Ibragimova Muqaddas Abdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Badiiy matnlarda to‘liqsiz va so‘z-gaplarning struktur-semantik, stilistik xususiyatlari (Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” asari misolida), 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3704.
Ilmiy rahbar: Karimov Suyun Amirovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.09.07.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdug‘ofur Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Yuldasheva Nilufar Ergashevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi badiiy matnda to‘liqsiz va so‘z-gaplarning struktur-semantik, stilistik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy matnda to‘liqsiz va so‘z-gaplarning struktur-semantik, stilistik xususiyatlariga oid jahon tilshunosligida mavjud formal-sintaktik, funksional-semantik, kommunikativ-pragmatik va kognitiv-diskursiv yondashuvlar kabi qarashlar aniqlanib, ularning o‘zbekcha badiiy matnlarda namoyon bo‘lishining optativlik, impulsivlik va imperativlik jihatlari dalillangan;
badiiy matnda to‘liqsiz va so‘z-gaplarning struktur-semantik, stilistik xususiyatlarining muallif va personaj nutqidagi emotsional-ekspressiv ma’no ifodalashdagi kommunikativ va nutqiy vaziyat, kontekst va presuppozisiyaga asoslangan pragmatik ahamiyati “Otamdan qolgan dalalar” asari misolida ochib berilgan;
“Otamdan qolgan dalalar” asari matnidagi to‘liqsiz va so‘z-gaplarning struktur-semantik, stilistik xususiyatlarining muloqot matnidagi kommunikativ maqsad, nutqiy vaziyat va presuppozisiyaga asoslangan reallashuv mezoni hamda kontekstual, situativ va dialogik omillar orqali namoyon bo‘lish usullari asoslab berilgan;
badiiy matnda to‘liqsiz va so‘z-gaplarning struktur-semantik, stilistik xususiyatlari shakllanishi “Otamdan qolgan dalalar” asaridagi bir predikativli sintaktik qurilmalarda aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy matnda to‘liqsiz va so‘z-gaplarning struktur-semantik, stilistik xususiyatlari tadqiqi bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
badiiy matnda to‘liqsiz va so‘z-gaplarning struktur-semantik, stilistik xususiyatlariga oid jahon tilshunosligida mavjud formal-sintaktik, funksional-semantik, kommunikativ-pragmatik va kognitiv-diskursiv yondashuvlar kabi qarashlar aniqlanib, ularning o‘zbekcha badiiy matnlarda namoyon bo‘lishining optativlik, impulsivlik va imperativlik jihatlari dalillanganligiga oid yangiliklardan O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1-OO5-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 23-iyuldagi 427/1-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar hamda monografiyalarda til va nutq hamda sintaktik qurilmalar bilan bog‘liq ilmiy aniqlikning oshirilishiga erishilgan;
badiiy matnda to‘liqsiz va so‘z-gaplarning struktur-semantik, stilistik xususiyatlarining muallif va personaj nutqidagi emotsional-ekspressiv ma’no ifodalashdagi kommunikativ va nutqiy vaziyat, kontekst va presuppozisiyaga asoslangan pragmatik ahamiyati “Otamdan qolgan dalalar” asari misolida ochib berilganligiga oid natijalaridan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+dasturining 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHT-JP raqamli “Development of the interdisciplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian Universities: CLASS” mavzusidagi xalqaro loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 28-iyuldagi 2227/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida matn tushunchasi va uning komponentlari ilmiy tavsifi hamda to‘liqsiz va so‘z-gaplarning struktur-semantik, stilistik xususiyatlarining o‘ziga xosligi bilan bog‘liq terminlar mohiyati tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari yutuqlaridan foydalanilgan holda yoritilishiga erishilgan;
“Otamdan qolgan dalalar” asari matnidagi to‘liqsiz va so‘z-gaplarning struktur-semantik, stilistik xususiyatlarining muloqot matnidagi kommunikativ maqsad, nutqiy vaziyat va presuppozisiyaga asoslangan reallashuv mezoni hamda kontekstual, situativ va dialogik omillar orqali namoyon bo‘lish usullari asoslab berilgan yangiliklardan Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtirilgan ’’English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 28-iyuldagi 2228/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida tayyorlangan fanlarining tahliliy materiallari va manbalari bazasi boyitilishiga erishilgan;
badiiy matnda to‘liqsiz va so‘z-gaplarning struktur-semantik, stilistik xususiyatlari shakllanishi “Otamdan qolgan dalalar” asaridagi bir predikativli sintaktik qurilmalarda aniqlangan natijalaridan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan Britaniya Kengashi (British Council) hamkorligida amalga oshirilgan 1683580-raqamli “English as a school subject” nomli xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 24-iyuldagi 04-01/3635-son ma’lumotnomasi). Natijada, matnlarda to‘liqsiz va so‘z-gaplarning struktur-semantik, stilistik xususiyatlari, badiiy matnda bunday gaplarning struktur-semantik, stilistik xususiyatlarining o‘ziga xosligi va ahamiyati tavsifi konkretlashtirilishiga erishilgan.