Jo‘raev O‘ktam Panji o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklari investisiya faoliyatini rivojlantirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3483. 
Ilmiy rahbar: Oblomuradov Narzullo Naimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
 Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshpo‘latov Davron Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tijorat banklarining investisiya faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tijorat banklarida risklarni 3 unsur “tuzilmaviy, tahliliy va strategik” integratsion toifalarga ajratish orqali investisiya operatsiyalarini natijaviy samaradorligini 3-5 foizgacha oshirish imkoniyati taklif etilgan;
banklarda qimmatli qog‘ozlarni likvidlik indeksiga ko‘ra yuqori (0,85-1,0), o‘rta (0,56-0,8), past (0,25-0,5), juda past (0-0,25) likvidli qimmatli qog‘ozlar toifalariga ajratish orqali tijorat banklari aktivlarida “yuqori” toyifa salmog‘ini oshirgan holda diversifikatsiyalash kelgusida bank barqarorligini taʼminlash imkoniyatini oshirishi taklif etilgan;
tijorat banklari uchun o‘rnatilgan prudensial normativlarga rioya etgan holda bankning imtiyozli aksiyalari uchun har bir aksiya nominal qiymatining 20 foizgacha miqdorida dividend to‘lash orqali resurs bazasini mustahkamlash taklif etilgan;
qimmatli qog‘ozlar bozori likvidligini aniq prognoz qilish orqali tijorat banklarining investisiya qarorlarini samaraliroq qabul qilishiga imkon beruvchi neyro-tarmoqlar va ekonometrik modellar integratsiyasiga asoslangan 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarining investisiya faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarida risklarni 3 unsur “tuzilmaviy, tahliliy va strategik” integratsion toifalarga ajratish orqali investisiya operatsiyalarini natijaviy samaradorligini 3-5 foizgacha oshirish imkoniyati to‘g‘risidagi taklifi “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish bo‘yicha 2025-yil biznes rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (ATB “Turonbank”ning 2025-yil 12-iyuldagi 19/03-225-son ma’lumotnomasi). Natijada, bankning o‘z mablag‘lari tarkibida qo‘shimcha kapital manbasining summasi 2025-yil 30-mayda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15 foizga oshishi ta’minlangan;
banklarda qimmatli qog‘ozlarni likvidlik indeksiga ko‘ra yuqori (0,85-1,0), o‘rta (0,56-0,8), past (0,25-0,5), juda past (0-0,25) likvidli qimmatli qog‘ozlar toifalariga ajratish orqali tijorat banklari aktivlarida “yuqori” toyifa salmog‘ini oshirgan holda diversifikatsiyalash kelgusida bank barqarorligini ta’minlash imkoniyatini oshirishi to‘g‘risidagi taklifi “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining strategik rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (ATB “Turonbank”ning 2025-yil 12-iyuldagi 19/03-225-son ma’lumotnomasi). Natijada, ATB “Turonbank”ning investisiyalari hajmining 2025-yil 30-may holatiga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 152,5 mlrd. so‘mga oshishiga erishilgan;
tijorat banklar uchun o‘rnatilgan prudensial normativlarga rioya etgan holda bankning imtiyozli aksiyalari uchun har bir aksiya nominal qiymatining 20 foizgacha miqdorida dividend to‘lash orqali resurs bazasini mustahkamlash to‘g‘risidagi taklifi “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish bo‘yicha “Dividend siyosati”ni ishlab chiqishda o‘z aksini topgan. (ATB “Turonbank”ning 2025-yil 12-iyuldagi 19/03-225-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Turonbank”ning sof foydasidan dividend to‘lovlarga ajratmalari amalga oshirgandan so‘ng 8 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ taqsimlanmagan foydaga kelgusida kapitalizatsiya qilish sharti bilan yo‘naltirish imkonini bergan;
qimmatli qog‘ozlar bozori likvidligini aniq prognoz qilish orqali tijorat banklarining investisiya qarorlarini samaraliroq qabul qilishiga imkon beruvchi neyro-tarmoqlar va ekonometrik modeller integratsiyasiga asoslangan 2030-yilga qadar ishlab chiqish taklifi “Turonbank” ATB tomonidan 2030-yilga mo‘ljallangan bank umumiy strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan va amaliyotga joriy qilingan. (ATB “Turonbank”ning 2025-yil 12-iyuldagi 19/03-225-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Turonbank” ATBning uzoq muddatli istiqboldagi depozitlari hajmi hamda u bilan bog‘liq asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish hamda o‘zaro muvofiqlashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish