Ismailov Zoxidjon Nurmanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalar neyromotor tizimi kasalliklarining reabilitatsiyasini optimallashtirish», 14.00.13–Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib918.
Ilmiy rahbar: Mirdjuraev Elbek Mirshavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Shamansurov Shaanvar Shamurodovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sadikova Gulchexra Kabulovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neyromotor tizimi (PNT) zararlanishi natijasida harakati chegaralangan bemor bolalar reabilitatsiyasi mezonlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bolalarning individual xususiyatlaridan kelib chiqib, travmatik mononevropatiyalarni keltirib chiqargan omillar aniqlangan;
periferik nerv tizimi jarohatlarida nerv tolasining zararlanish turi va darajasiga qarab nerv tolalari bilan ENMG ko‘rsatkichlari o‘rtasida kuchli musbat mutanosiblik aniqlangan;
neyromotor tizim kasalliklarida ENMG tashxisni tasdiqlovchi, davolash samaradorligini hamda individual sog‘lomlashtirish rejasini belgilovchi indikatorligi aniqlangan;
ilk bor neyromotor tizimi kasalliklari (harakat buzilishlari hamda deformatik o‘zgarishlar) bo‘lgan bolalarda nogironlikning oldini olishga qaratilgan individual yuqori samarali kompleks reabilitatsiya dasturlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda periferik nerv tizimi mononevropatiyalarni tashxislash, klinik xususiyatlari va reabilitatsiya usullarini takomillashtirish yo‘llarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Bolalarda postin’eksion oyoq mononevropatiyalari: tashxislash al`goritmi va tibbiy reabilitatsiyasini optimallashtirish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 11 iyundagi 8n-r/225-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarda postin’eksion oyoq mononevropatiyalarining salbiy natijalarini aniq prognoz qilish, reabilitatsiyani optimallashtirish va asoratlarni kamaytirishga xizmat qilgan;
travmadan keyingi pastki mononevropatiyalarni davolash va tibbiy reabilitatsiya qilishga qaratilgan tadqiqotning tizimli tahlili bo‘yicha olingan imiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Respublika bolalar tayanch-harakat tizimi kasalliklari reabilitatsiyasi markazi hamda O‘zR SSV U.Kurbanov nomidagi Respublika bolalar ruhiy-asab dispanseri amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 25 dekabrdagi 8n-z/242-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalarda postin’eksion oyoq mononevropatiyalarini kompleks tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya samaradorligi salmoqli ravishda oshgan, bu esa bolalarni sog‘ayishi darajasining ortishi, shifoxonalarda davolanish chastotasining kamayishi, nogironlikning og‘irlik darajasini pasayishiga imkon bergan.