G‘ulomova Maftunaxon Ravshanbek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagogik oliy ta’limda kontekstual o‘qitish modellarini qo‘llashning metodik tizimini takomillashtirish (pedagogika ta’lim yo‘nalishi misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.3.PhD/Ped10791
Ilmiy rahbar: Artikova Muhayyo Botiralievna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.Ped.34.01
Rasmiy opponentlar:
D.Narziqulova pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
B.Abdurahmonova pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: pedagogik oliy ta’limda kontekstual o‘qitish modellarini qo‘llashning metodik tizimini takomillashtirish hamda ilmiy asoslangan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi:
pedagogik oliy ta’limda bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashda kontekstual o‘qitish modellarini qo‘llashning zarurati, mohiyati va pedagogik tamoyillari kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishning bosqichma-bosqich mexanizmlarini o‘quv-tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari bilan uzviy bog‘liq holda hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida adekvat namoyon bo‘lish darajasini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida kontekstual o‘qitish modellarini qo‘llashning pedagogik shart-sharoitlari (ta’lim mazmunini kasbiy-pedagogik faoliyat bilan bog‘lash, real pedagogik vaziyatlar bilan o‘qitish, fanlararo integratsiya, reflektiv tahlil va baholash mexanizmlarini joriy etish) va metodik jihatlari o‘qitish jarayonining tarkibiy-tizimli tuzilmasini amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirilgan holda, nazariy bilimlarni real hayotiy vaziyatlarda qo‘llashga qaratilgan metodik yondashuvlar bilan integrativligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
“Pedagogik oliy ta’limda kontekstual o‘qitish modellarini qo‘llashning metodik tizimi modeli” o‘quv dasturlari, fanlararo integratsiyani hisobga olgan holda ishlab chiqilgan topshiriqlar majmuasi, kompetensiyaga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari va talaba-subekt faoliyatini reflektiv tahlil qilishga yo‘naltirilgan amaliy bloklarni rekursiv mexanizm sifatida talqin qilish orqali takomillashtirilgan;
kontekstual o‘qitish modellarini qo‘llashning variativ texnologiyalari (muammoli vaziyatlar, kasbiy yo‘naltirilgan topshiriqlar, keyslar, loyiha faoliyati) hamda didaktik shart-sharoitlari modellashtirilgan o‘quv topshiriqlari, real kasbiy vaziyatlar, reflektiv tahlil uslublari va monitoring tizimlarini o‘qitish samaradorligini muntazam tahlil qilib borish, talabalarning faol ishtirokini baholash mezonlari bilan samaradorligini muntazam tahlil qilib borish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogik oliy ta’limda kontekstual o‘qitish modellarini qo‘llashning metodik tizimini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot ishlari natijasida:
kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishning bosqichma-bosqich mexanizmlarini o‘quv-tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari bilan uzviy bog‘liq holda hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida adekvat namoyon bo‘lish darajasini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirilgan pedagogik oliy ta’limda kontekstual o‘qitish modellarini qo‘llashning zarurati, mohiyati va pedagogik tamoyillariga doir fikr-mulohazalar “Pedagogik mahorat” o‘quv darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buqrug‘i bilan tasdiqlangan 893517-raqamli nashr ruhsatnomasi). Natijada talabalarning bo‘lajak kasbiy-pedagogik faoliyatiga tayyorlash jarayoni mazmunan intensivlashishiga erishilgan.
o‘qitish jarayonining tarkibiy-tizimli tuzilmasini amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirilgan holda, nazariy bilimlarni real hayotiy vaziyatlarda qo‘llashga qaratilgan metodik yondashuvlar bilan integrativligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan oliy ta’lim muassasalarida kontekstual o‘qitish modellarini qo‘llashning pedagogik shart-sharoitlari va metodik jihatlariga doir taklif va xulosalardan “Pedagogik oliy ta’limda zamonaviy yondashuvlar: Didaktik ta’minot” (Davomiyligi: 10/01/2024-30/03/2025, Grone Ta’lim Markazi Germaniya Federativ Respublikasi) xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan. Natijada “Pedagogik oliy ta’limda zamonaviy yondashuvlar: didaktik qo‘llab-quvvatlash” deb nomlangan MAPHE-10.2024 loyihasi konsepsiyasi ishlab chiqilgan va oliy ta’lim muassasalarida nazariy bilimlarni real hayotiy vaziyatlarda qo‘llashga qaratilgan metodik yondashuvlarni tadbiq etishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashishiga erishilgan;
o‘quv dasturlari, fanlararo integratsiyani hisobga olgan holda ishlab chiqilgan topshiriqlar majmuasi, kompetensiyaga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari va talaba-subekt faoliyatini reflektiv tahlil qilishga yo‘naltirilgan amaliy bloklarni rekursiv mexanizm sifatida talqin qilish orqali shakllantirilgan taklif va xulosalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston – 24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Bolalar va biz” kabi dasturlar va eshittirishlarning senariylarini yozishishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 3-iyundagi 05-09-808-son ma’lumotnomasi). Natajada pedagogik oliy ta’lim talabalarini bilimini baholash, jumladan yakuniy imtixonlar topshiriqlarini shakllantirish mazmun va shakl jihatdan takomillashishiga erishilgan.
modellashtirilgan o‘quv topshiriqlari, real kasbiy vaziyatlar, reflektiv tahlil uslublari va monitoring tizimlarini o‘qitish samaradorligini muntazam tahlil qilib borish, talabalarning faol ishtirokini baholash mezonlari bilan samaradorligini muntazam tahlil qilib borish asosida takomillashtirilgan kontekstual o‘qitish modelini qo‘llashning variativ texnologiyalari hamda didaktik shart-sharoitlariga oid taklif va xulosalar “Pedagogik mahorat” o‘quv darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buqrug‘i bilan tasdiqlangan 893517-raqamli nashr ruhsatnomasi). Natijada ixtisoslik fanlarini o‘qisihning didaktik ta’minotini konseptual jihatdan takomillashtirishga erishilgan;