Sattorov Shohrux Maxmudjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda sug‘urta tashkilotlari risklarini baholash amaliyotini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3522.
Ilmiy rahbar: Xalikulova Gulzoda Tadjimuratovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
Rasmiy opponentlar: Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rejabov Xayrullo Xikmatullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda sug‘urta tashkiloti risklarini baholash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sug‘urta tashkilotlari riskini baholashda va sug‘urta portfelini optimal shakllantirishda anderrayterlarning tegishli malakaga ega bo‘lishi zarurligi asoslangan;
qayta sug‘urtalash jarayonida mahalliy sug‘urta tashkilotlarining ishtirok ulushini 50 foizga oshirish hamda sug‘urta risklarining kamida 40 foizini respublika hududidagi mahalliy sug‘urta kompaniyalariga taqsimlash taklif etilgan;
sug‘urta tashkilotlarida risklarni baholash jarayonida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni inobatga oluvchi kompleks tahlil algoritmi ishlab chiqish taklif etilgan;
sug‘urta tashkilotlari zaxira jamg‘armasining cheklangan miqdorini ustav fondining 60 foizigacha oshirish orqali risklarni hejirlash tizimini takomillashtirish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda sug‘urta tashkiloti risklarini baholash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
sug‘urta tashkilotlari riskini baholashda va sug‘urta portfelini optimal shakllantirishda anderrayterlarning tegishli malakaga ega bo‘lish taklifi “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi AJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi AJning 2026-yil 12-yanvardagi 01/2-38/207-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘urta tashkiloti malakali va mas’uliyatli anderayterlarga ega bo‘ladi bu esa tashkilotning yillik moliyaviy holatini 12,3 foizga oshirishga erishilgan.
qayta sug‘urtalash jarayonida mahalliy sug‘urta tashkilotlarining ishtirok ulushini 50 foizga oshirish hamda sug‘urta risklarining kamida 40 foizini respublika hududidagi mahalliy sug‘urta kompaniyalariga taqsimlash taklifi “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi AJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi AJning 2026-yil 12-yanvardagi 01/2-38/207-son ma’lumotnomasi). Natijada, qayta sug‘urtalash operatsiyalarida milliy sug‘urta bozorining ichki salohiyati mustahkamlanib, sug‘urta mukofotlarining mamlakat ichida saqlanib qolish darajasi ortgan.
sug‘urta tashkilotlarida risklarni baholash jarayonida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni inobatga oluvchi kompleks tahlil algoritmi ishlab chiqish taklifi “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi AJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi AJning 2026-yil 12-yanvardagi 01/2-38/207-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘urta risklarini oldindan aniqlash aniqligi oshadi, tashqi iqtisodiy omillarning sug‘urta portfeliga ta’sirini baholash imkoniyati kengaygan.
sug‘urta tashkilotlari zaxira jamg‘armasining cheklangan miqdorini ustav fondining 60 foizigacha oshirish orqali risklarni hejirlash tizimini takomillashtirish taklifi (“O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi AJning 2026-yil 12-yanvardagi 01/2-38/207-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligi mustahkamlanib, kutilmagan sug‘urta hodisalari bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish imkoniyati kengaygan.