Xaydarova Kamola Axinjanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi) «Kimyo sanoati korxonalarida marketing faoliyatini takomillashtirish metodologiyasi»  08.00.11-“Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Ilmiy maslahatchi: Kasimova  Fatima Tulkinovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.I.23.04  raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ostonaqulova Gulsaraxon Muhammadyoqub qizi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Saidov Mash’al Samadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor  Muminova Nargiza Maxsudjonovna. 
Yetakchi tashkilot:Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kimyo sanoati korxonalarida marketing faoliyati metodologiyasini takomillashtirish bo'yicha ilmiy-metodik va amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Kimyo sanoati korxonalarining marketing faoliyati tushunchasi mijozlarga yo‘naltirilganlik, raqamlashtirish, innovatsion rivojlanish va barqaror ishlab chiqarish tamoyillarini birlashtiruvchi, tarmoq xususiyatlarini hisobga olgan holda marketing qarorlari samaradorligini oshirishni ta’minlovchi uslubiy yondashuv asosida takomillashtirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi kimyo sanoati korxonalarida raqobat muhitini, bozorning turli segmentlarida narx shakllanishining o‘ziga xos xususiyatlarini va kimyoviy mahsulotlar narxini shakllantirish omillarini hisobga olgan holda marketing tadqiqotlarini tashkil etishga tizimli yondashuv ishlab chiqilgan;
Kimyo sanoati korxonalarida korporativ, biznes va funksional darajadagi marketing strategiyalaridan foydalanish salohiyatini marketing vositalari, ichki salohiyatlar va elementlarga ko‘ra (0 ≤ Yd ≤ 0,40) zaif, (0,41 ≤ Yd ≤ 0,65) o‘rta, (0,66 ≤ Yd ≤ 0,85) yuqori va (0,86 ≤ Yd ≤ 1,0) to‘liq darajadagi strategik moslashuvchanlik darajalarida baholash orqali marketing resurslaridan oqilona foydalanish taklifi asoslangan;
Kimyo sanoati korxonalarida mahsulot siyosati, marketing kommunikatsiyalari, mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish hamda korporativ ijtimoiy mas’uliyatga oid marketing dasturlari orqali barqaror rivojlanish maqsadlarini ta’minlashning strategik usullari taklif etilgan;
Raqamli transformatsiya, bozor dinamikasi va ekologik cheklovlarni hisobga olgan holda "Maxam-Chirchiq" AJning 2027-2031-yillarga mo‘ljallangan rivojlanish prognoz ko‘rsatkichlarini shakllantirishni ta’minlaydigan ko‘p omilli ekonometrik model asosida kimyo sanoati korxonalarining marketing faoliyatini prognoz qilish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
kimyo sanoati korxonalari marketing faoliyatining mijozga yo‘naltirilganlik, raqamlashtirish, innovatsion rivojlanish va barqaror ishlab chiqarish tamoyillarini integratsiyalashga asoslangan takomillashtirilgan tushunchasi strategik marketing darsligi mazmuniga singdirilgan va ta’lim jarayonida foydalanilgan. (Toshkent kimyo-texnologiya institutining 2025-yil 14-maydagi 164-sonli buyrug‘iga asosan 60412500-Marketing (kimyo va oziq-ovqat sanoati) yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan strategik marketing darsligi). Joriy etish natijasida talabalarda kimyo sanoatining tarmoq xususiyatlari, raqamli iqtisodiyot talablari va barqaror rivojlanish tamoyillarini hisobga olgan holda marketing faoliyatining zamonaviy mazmunini o‘rganish, shuningdek, marketing qarorlarini tahlil qilish va ishlab chiqish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish ta’minlandi;
kimyo sanoati korxonalarida marketing faoliyatini baholashga ishlab chiqilgan uslubiy yondashuv, ya’ni strategik tahlil vositalari, raqamli platformalar, CRM tizimlari va bozorni segmentlash usullarini qo‘llash natijasida raqobat muhitini tahlil qilish, bozorni segmentlash va narx belgilash omillarini baholash yaxshilandi. Bu boshqaruv qarorlarining asoslanganligini oshirdi va marketingni rejalashtirish sifatini yaxshiladi. ("Maxam-Chirchiq" AJning 2026-yil 9-iyundagi 36/129-son ma’lumotnomasi). Korxonaning marketing xizmati faoliyati samaradorligi 4% ga oshgan;
Kimyo sanoati korxonalarida korporativ, biznes va funksional darajadagi marketing strategiyalaridan foydalanish salohiyatini marketing vositalari, ichki salohiyat va elementlarga ko‘ra (zaif, (0,41 ≤ Yd ≤ 0,65) o‘rta, (yuqori va (0,86 ≤ Yd ≤ 1,0) to‘liq darajadagi strategik moslashuvchanlik darajalarida baholash orqali marketing resurslaridan oqilona foydalanish taklifi "MAXAM-Chirchiq" AJ faoliyatida foydalanilgan. ("Maxam-Chirchiq" AJning 2026-yil 9-iyundagi 36/129-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida "MAXAM-Chirchiq" AJning marketing faoliyatining strategik salohiyati "o‘rtacha moslashuvchan" darajada (Yd = 0,63) baholangan hamda istiqbolda yuqori strategik moslashuvchan darajaga yetkazish bo‘yicha strategik yo‘nalishlar taklif etilgan;
Kimyo sanoati korxonalarida mahsulot siyosati, marketing kommunikatsiyalari, mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish hamda korporativ ijtimoiy mas’uliyatga oid marketing dasturlari orqali barqaror rivojlanish maqsadlarini ta’minlashning strategik dastaklaridan "MAXAM-Chirchiq" AJ faoliyatida foydalanilgan. ("Maxam-Chirchiq" AJning 2026-yil 9-iyundagi 36/129-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida "MAXAM-Chirchiq" AJning ESG (Environmental, Social, Governance) tamoyillariga asoslangan ekologik va ijtimoiy qiymatini shakllantirish, uni iste’molchilar uchun qo‘shimcha qiymat sifatida namoyish etish hamda "yashil qiymat taklifi"ni maqsadli auditoriyaga yetkazish bo‘yicha marketing dasturlarini shakllantirishga erishilgan;
"Maxam-Chirchiq" AJ marketing faoliyatining ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida ishlab chiqilgan 2027-2031 yillarda korxona faoliyati rivojlanishining prognoz ko‘rsatkichlari "O‘zkimyosanoat" AJ tarkibiga kiruvchi "Maxam-Chirchiq" AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan. ("Maxam-Chirchiq" AJning 2026-yil 9-iyundagi 36/129-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi sotilgan mahsulotlardan yalpi tushum prognozini hisoblab chiqish va 2031-yilga kelib korxonaning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini bergan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish