Torebaeva Firuza Kidirbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Qoraqalpoq va ingliz tillaridagi frazemalar semantikasining gender konsepsiyasi, 10.00.13 – “Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1 PhD/Fil.2300.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Orazimbetova Zlixa Kdirbaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.04.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Alniyazov Aytmurat Ismaylovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Xudaybergenov Azamat Abdixalikovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq va ingliz tillari frazemalarida gender konseptualizatsiyasi jarayoni hamda uning darajalarini aniqlash, shuningdek, mazkur tillar frazeologiyasida "erkak" va "ayol" konseptlarining shakllanishi va ifodalanish xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gender konsepsiyasini frazemalar orqali aks ettirishning lingvokognitiv asosiy yo‘llari va lingvokulturologik usullari aniqlanib, shu asosda qoraqalpoq va ingliz tillaridagi gender ma’noli frazemalarning semantik-funksional jihatdan tipologik umumiy va etnolingvistik milliy-madaniy o‘ziga xos xususiyatlari kompleks va qiyosiy aspektda ochib berilgan;
frazemalarda ifodalangan lingvomadaniy va stereotipik gender konseptlar aniqlanib, ular qoraqalpoq va ingliz xalqlarining milliy-madaniy qadriyatlari, ijtimoiy munosabatlari hamda an’analari bilan bog‘liq holda asoslangan;
qoraqalpoq va ingliz tillaridagi gender ma’noli frazemalarda erkak va ayol obrazining aks etishidagi semantik, lingvomadaniy jihatdan milliy-spesifik farqli va strukturaviy-semantik jihatdan umumiy o‘xshashliklari aniqlangan;
frazemalarning gender konseptualizatsiyasidagi roli hamda ularning ijtimoiy-madaniy kontekst bilan uzviy bog‘liqligi asoslab berilib, qoraqalpoq va ingliz tillaridagi gender ma’noli frazemalarning ichki struktur-semantik va lingvistik funksional xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tilshunoslikda gender konseptlarini shakllantiruvchi parametrlarni ishlab chiqish, qoraqalpoq va ingliz tillaridagi gender ma’noli frazemalarning semantik xususiyatlarini tadqiq etish asosida olingan ilmiy natijalar quyidagi yo‘nalishda amalga oshirilgan:
frazemalarda ifodalangan lingvomadaniy va stereotipik gender konseptlar aniqlanib, qoraqalpoq va ingliz xalqlarining milliy-madaniy qadriyatlari, ijtimoiy munosabatlari hamda an’analari bilan bog‘liqligi haqidagi ilmiy xulosalardan 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F-1-005 - “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini ilmiy o‘rganish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2025-yil 9-sentyabrdagi 539/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyaning ilmiy xulosalari loyiha doirasida o‘quv qo‘llanma va darsliklarni tayyorlashda, shuningdek, taklif etilgan fikr va xulosalar amaliy loyihani ro‘yobga chiqarish va takomillashtirishga xizmat qilgan;
gender konsepsiyasini frazemalar orqali aks ettirishning lingvokognitiv asosiy yo‘llari va lingvokulturologik usullari aniqlanib, shu asosda qoraqalpoq va ingliz tillaridagi gender ma’noli frazemalarning semantik-funksional jihatdan tipologik umumiy va etnolingvistik milliy-madaniy o‘ziga xos xususiyatlariga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi yo‘nalishlarda amaliy jihatdan foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2025-yil 22-sentyabrdagi 1-03-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada keltirilgan semantik tahlillar va milliy hamda xorijiy madaniyatdagi genderga oid frazemalarning qiyosiy tahlili asosida aytilgan ilmiy fikrlardan madaniyatlararo aloqalarni mustahkamlash, jamoatchilikga turli madaniyatlarning stereotiplari va qarashlarini tushuntirish maqsadida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy seminarlar, tadbirlar va muloqotlar o‘tkazishda, badiiy asarlar va teatr pesalari, turli matnlarni tarjima qilishda gender ma’noli frazemalarni to‘g‘ri talqin qilishda foydalanilgan;
qoraqalpoq va ingliz tillaridagi gender ma’noli frazemalarda erkak va ayol obrazining aks etishidagi semantik, lingvomadaniy jihatdan milliy-spesifik farqli va umumiy strukturaviy-semantik o‘xshashliklariga oid xulosalar “Nukus FM” radiokanalida eshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan (“Nukus FM” radiokanalining 2023-yil 1-fevraldagi 01/02-07-son ma’lumotnomasi). Natijada, har bir tilning o‘ziga xos milliy xususiyatlarini qiyoslash, ular o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni tushunib, ularning ma’nosini to‘g‘ri anglab, qo‘llash bo‘yicha bilimlarni oshirishga xizmat qilgan;
frazemalarning gender konseptualizatsiyasidagi roli hamda ularning ijtimoiy-madaniy kontekst bilan uzviy bog‘liqligi asoslab berilib, qoraqalpoq va ingliz tillaridagi gender ma’noli frazemalarning ichki struktur-semantik va lingvistik funksional xususiyatlariga doir xulosalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining ko‘rsatuv va eshittirishlarini tayyorlash jarayonida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2023-yil 13-fevraldagi 05-22/83-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotda tillardagi frazemalarning struktur-semantik va funksional xususiyatlarining lug‘atlarda, telemateriallar va radiomateriallarda to‘g‘ri qo‘llanilishi, qoraqalpoq va ingliz tillaridagi frazemalarning to‘g‘ri tarjimasi bo‘yicha bildirilgan fikrlar ko‘rsatuvlar tayyorlashda asosiy ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan.