Xolmamatov Diyor Haqberdievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Ulgurji savdoda marketing logistikasini rivojlantirishning metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.11-“Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.DSc/Iqt297.
Ilmiy maslahatchi: Tursunov Bobir Ortiqmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.I.23.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ikromov Murod Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Tillyaxodjaev Azizxon Aloxonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Oqboev Alisher Rasulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ulgurji savdoda marketing logistikasini rivojlantirishning metodologiyasini takomillashtirish boʻyicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “ulgurji savdoda marketing logistikasi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni iste’molchilar kutishlari va iste’mol bozori talabini hisobga olgan holda tovar tarqatish kanali ishtirokchilarining o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish, tovar harakati jarayonlarida marketing hamda logistika funksiyalarini integratsiyalash orqali tovarlarni ishlab chiqaruvchidan yakuniy iste’molchigacha etkazib berishda logistika xarajatlarini kamaytirish va iste’mol qiymatini oshirishga qaratilgan strategik boshqaruv vositasi sifatida takomillashtirilgan;
ulgurji savdoda marketing logistikasi sifatini ulgurji savdo marketing faoliyatiga ta’sir qiluvchi bozor va iste’molchilarning kutishlari, narx siyosatining moslashuvchanligi, mahsulot assortimentining diversifikatsiyasi, savdo kanallari ishtirokchilari bilan hamkorlik hamda logistika jarayonlariga ta’sir qiluvchi tovar zaxiralarini boshqarish darajasi, tovar zaxiralari aylanish tezligi, etkazib berish barqarorligi, ombor xo‘jaligi samaradorligi kabi omillarning o‘zaro muvofiqlik darajasi asosida baholash algoritmi takomillashtirilgan;
PLS-SEM modeli asosida ishlab chiqaruvchi – ulgurji savdo – chakana savdo zanjirida ulgurji savdo samaradorligiga biznes hamkorlik darajasi (β = 0.28, p < 0.01), axborot almashinuvi darajasi (β = 0.26, p < 0.01), nizo va ziddiyatlar darajasi (β =−0.19, p < 0.05) va marketing hamkorligi (β = 0.33, p < 0.01) ta’sirini aniqlash asosida strategik rivojlantirish asoslangan;
ulgurji savdo marketing logistika tizimida korporativ hamkorlik strategiyasini biznesning hamkorlik aloqalar darajasi yuqori daraja 90%0100%, etarli daraja 70%089%, qabul qilingan daraja 60%069%, past daraja 40%059%, qabul qilib bo‘lmaydigan daraja 039% va integratsiyalashgan marketing aloqalarining qiymati yuqori (6,7-10 ball), o‘rtacha (3,3-6,6 ball), past (0-3,2 ball) baholash asosida tanlash asoslangan;
Samarqand viloyatida ulgurji savdoning o‘rta va qisqa muddatli rivojlanish tendensiyalari asosida ulgurji savdo hajmining 2030-yilga qadar prognoz ssenariylari ARIMA modeliga asoslanib ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ulgurji savdoda marketing logistikasini rivojlantirishning metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “ulgurji savdoda marketing logistikasi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni iste’molchilar kutishlari va iste’mol bozori talabini hisobga olgan holda tovar tarqatish kanali ishtirokchilarining o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish, tovar harakati jarayonlarida marketing hamda logistika funksiyalarini integratsiyalash orqali tovarlarni ishlab chiqaruvchidan yakuniy iste’molchigacha etkazib berishda logistika xarajatlarini kamaytirish va iste’mol qiymatini oshirishga qaratilgan strategik boshqaruv vositasi sifatida takomillashtirilgan ulgurji savdoda marketing logistikasiga oid nazariy-uslubiy ishlanmalar oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Marketing” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Kengashining 2023-yil 31- oktyabrdagi 3-sonli qarori bilan tasdiqlangan № 088-31/10 raqamli nashr etish guvohnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda ulgurji savdoda marketing logistikasi tushunchasi, taqsimot kanallari ishtirokchilarining o‘zaro hamkorligi marketing va logistika funksiyalarining integratsiyasi asosida shakllanishi bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda chuqurlashtirish imkoniyati yaratilgan;
ulgurji savdoda marketing logistikasi sifatini ulgurji savdo marketing faoliyatiga ta’sir qiluvchi bozor va iste’molchilarning kutishlari, narx siyosatining moslashuvchanligi, mahsulot assortimentining diversifikatsiyasi, savdo kanallari ishtirokchilari bilan hamkorlik hamda logistika jarayonlariga ta’sir qiluvchi tovar zaxiralarini boshqarish darajasi, tovar zaxiralari aylanish tezligi, etkazib berish barqarorligi, ombor xo‘jaligi samaradorligi kabi omillarning o‘zaro muvofiqlik darajasi asosida baholash algoritmi takomillashtirish taklifi ulgurji savdo korxonalar faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 1-maydagi №01-06-30-4244-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonalarning ulgurji xarid va ulgurji tovar sotish jarayonida marketing faoliyati hamda logistika jarayonlarini muvofiqlashtirish, xarid barqarorligi va ishonchligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
PLS-SEM modeli asosida ishlab chiqaruvchi – ulgurji savdo – chakana savdo zanjirida ulgurji savdo samaradorligiga biznes hamkorlik darajasi (β = 0.28, p < 0.01), axborot almashinuvi darajasi (β = 0.26, p < 0.01), nizo va ziddiyatlar darajasi (β =−0.19, p < 0.05) va marketing hamkorligi (β = 0.33, p < 0.01) ta’sirini aniqlash asosida strategik rivojlantirish taklifi ulgurji savdo korxonalar faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 1-maydagi №01-06-30-4244-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonalarda buyurtmalarni bajarish tezligi o‘rtacha 5,5-8,6 foizga, ombor zaxiralarining aylanish tezligi 6 barobarga oshishiga erishilgan;
ulgurji savdo marketing logistika tizimida korporativ hamkorlik strategiyasini biznesning hamkorlik aloqalar darajasi yuqori daraja 90%0100%, etarli daraja 70%089%, qabul qilingan daraja 60%069%, past daraja 40%059%, qabul qilib bo‘lmaydigan daraja 039% va integratsiyalashgan marketing aloqalarining qiymati yuqori (6,7-10 ball), o‘rtacha (3,3-6,6 ball), past (0-3,2 ball) baholash asosida tanlash taklifi ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 1-maydagi №01-06-30-4244-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2021-2025 yillarda “Razzakov Akbar trade Star” MChJ ulgurji tovar sotuv hajmi o‘rtacha o‘sish sur’ati 15,2 %, “Sherzod zoovet malham” MChJning ulgurji savdo hajmining o‘rtacha o‘sish sur’ati 19,4 %, “Abilov Akram Ota” MChJning ulgurji savdo hajmining o‘rtacha o‘sish sur’ati 10,5 % va “Silver Green Tea” MChJning ulgurji savdo hajmining o‘rtacha o‘sish sur’ati 12,8 % oshishiga imkon bergan;
Samarqand viloyatida ulgurji savdoning o‘rta va qisqa muddatli rivojlanish tendensiyalari asosida ulgurji savdo hajmining 2030-yilga qadar prognoz ssenariylari uzoq muddatli ulgurji savdoni rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 1-maydagi №01-06-30-4244-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-avgustdagi “Samarqand viloyatini 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-244-son qaroridagi maqsadli ko‘rsatkichlar asosida Samarqand viloyatida savdo xizmatlarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va istiqbolli ko‘rsatkichlarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.