadovich, filologiya fanlari doktori, professor; Karamova Shoxida Luftillaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ramziy tasvirlar tahlili orqali she’r shakllarining badiiy, estetik, ma’naviy ahamiyatini va semantik imkoniyatlarini O‘roz Haydar, Zilola Xo‘janiyozova va Nilufar Umarova ijodi misolida aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
hozirgi o‘zbek she’riyatida ramziy tasvir taraqqiyotining poetik xususiyatlari ilk bor O‘roz Haydar, Zilola Xo‘janiyozova va Nilufar Umarova she’riyati misolida qiyosiy-tipologik asosda umumlashtirilib, ramzlarning individual poetik tafakkur bilan bog‘liq rivojlanish qonuniyatlari aniqlangan;
O‘roz Haydar, Zilola Xo‘janiyozova va Nilufar Umarova she’riyatida ramzlarning badiiy-estetik, semantik va poetik funksiyalarini belgilovchi o‘ziga xos xususiyatlar asoslanib, ularning individual uslubni shakllantirish hamda muallifning badiiy-estetik konsepsiyasini ifodalashdagi funksional imkoniyatlari dalillangan;
ramziy tasvirlarning she’r mazmunini ko‘pqatlamli ifodalash, obrazlar tizimini boyitish, lirik qahramon ruhiy olamini ochish hamda davr va voqelikka munosabatni badiiy konsepsiya darajasida ifodalashdagi g‘oyaviy-estetik va badiiy-kommunikativ kabi poetik funksiyalar aniqlangan;
O‘roz Haydar, Zilola Xo‘janiyozova va Nilufar Umarova she’riyatida qo‘llangan ramziy tasvirlarning tipologik umumiyliklari va individual poetik farqlari aniqlanib, ularning hozirgi o‘zbek she’riyatida ramziy tafakkur taraqqiyotini belgilovchi badiiy-estetik qonuniyatlari asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Hozirgi o‘zbek she’riyatida ramziy tasvir taraqqiyoti tadqiqi (O‘roz Haydar, Zilola Xo‘janiyozova, Nilufar Umarova she’rlari misolida)” mavzusini tadqiq etish natijalari asosida:
hozirgi o‘zbek she’riyatida ramziy tasvir taraqqiyotining poetik xususiyatlari ilk bor O‘roz Haydar, Zilola Xo‘janiyozova va Nilufar Umarova she’riyati misolida qiyosiy-tipologik asosda umumlashtirilib, ramzlarning individual poetik tafakkur bilan bog‘liq rivojlanish qonuniyatlari aniqlanganligi oid xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi badiiy kengashlari hisobot yig‘ilishlarida, to‘garaklar faoliyatida, mahorat darslarida yosh ijodkorlar bilan kitobxonlik doirasidagi uchrashuvlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 28-apreldagi 17/05-78-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek adabiyotshunosligida ramz va ramziy tasvirlarni tahlil qilishda ishlatiladigan zamonaviy metodlarni qo‘llash va o‘zbek she’riyatiga tatbiq etish; ramz ijodkorning o‘ziga xos uslubini shakllantiruvchi omil sifatida ishlatilishini va uning badiiy obrazlar yaratishdagi ahamiyatini o‘rgatishda, shoirlar asaridagi ramziy tasvirlar yordamida ijtimoiy, madaniy va psixologik holatlarning ifodalanganligini, ramz va ramziy tasvirlarning yozuvchilarning davrga bo‘lgan munosabatini, uning ijtimoiy va madaniy sharoitlar bilan bog‘liqligini o‘rganishga doir yangi nazariy qarashlar bilan boyitishda foydalanilgan;
O‘roz Haydar, Zilola Xo‘janiyozova va Nilufar Umarova she’riyatida ramzlarning badiiy-estetik, semantik va poetik funksiyalarini belgilovchi o‘ziga xos xususiyatlar asoslanib, ularning individual uslubni shakllantirish hamda muallifning badiiy-estetik konsepsiyasini ifodalashdagi funksional imkoniyatlari dalillanganligiga oid takliflar Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Oltin voha” teledasturidagi “Fayzli kun” ko‘rsatuvi hamda “Qadriyat” radioeshittirishi uchun ssenariy materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2025-yil 28-apreldagi 17-05/76-son ma’lumotnomasi). Natijada, tayyorlangan ko‘rsatuv va eshittirishlar orqali yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod vakillari, xalqimizning boy ilmiy-ma’naviy merosi, milliy madaniyat, qadriyatlar va o‘zligimizga muhabbat ruhida tarbiyalanishiga xizmat qiluvchi badiiy-ma’rifiy materiallar yaratildi. Bu holat zamonaviy o‘zbek ijodkorlari ijodini yangi nazariy asosda anglash va ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib etishning samarali mexanizmi sifatida xizmat qilgan;
ramziy tasvirlarning she’r mazmunini ko‘pqatlamli ifodalash, obrazlar tizimini boyitish, lirik qahramon ruhiy olamini ochish hamda davr va voqelikka munosabatni badiiy konsepsiya darajasida ifodalashdagi g‘oyaviy-estetik va badiiy-kommunikativ kabi poetik funksiyalar aniqlanganligiga oid takliflardan “Adolat ustuvor” ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy respublika tahririyati tomonidan amalga oshirilgan “Mahmudxo‘ja Behbudiy izdoshlari va Qashqadaryodagi jadidlar faoliyatini yaqindan o‘rganish hamda keng targ‘ib qilish” mavzusidagi amaliy grant loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (“Adolat ustuvor” ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy respublika tahririyatining 2026-yil 12-iyundagi 50-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalar loyiha doirasida jadidlar ma’naviy merosini badiiy-estetik jihatdan yoritish, adabiy materiallarni zamonaviy ilmiy metodlar asosida tahlil qilish hamda targ‘ibot ishlarining ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
O‘roz Haydar, Zilola Xo‘janiyozova va Nilufar Umarova she’riyatida qo‘llangan ramziy tasvirlarning tipologik umumiyliklari va individual poetik farqlari aniqlanib, ularning hozirgi o‘zbek she’riyatida ramziy tafakkur taraqqiyotini belgilovchi badiiy-estetik qonuniyatlari asoslab berilganligiga oid takliflardan Qo‘qon davlat universitetida bajarilgan 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan “2023 KA 171 Mobility Higher Education studens (Erasmus+)” mavzudagi ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Qo‘qon davlat universitetining 2025-yil 26-iyundagi 31-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida tayyorlangan materiallarning badiiy-estetik mazmuni boyitilib, ramziy ifoda vositalaridan foydalanishning samarali tamoyillari amaliyotga tatbiq etilishiga erishilgan.