Sayt test rejimida ishlamoqda

Abduraxmonov Olim Rustamovichning

doktorlik dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.    

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Modda almashinishni jadallashtirish orqali neft`-gaz kondensati aralashmalarini suvsiz haydash texnologiyasining ilmiy asoslarini takomillashtirish, 02.00.08 – Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishiga layoqati bo‘yicha test sinovlardan o‘tgani haqida ma’lumot: /texnika fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 12.05.2015/B2015.1.T464.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti, Umumiy va noorganik kimyo instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, 16.07.2013.T.08.01.

Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Abidova Muxabbat Fazilovna, kimyo fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi; Saydaxmedov Igamberdi Muxtarovich, texnika fanlari doktori, professor; Abduraximov Saidakbar Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, professor.

Etakchi tashkilot nomi: OAJ «UzLITINeftgaz».

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi.

Motor yoqilg‘ilari olish jarayonida uglevodorod bug‘latuvchi agentini qo‘llab bug‘ fazasida modda berish jarayonini jadallashtirish yo‘li bilan neft` va gaz kondensati aralashmasini haydashning energiya tejamkor texnologiyasini yaratish.

    III. Tadqiqotining ilmiy yangiligi.

An’anaviy bug‘latuvchi agent (o‘ta qizdirilgan suv bug‘i)ni uglevodorod bug‘lariga almashtirish yo‘li bilan modda almashinish jarayonlarini jadallashtirishga asoslangan neft` va gaz kondensati aralashmalarini haydashning yangi texnologiyasi ishlab chiqilgan;

suvsiz haydash usuli bilan neft` va gaz kondensati aralashmalarini ajratishda fazalararo chegara yupqa qatlamining kamayishi hisobiga bug‘ fazasidagi modda almashinish va muqobil bug‘latuvchi agentining gidrodinamik va issiqlik o‘xshashlik mezonlari qiymatlarining yuqoriligi hisobiga issiqlik almashinish ko‘rsatkichlari oshirilgan;

uglevodorod bug‘latuvchi agentining suv bug‘iga nisbatan fizik-kimyoviy xususiyatlarining afzalligi hisobiga neft` va gaz kondensati aralashmalarini haydashda modda almashinish jarayoni o‘zgarishi ko‘rsatilgan;

rektifikatsion kolonnada 1,46 t/soat miqdorda uglevodorod bug‘latuvchi agentining resirkulyasiyasini tashkil etish yo‘li bilan, neft` va gaz kondensati aralashmalarini suvsiz haydash jarayonining texnologik ko‘rsatkichlari aniqlangan;

uglevodorodlarning molekulyar massasi o‘zgarishi hisobiga, diffuziya koeffisienti qiymatlarining oshib borish qatori aniqlangan;

bug‘ va suyuq fazalar orasida modda almashinishning jadallanishi hisobiga, uglevodorod bug‘latuvchi agentidan foydalanishda suv bug‘idan foydalanishga nisbatan distillyat fraksiyalarining ajratish aniqligi           5–7 oS ga oshishi ko‘rsatilgan;

muqobil bug‘latuvchi agenti issiqlik-fizik xossalarining afzalligi hisobiga suv bug‘i o‘rniga uglevodorod bug‘latuvchi agentini qo‘llashda kondensatsiyalanish jarayoni issiqlik yuklanmasining 10 martadan ko‘proqqa kamayishi isbotlangan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Uglevodorod bug‘latuvchi agentini qo‘llab, neft` va gaz kondensati aralashmalarini rektifikatsiyalashda fazalararo chegara yupqa qatlamining o‘n martaga kamayishi hisobiga bug‘ fazasidagi modda almashinish koeffisienti uch marta, muqobil bug‘latuvchi agentining gidrodinamik va issiqlik o‘xshashlik mezonlari qiymatlari yuqoriligi hisobiga issiqlik almashinish koeffisienti 6 martaga oshirilgan. Xomashyo bo‘yicha yillik ish unumdorligi 600 ming tonna bo‘lgan Farg‘ona NQIZ ELOU AVT–1 texnologik tizimida neft` va gaz kondensati aralashmasini suvsiz haydash texnologiyasini ishlab chiqarishga joriy qilish uchun qabul qilingan va uni qo‘llashdan yillik iqtisodiy samara 500 mln. so‘mdan ortiqni tashkil etadi (Farg‘ona NQIZning 10.02.2015 yilgi dalolatnomasi va 01/32 raqamli 26.03.2015 yildagi xati). 

Yangiliklarga obuna bo‘lish