Bobamuratova Dilnoza Turdikulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi xaqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beruvchi fan tarmog‘i nomi): «Pastki jag‘ sinishi bo‘lgan bemorlar kompleks reabilitatsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib681.
Ilmiy raxbar: Boymuradov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSs.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Trunin Dmitriy Aleksandrovich tibbiyot fanlari doktori, professor, (Rossiya); Amanullaev Rustam Azimjonovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfandiyorov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy axamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: pastki jag‘ sinishi bo‘lgan bemorlarda an’anaviy davolash jarayoni tarkibida to‘laqonli oziqlanish, davolovchi jismoniy tarbiya va og‘iz bo‘shlig‘i parvarishi asosida kompleks reabilitatsion chora tadbirlar tizimini ilmiy asoslashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qo‘llanilgan bioimpendasometriya usulida pastki jag‘ shikastlanishi bo‘lgan bemorlarda vazn yo‘qotilishi mushak komponentlarini kamayishi hisobiga kuzatililishi asoslangan;
tavsiya etilgan reabilitatsiya chora-tadbirlarning qo‘llanilishi lipid, oqsil almashinuvi va biokimyoviy ko‘rsatkichlarni me’yorlashtirishi isbotlangan;
pastki jag‘ sinishi bo‘lgan bemorlarda reabilitatsiya tizimi ta’sirida tana og‘irligi stabillashuvi, mushak vazni, asosiy almashuvning ortishi, jismoniy xolat ko‘rsakichlari ijobiy o‘zgarishlari asoslangan;
immobilizatsiya davrida og‘iz bo‘shlig‘i parvarishi parodont va gigienik indeks ko‘rsatkichlari (OHI-S, RMA, PI) ishonarli ravishda yaxshilanishi yallig‘lanish asoratlari ko‘rsatkichlari kamayishiga olib kelgan;
reabilitatsiya tizimi ta’sirida pastki jag‘ sinish soxasi suyak zichligining ortishi, regenerativ jarayonlar jadallashuvi va pastki jag‘ siniq bo‘laklarining erta konsolidatsiyasi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pastki jag‘ sinishi bo‘lgan bemorlar kompleks reabilitatsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Pastki jag‘lar sinishi bo‘lgan bemorlar kompleks reabilitatsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 8 oktyabrdagi 8n-r/398-son ma’lumotnomasi). Uslubiy tavsiyanoma shikastlanishdan keyingi davrda pastki jag‘i singan bemorlarni reabilitatsiyasi usullarini aniqlashga imkon bergan;
“Yuz-jag‘ sohasida shikastlanishi bo‘lgan bemorlarning ovqatlanishi” mavzusidagi uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 8 oktyabrdagi 8n-r/399-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomani amaliyotga joriy qilinishi yuz-jag‘ sohasi jaroxatlari bo‘lgan bemorlarni ovqatlanish rejimini optimallashtirish va ovqat ratsionini muvozanatlashtirish, fiziologik me’yorlarini asoslash mos bo‘lgan ovqatlanishni tashkillashtirish tizimini ishlab chiqishga imkon bergan.
Pastki jag‘ sinishlari bo‘lgan bemorlar reabilitatsiya usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ilmiy-tadqiqot natija¬lari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi, Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 16 dekabrdagi 8n-z/235-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni joriy etilishi bunday bemorlar davolash va gospitalizatsiya muddatlarini qisqarishiga, bemorlar umumiy axvolining yaxshilanishi va asoratlar ko‘rsatkichining kamayishiga imkon bergan.