Nurboeva Maftuna Vahobjon qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbek tili semantik analizatori uchun frazeologik omonimiya va polisemiyani lingvistik modellashtirish, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.2.PhD/Fil3285.
Ilmiy rahbar: Gulyamova Shaxnoza Kaxramonovna filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.10.05.
Rasmiy opponentlar: Umarova Nargiza Rustamovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Abdurahmonova Nilufar Zaynobiddin qizi, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili semantik analizatorida frazeologik birliklardagi omonimiya va polisemiyani aniqlash, farqlash hamda lingvistik modellashtirish orqali milliy korpus tizimida frazeologik birliklarning mazmun xilma-xilligini to‘g‘ri anglash imkoniyatini yaratish va shu asosda mashina tarjimasi sifatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
 o‘zbek tili frazeologik sathidagi omonim va polisemantik iboralar tizimli ravishda to‘planib, leksikografik bazasi shakllantirilgan hamda ularning semantik, morfologik va sintaktik xususiyatlari lingvistik modellashtirish, kompyuterda qayta ishlash jarayonida asosiy mezon sifatida xizmat qilishi, natijada omonim va polisemantik iboralarning lingvistik tavsifi ularni avtomatik tahlil qilish va elektron resurslarda samarali qo‘llash uchun zarur ilmiy asosni yaratishi aniqlangan; 
o‘zbek tilidagi frazeologik omonimiya va polisemiya hodisalari korpus lingvistikasi nuqtayi nazaridan qoliplashtirilib, bu birliklarni farqlashning lingvistik algoritmlari ishlab chiqilgan hamda leksikografik va grammatik xususiyatlariga asoslangan avtomatik aniqlovchi lingvistik filtrlar tizimi yaratish zarurligi dalillangan; 
omonimik va polisemantik frazemalar uchun formal modellar va ularni to‘ldiruvchi datasetlar ishlab chiqilib, bular frazeologik birliklarning har bir semasini grammatik shakllar, valentlik xususiyatlari va kontekstdan kelib chiqqan holda ajratishga imkon berishi isbotlangan;
o‘zbek tilidagi frazeologik birliklarning grammatik shakllanish modellari semantik imkoniyatlari bilan uzviy bogʻliq holda formallashtirilib, bu modellar frazeologik birliklarning valentlik xususiyatlari, leksik-semantik qurshovi va matn doirasidagi pozision xususiyatlarini hisobga olgan holda, frazeologik birliklarning ma’no farqlanishini ta’minlash bilan birga, gap strukturasidagi sintaktik funksiyasi va stilistik xususiyatlarini ham hisobga olishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili semantik analizatori uchun omonim va polisemantik frazeologizmlarning semantik bazasi yaratilishi hamda ularning mos tarzda modellashtirilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
o‘zbek tili frazeologik sathidagi omonim va polisemantik iboralarning leksikografik bazasi shakllantirilishi hamda ularning semantik, morfologik va sintaktik xususiyatlari lingvistik modellashtirish, kompyuterda qayta ishlash jarayonida asosiy mezon sifatida xizmat qilishi, natijada omonim va polisemantik iboralarning lingvistik tavsifi ularni avtomatik tahlil qilish va elektron resurslarda samarali qo‘llash borasidagi tahlil va tajribalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020–2023-yillarda bajarilgan AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 13-maydagi 01/4-1975-son ma’lumotnomasi). Natijada frazeologik sath birliklarining korpus tizimida batafsil izohlanishi va tizimning frazeologik birliklarni to‘gʻri aniqlay olishi borasidagi masalalar echimiga erishilgan;
o‘zbek tilidagi frazeologik omonimiya va polisemiya hodisalari korpus lingvistikasi nuqtayi nazaridan qoliplashtirilishi, bu birliklarni farqlashning lingvistik algoritmlari ishlab chiqish hamda leksikografik va grammatik xususiyatlariga asoslangan avtomatik aniqlovchi lingvistik filtrlar tizimi yaratish borasidagi taklif va mulohazalaridan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2022–2024-yillarda amalga oshirilgan IL-402104209 raqamli “Axborot qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 16-maydagi 01/4-2006-son ma’lumotnomasi). Natijada tabiiy tilga avtomatik ishlov berish jarayonida frazeologizmlar bilan yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan noaniqliklar bo‘yicha echimlarga erishilgan;
o‘zbek tilidagi frazeologik birliklarning grammatik shakllanish modellari semantik imkoniyatlari bilan uzviy bogʻliq holda formallashtirilishi, natijada frazeologik birliklarning valentlik xususiyatlari, leksik-semantik qurshovi va matn doirasidagi pozision xususiyatlarini hisobga olgan holda, frazeologik birliklarning ma’no farqlanishini ta’minlash bilan birga, gap strukturasidagi sintaktik funksiyasi va stilistik xususiyatlarini ham hisobga olishi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanali ijodkorlari tomonidan efirga uzatilgan “Assalom, O‘zbekiston!”, “O‘zingni angla!”, “Fikr.uz”, “Suhbatdosh” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 1-maydagi 04-16-971-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning ilmiy asoslanganligi, noaniqlik va yanglishliklardan xoli, ommabop va tomoshabinbopligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etib, til madaniyatini shakllantirish hamda zamonaviy axborot tizimida o‘zbek tilining imkoniyatlaridan foydalanish haqidagi xulosalar mukammallashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish