Quldasheva Nargiza Komoliddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Engil sanoat korxonalarida raqamli texnologiyalarni qo‘llashni takomillashtirish” 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2025.2.PhD/Iqt5582.
Ilmiy rahbar: Kuchkarov Tohir Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.1.23.03
Rasmiy opponentlar: Muminov Bahodir Boltaevich, texnika fanlari doktori, professor; Abdullaev Munis Qurbanovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi engil sanoat korxonalarida raqamli texnologiyalarni qo‘llashni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
engil sanoat korxonalarini aqlli tarmoqlar (smart networks), aqlli mahsulotlar (smart producs) va aqlli korxonalar (smart factories) konsepsiyalariga tayangan texnologik echimlarni joriy etish orqali virtuallashuv, o‘zaro muvofiqlik, xizmatga yo‘naltirilganlik, nomarkazlashuv hamda modullilik tamoyillariga asoslangan raqamli ekotizimni shakllantirish orqali Sanoat 4.0 talablariga mos holda transformatsiya qilish taklifi asoslangan;
engil sanoat korxonalarining dizayn, ishlab chiqarish va avtomatlashtirish, logistika va ta’minot tizimini boshqarish, sifat nazorati axborot tizimlari, marketing va ekologik nazorat tizimlarida qo‘llaniladigan raqamli texnologiyalarni qabul qilishning darajasi (PE), qulayligi (EE), ijtimoiy ta’siri (SI), shart-sharoitlar mavjudligi (FC), texnologiyani qo‘llash niyati (BI) va real foydalanish niyati (UB) mezonlarga mos keluvchi xususiyatlarga ko‘ra guruhlash orqali foydalanishni kengaytirish asoslangan.
engil sanoat korxonalarida buyurtmalarni qabul qilish va o‘z vaqtida ta’minotni tashkil etish jarayonlarini vizual kuzatish orqali ishlab chiqarish vaqtini rejalashtirish imkonini beruvchi buyurtmalarni taqsimlash modeli simulyasiyasi va dasturlash algoritmi taklif etilgan;
engil sanoat korxonalarida investisiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligini oshirish uchun investision loyihalarni boshqarishda qo‘llaniladigan ERP (1S:ERP+PM) modullaridan foydalanish orqali zamonaviy boshqaruv texnologiyasini amalga kiritish, loyiha boshqaruvida mehnatni samarali tashkil etish, investision jarayonlarini boshqaruv xarajatlarini kamaytirish taklifi asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Engil sanoat korxonalarida raqamli texnologiyalarni qo‘llash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
engil sanoat korxonalarini aqlli tarmoqlar (smart networks), aqlli mahsulotlar (smart producs) va aqlli korxonalar (smart factories) konsepsiyalariga tayangan texnologik echimlarni joriy etish orqali virtualashuv, o‘zaro muvofiqlik, xizmatga yo‘naltirilganlik, nomarkazlashuv hamda modullilik tamoyillariga asoslangan raqamli ekotizimni shakllantirish orqali Sanoat 4.0 talablariga mos holda transformatsiya qilish taklifi asoslangan takliflar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi faoliyatida foydalanilgan. Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga a’zo korxonalar faoliyatida raqamli transformatsiya modellarini ishlab chiqishga erishilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 23-dekabrdagi №02.06-2951-son ma’lumotnomasi). Jumladan, “Xait Teks Invest” MChJ hamda “Asakatekstil” MChJlarda “aqlli tarmoqlar” yondashuviga asoslangan raqamli boshqaruv tizimi joriy etilgan;
engil sanoat korxonalarining dizayn, Ishlab chiqarish va avtomatlashtirish, logistika va ta’minot tizimini boshqarish, sifat nazorati axborot tizimlari, marketing va ekologik nazorat tizimlarida qo‘llaniladigan raqamli texnologiyalarni qabul qilishning darajasi (PE), qulayligi (EE), ijtimoiy ta’siri (SI), shart-sharoitlar mavjudligi (FC), texnologiyani qo‘llash niyati (BI) va real foydalanish niyati (UB) meʼzonlaga mos keluvchi xususiyatlarga ko‘ra guruhlash orqali foydalanishni kengaytirish taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga a’zo korxonalar faoliyatida foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 23-dekabrdagi №02.06-2951-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida “Xait Teks Invest” MChJ hamda “Asakatekstil” MChJlarda dizayn yaratuvchi “CAD” texnologiyalari joriy etilgan va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishilgan.
engil sanoat korxonalarida buyurtmalarni qabul qilish va o‘z vaqtida ta’minotni tashkil etish jarayonlarini vizual kuzatish orqali ishlab chiqarish vaqtini rejalashtirish imkonini beruvchi buyurtmalarni taqsimlash modeli simulyasisi va dasturlash algoritmi ishlab chiqildi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga a’zo korxonalar faoliyatida foydalanilgan. Mazkur ilmiy yangilik “Xait Teks Invest” MChJ hamda “Asakatekstil” MChJlar faoliyatida foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 23-dekabrdagi №02.06-2951-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonalarni buyurtmalar portfeli bilan ishlash tizimlari samaradorligi oshgan. Mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish jarayonlaridagi uzilishlarni real vaqt rejimida kuzatib borish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishilgan;
engil sanoat korxonalarida investisiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligini oshirish uchun investision loyihalarni boshqarishda qo‘llaniladigan ERP (1S:ERP+PM) modullaridan foydalanish orqali zamonaviy boshqaruv texnologiyasini amalga kiritish, loyiha boshqaruvida mehnatni samarali tashkil etish, investision jarayonlarini boshqaruv xarajatlarini kamaytirish taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga a’zo “Xait Teks Invest” MChJ hamda “Asakatekstil” MChJlar faoliyatida foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 23-dekabrdagi №02.06-2951-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida “Xait Teks Invest” MChJning 2025-yilda amalga oshiriladigan investision loyihalarni boshqarish jarayonlari ERP modullari asosida amalga oshirilishi natijasi boshqaruv xarajatlarining 14 foizga qisqartirishga hamda boshqaruv xodimlarini mehnat unumdorligini oshirishga erishilgan.