Usmanova Zumrad Islamovnaning
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“O‘zbekistonda turistik-rekreatsion xizmatlar sohasi salohiyatidan samarali foydalanish metodologiyasi”, 08.00.05. - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt681
Ilmiy maslahatchi:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/2025.27.12.I.27.01
Rasmiy opponentlar:
Pardaev Mamyunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Alieva Maxbuba Tuychievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Matyakubov Umid Rahimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovasion iqtisodiyot sharoitida O‘zbekistonda turistik-rekreatsion xizmatlar sohasi salohiyatidan samarali foydalanish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turistik-rekreatsion xizmatlar sohasi salohiyati hududning tabiiy, madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy, sog‘lomlashtiruvchi, axborot va raqamli tarkibiy qismlarining o‘zaro sinergetik integratsiyasi asosida shakllanadigan, turistik talabni qondirish orqali hududning barqaror rivojlanishi va raqobatbardoshligini ta’minlovchi dinamik-integral kategoriya sifatida ilmiy jihatdan asoslangan;
turistik-rekreatsion xizmatlar sohasi samaradorligi ko‘rsatkichlarining (turistik-rekreatsion xizmatlar sohasida mehnat unumdorligi, joy fondi samaradorligi, joy sig‘imi samaradorligi) me’yorlashtirilgan solishtirma salmoqlari asosida turistik-rekreatsion xizmatlar sohasi samaradorligining integral ko‘rsatkichini baholash metodikasi hamda qiymatlari chegarasi (TRXSS = 0,37–0,81) ilmiy asoslangan;
turistik-rekreatsion xizmatlar sohasining tabiiy-resurs, tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy, rekreatsion-sog‘lomlashtirish salohiyati, transport qulayligi hamda ekologik barqarorlikni ifodalovchi indikatorlar integrasiyasi asosida aniqlangan turistik-rekreatsion xizmatlar sohasi salohiyati ko‘rsatkichini past (0<TRS≤1,83), o‘rta (1,83<TRS<2,48), yuqori (2,48≤TRS≤3,07) shkala bo‘yicha tabaqalashtirish orqali hududlarda manzilli dasturlarni ishlab chiqish taklifi asoslangan;
hududning turistik-rekreatsion xizmatlar sohasi salohiyatini samarali boshqarish va kompleks baholashga qaratilgan, geoaxborot tizimi, raqamli kadastr, smart-reestr va sun’iy intellektni mujassamlashtiruvchi “Samarqand SMART-TRP” modeli taklif etilgan;
mamlakatimizda turistik-rekreatsion xizmatlar sohasi infratuzilmasining rivojlanishi asosida turizmni YaIMdagi ulushining 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Innovatsion iqtisodiyot sharoitida O‘zbekistonda turistik-rekreatsion xizmatlar sohasi salohiyatidan samarali foydalanishning metodologik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turistik-rekreatsion xizmatlar sohasi salohiyati hududning tabiiy, madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy, sog‘lomlashtiruvchi, axborot va raqamli tarkibiy qismlarining o‘zaro sinergetik integratsiyasi asosida shakllanadigan, turistik talabni qondirish orqali hududning barqaror rivojlanishi va raqobatbardoshligini ta’minlovchi dinamik-integral kategoriya sifatidagi mohiyati takomillashtirilgan mualliflik ta’rifi 70411201 – Marketing mutaxassisligi magistrlari uchun tavsiya etilgan “Iste’molchini tushunish” nomli o‘quv qo‘llanmaga kiritilgan (Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Kengashining 2025-yil 31-oktyabrdagi 3-sonli Qarori). Tadqiqot ishi natijalari “Iste’molchini tushunish” fanining mazmunini takomillashtirish va o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan;
turistik-rekreatsion xizmatlar sohasi samaradorligi ko‘rsatkichlarining (turistik-rekreatsion xizmatlar sohasida mehnat unumdorligi, joy fondi samaradorligi, joy sig‘imi samaradorligi) me’yorlashtirilgan solishtirma salmoqlari asosida turistik-rekreatsion xizmatlar sohasi samaradorligining integral ko‘rsatkichini baholash metodikasi hamda qiymatlari chegarasi (TRXSS = 0,37–0,81) bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar “2026–2028-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi va “Yoʻl xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 4-dekabrdagi 03-17/25-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 2026–2028-yillar davomida mamlakatimizda turistik-rekreatsion xizmatlar sohasi rivojlanishi samaradorligining o‘rtacha yillik 14 foizga o‘sishi imkoniyati ilmiy asoslandi;
turistik-rekreatsion xizmatlar sohasining tabiiy-resurs, tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy, rekreatsion-sog‘lomlashtirish salohiyati, transport qulayligi hamda ekologik barqarorlikni ifodalovchi indikatorlarni integratsiyalash asosida turistik-rekreatsion xizmatlar sohasi salohiyatini aniqlash metodikasi bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-87-son “2025–2026-yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari “Xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 4- dekabrdagi 03-17/25-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 2026–2030-yillarda hududlarning turistik-rekreatsion xizmatlar sohasi salohiyatidan samarali foydalanish orqali turizmning YaIMdagi ulushini 2,6 barobarga oshirish imkoniyati asoslandi;
hududning turistik-rekreatsion xizmatlar sohasi salohiyatini samarali boshqarish va kompleks baholashga qaratilgan, geoaxborot tizimi, raqamli kadastr, smart-reestr va sun’iy intellektni mujassamlashtiruvchi “Samarqand SMART-TRP” modeli bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar “2026–2028-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi va “Yoʻl xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 4-dekabrdagi 03-17/25-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 2026–2028-yillar davomida mamlakatimizning tturistik-rekreatsion xizmatlar sohasi salohiyatidan samarali foydalangan holda turizmning YaIMdagi ulushini 2028-yilga kelib 6,2 foizga yetkazish imkoniyatlari ilmiy asoslandi;
mamlakatimizda turistik-rekreatsion xizmatlar sohasi infratuzilmasining rivojlanishi asosida turizmni YaIMdagi ulushining 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar “2026–2028 yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi va “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 4-dekabrdagi 03-17/25-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ilmiy takliflarni amaliyotga joriy etish orqali mamlakatimizda o‘rta muddatli istiqbolda turistik-rekreatsion xizmatlar sohasi salohiyatidan samarali foydalanish hamda turizmning iqtisodiyotdagi ta’sirini ifodalovchi parametrlar o‘rtasida o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkoniyati yaratildi.