Mirzaraximov Mirzaraxim Aminjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak pedagoglarga elektron pedagogika fanini o‘qitishda sun’iy intellektdan foydalanish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped8711 
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Vohid Tojimamatovich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.FM.10.04 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent Boltaeva Mohichehra Jamshid qizi, Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Ismoilov Temurbek Islomovich, 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak pedagoglarga elektron pedagogika fanini o‘qitishda sun’iy intellektdan foydalanish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
“Elektron pedagogika” fanini sun’iy intellekt texnologiyalari asosida o‘qitishning didaktik imkoniyatlari ta’lim jarayonini shaxsga yo‘naltirilgan va adaptiv boshqarishdagi pedagogik ahamiyati ta’lim traektoriyalarini modellashtirish, o‘quv faoliyatini monitoring qilish hamda adaptiv ta’lim ta’sirini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan.
bo‘lajak pedagoglarga “Elektron pedagogika” fanini o‘qitishda sun’iy intellektdan foydalanish kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyasini modellashtirish, o‘quv jarayonida sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish ssenariylarini yaratish, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim elementlarini loyihalash hamda ularning produktivligini bevosita hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarga “Elektron pedagogika” fanini o‘qitishda sun’iy intellektdan foydalanishning tizimli-funksional modelining metodik hamda tashkiliy-faoliyatli bloki talabalarning boshlang‘ich diagnostikasi, interaktiv ta’lim muhiti hamda etik kompetensiyani shakllantirish bosqichlarini integratsiyalash, transformatsion yondashuvga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarga “Elektron pedagogika” fanini sun’iy intellekt asosida o‘qitishning didaktik taʼminoti amaliy mashg‘ulot ishlanmalari, interaktiv amaliy mashg‘ulot ishlanmalarini yaratish kabi vazifalarga ustuvorlik berish asosida “E-Pedagogika” mobil o‘quv ilovasini yaratish orqali takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak pedagoglarga elektron pedagogika fanini o‘qitishda sun’iy intellektdan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida: 
bo‘lajak pedagoglarning elektron pedagogika faniga oid metodik tayyorgarligini shakllantirishga xizmat qiluvchi tarkibiy-komponentlar tizimlashtirildi hamda ularning o‘zaro bog‘liqlik asosida tuzilmasini ishlab chiqishga oid ma’lumotlar “Ko‘rish qobilyatida nuqsoni bor va ko‘zi ojiz o‘quvchilarga mental arifmetika yordamida arifmetik amallarni o‘rgatish” nomli innovatsion loyiha doirasida belgilangan vaziflar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 6-oktyabrdagi 22-01-734/22-son dalolatnoma). 
sun’iy intellekt texnologiyalarining elektron pedagogika faniga integratsiyalash imkoniyatlari, didaktik funksiyalari va ta’limiy samaradorlikka ta’siri nazariy jihatdan asoslab berishga oid ma’lumotlar “Ko‘rish qobilyatida nuqsoni bor va ko‘zi ojiz o‘quvchilarga mental arifmetika yordamida arifmetik amallarni o‘rgatish” nomli innovatsion loyiha doirasida belgilangan vaziflar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 6-oktyabrdagi 22-01-734/22-son dalolatnoma). Natijada bo‘lajak pedagoglarning kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlanishida innovatsion yondashuvlarni qo‘llash jarayoni intensivlashgan;
elektron pedagogika fanida sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llashga doir xorijiy tajribalar tahlil qilinib, ularni o‘zbek ta’lim kontekstiga transfer qilish imkoniyatlarini aniqlashga oid ma’lumotlar “Ko‘rish qobilyatida nuqsoni bor va ko‘zi ojiz o‘quvchilarga mental arifmetika yordamida arifmetik amallarni o‘rgatish” nomli innovatsion loyiha doirasida belgilangan vaziflar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 6-oktyabrdagi 22-01-734/22-son dalolatnoma). Natijada talabalarda “Elektron pedagogika” fanini o‘qitishda elektron pedagogika mazmunini sun’iy intellekt vositalari bilan korrelatsiya qilish, ularning raqamli kompetensiyasini rivojlantirishga oid didaktik bilimlarini mustahkamlashga erishilgan;
bo‘lajak pedagoglarga elektron pedagogika fanini sun’iy intellekt yordamida o‘qitishga qaratilgan takomillashtirilgan metodika ishlab chiqilib, eksperimental sinovdan o‘tkazilgan hamda uning talabalarning metodik tayyorgarligi, mustaqil ishlash kompetensiyasi va raqamli tafakkur ko‘nikmalariga ijobiy ta’siri empirik dalillar bilan asoslab berishga oid takliflar “Ko‘rish qobilyatida nuqsoni bor va ko‘zi ojiz o‘quvchilarga mental arifmetika yordamida arifmetik amallarni o‘rgatish” nomli innovatsion loyiha doirasida belgilangan vaziflar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 6-oktyabrdagi 22-01-734/22-son dalolatnoma). Natijada talabalarni elektron pedagogika fanida sun’iy intellekt vositalari asosida raqamli kompetensiyasini rivojlantirishga tizimli tayyorlash samaradorligi ortgan;
bo‘lajak pedagoglarga “Elektron pedagogika” fanini sun’iy intellekt asosida o‘qitishning didaktik ta’minoti amaliy mashg‘ulot ishlanmalari, interaktiv amaliy mashg‘ulot ishlanmalarini yaratish kabi vazifalarga ustuvorlik berish asosida “E-Pedagogika” mobil o‘quv ilovasini yaratish orqali takomillashtirilganligiga oid ma’lumotlar “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2026-yil 19-yanvardagi 04/11-6038-son ma’lumotnoma) nomli innovatsion loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish