Abdujabborov Madaminjon Voxidjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalar kasbiy tafakkurini sun’iy intellekt vositalari asosida rivojlantirish texnologiyalari (Pedagogik oliy ta’lim misolida)”, 13.00.06 Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped12435
Ilmiy rahbar: Azimova Ziyodaxon Ergashevna, professor, pedagogika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon davlat texnika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.T.18.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Umarova Gulchehra Abitovna, pedagogika fanlari doktori, professor, Azimov Bunyod Raximjonovich texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. talabalar kasbiy tafakkurini sun’iy intellekt vositalari asosida rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalar kasbiy tafakkurini sun’iy intellekt vositalari asosida rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari ta’limni amaliyotga yo‘naltirish tamoyillari hamda simulyasiya asosidagi muammoli o‘quv vazifalari orqali aniqlanib, ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
talabalarda kasbiy tafakkurni rivojlantirishga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar tarkibi sun’iy intellekt platformalari bilan o‘zaro aloqadorlikda tahlil qilinib, ularning tizimli tasnifi ishlab chiqilgan;
talabalar kasbiy tafakkurini sun’iy intellekt vositalari asosida rivojlantirishning to‘rt blokli pedagogik-texnologik modeli (maqsad bloki, tashkiliy blok, mazmuniy blok, natijaviy blok) integrativ didaktik topshiriqlar va interaktiv dasturiy echimlar sun’iy intellekt vositalari integratsiyasi asosida ishlab chiqilgan;
kasbiy tafakkurni diagnostika qilish, tahlil qilish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi sun’iy intellektga asoslangan “Talabalar kasbiy tafakkurini sun’iy intellekt vositalari orqali rivojlantirishning intellektual tizimi” interaktiv dasturiy ilovasi ishlab chiqilib, pedagogik tajriba-sinov ishlarida samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalar kasbiy tafakkurini sun’iy intellekt vositalari asosida rivojlantirish texnologiyalari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
talabalar kasbiy tafakkurini sun’iy intellekt vositalari asosida rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari ta’limni amaliyotga yo‘naltirish tamoyillari hamda simulyasiya asosidagi muammoli o‘quv vazifalari orqali aniqlanib, ilmiy jihatdan ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan ilmiy - pedagogik xulosalar asosida “Sun’iy intellekt asoslari” o‘quv qo‘llanmasi yaratishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 7-oktyabrdagi 387-sonli buyrug‘i bilan ro‘yhatga olingan) Natijada mazkur o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalarida sun’iy intellektning pedagogik-didaktik imkoniyatlariga doir ilmiy bilimlarni rivojlantirishda foydalanilmoqda.
talabalarda kasbiy tafakkurni rivojlantirishga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar tarkibining sun’iy intellekt platformalari bilan o‘zaro aloqadorlikdagi tizimli tasnifi oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayoniga joriy etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 3-dekabrdagi 02/01-01-550-sonli ma’lumotnoma bilan amaliyotga tatbiq etilganligi tasdiqlangan;
talabalar kasbiy tafakkurini sun’iy intellekt vositalari asosida rivojlantirishning to‘rt blokli pedagogik-texnologik modeli (maqsad bloki, tashkiliy blok, mazmuniy blok, natijaviy blok) integrativ didaktik topshiriqlar va interaktiv dasturiy echimlar hamda sun’iy intellekt vositalari integratsiyasi asosida ishlab chiqilib, Buxoro davlat universiteti, Qo‘qon davlat universiteti va Andijon davlat universitetlarida o‘quv jarayoniga joriy etilgan hamda tegishli dalolatnomalar bilan tasdiqlangan;
kasbiy tafakkurni diagnostika qilish, tahlil qilish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi sun’iy intellektga asoslangan “Talabalar kasbiy tafakkurini sun’iy intellekt vositalari orqali rivojlantirishning intellektual tizimi” interaktiv dasturiy ilovasi ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2026-yil DGU 59405-sonli guvohnomasi bilan ro‘yxatga olingan hamda pedagogik tajriba-sinov ishlarida samaradorligi statistik jihatdan isbotlangan.