Raxmatullaeva Gulnoza Kutpitdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar ta’siri natijasida chaqirilgan gastropatiyalarni davolashda sitoprotektiv terapiya turli sxemalarining samaradorligini baholash», 14.00.17–Farmakologiya va klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib950.
Ilmiy rahbar: Xamraev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.27.06.2017.Tib.30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Fayzieva Ziyoda Turaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Karimov Mirvosit Mirvosikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilish bilan chaqirilgan gastropatiyalarda me’daning shilliq pardasidagi agressiv-protektiv omillarning o‘zaro aloqasiga ayrim proton pompalari ingibitorlari, sitoprotektorlar va ularning kombinatsiyalari ta’sirini qiyosiy baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar gastropatiyasida gastroduodenal soha shilliq pardasi jarohatlarining rivojlanishini patogenetik mexanizmlariga omeprazol va rabeprazol, de-nol, sukral`fat va pepsan-Rning ta’siri qiyosiy asoslangan;
proton pompa ingibitorlarining birinchi avlodi omeprazolga nisbatan rabeprazolni shilliq to‘siq sinteziga salbiy ta’siri, NO-hosil bo‘lish jarayonlarining pasayishi, lipidlar perioksidlanishining tezlashishi va monooksigenaz tizimi fermentlari faolligi susayishiga ijobiy ta’siri isbotlangan;
yangi sitoprotektor pepsan-Rning gastropatiya rivojlanishining patogenetik mexanizmlariga samarali ta’siri, xususan, uning me’daning shilliq pardasidagi lipidlar perioksidlanishi jarayonlari, monooksigenaz tizimi fermentlari faolligiga ta’siri bo‘yicha de-nol va sukral`fat kabi keng qo‘llaniladigan sitoprotektorlardan ustunligi isbotlangan;
omeprazol de-nol va sukral`fat bilan birga qo‘llanilganda gastropatiyaning patogenetik mexanizmlariga omeprazolning farmakodinamik ta’siri o‘zgarmaganligi, rabeprazol esa qayd etilgan, birga buyurilganda mazkur dori vositalarining eng yaxshi kombinatsiyasi aniqlanib, farmakodinamik o‘zaro ta’siri additiv sinergizm bilan isbotlangan;
gastropatiyaning ayrim mexanizmlariga ta’siri bo‘yicha rabeprazolning pepsan-R bilan kombinatsiyasi uning de-nol bilan birga qo‘llanilgandagiga nisbatan ijobiy ekanligi, aksincha, sukral`fat bilan birga qo‘llanilganda esa farmakodinamik ta’siri o‘zgarmaganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar ta’siri natijasida chaqirilgan gastropatiyalarni davolashda sitoprotektiv terapiya turli sxemalarining samaradorligini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar qabul qilish natijasida chaqirilgan gastropatiyalarni davolashda sitoprotektiv terapiya turli sxemalarining samaradorligi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 5 sentyabrdagi 8n-r/343-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma asosida gastropatiyalarni tashxislash, davolash va oldini olishga qaratilgan an’anaviy eksperimental davolash modeli yaratilgan va bu bemorlarni davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar ta’siri natijasida chaqirilgan gastropatiyalarni davolashda sitoprotektiv terapiya turli sxemalarining samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy markazi va Toshkent farmatsevtika institutining fundamental va ishlab chiqarish amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 28 dekabrdagi 8n-z/261-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishini gastropatiyalarni davolashda sitoprotektiv terapiyaning turli sxemalarining bemorlarda, shuningdek, tajriba hayvonlarida nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar chaqirgan gastropatiya modelini yaratish va proton pompa ingibitorlari bilan sitoprotektiv terapiyaning eng yaxshi samaradorligini joriy qilish va asoratlar kelib chiqishini kamaytirish imkonini bergan.