Samandarova Gulnoz Yarashovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumot. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Son komponentli o‘zbek xalq maqollarining  semantik, lingvomadaniy va statistik tahlili, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Fil978. 
Ilmiy maslahatchi: Jo‘raeva Bibish Muhsinovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.08.07.
Rasmiy opponentlar: Umurqulov Bekpo‘lat, filologiya  fanlari doktori, professor; Mamatov Abdug‘afur Eshonkulovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Aynur O‘zgan, filologiya fanlari doktori, professor (Turkiya).  
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi son komponentli o‘zbek xalq maqollarining semantik tuzilishi, lingvomadaniy mazmuni va statistik xususiyatlarini kompleks tahlil qilish orqali ularning xalq tafakkuri, milliy qadriyatlar tizimi hamda kognitiv konseptual maydondagi o‘rnini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘zbek xalq maqollaridagi son komponentlari semantik, lingvomadaniy va statistik xususiyatlar birligida yaxlit tizim sifatida numerologik-simvolik, obrazli-metaforik va aksiologik qatlamlarga tayanuvchi ko‘p bosqichli ma’no strukturasi hamda ularning xalq tafakkurida borliqni raqamlar orqali konseptuallashtirish, etnomadaniy tajribani kodlashtirish va nutqiy-pragmatik ta’sirchanlikni ta’minlashga oid funksional vazifalari asoslangan;
son komponentli maqollar semantik struktura jihatidan statik (Besh barmoq barobar emas) va dinamik (Bir kun janjal bo‘lgan uydan qirq kun baraka ketar) tiplari, ularning kognitiv asoslari lingvistik dalillar orqali izohlanishi natijasida sonlar vositasida shakllangan obrazlarning barqaror ma’no yadrosi va kontekstual o‘zgaruvchanlik xususiyatlari aniqlangan;
o‘zbek xalq maqollaridagi sonlar milliy-madaniy kod sifatidagi xususiyatlari (“Bir” soni birlik va haqiqat timsoli, “ikki” soni muvozanat va ziddiyatning ramzi, “etti” soni esa muqaddaslik va marosimiy barqarorlik belgisi va h.k.), ularning xalq dunyoqarashi, milliy qadriyatlar tizimi, etnomadaniy tafakkurdagi o‘rni, ramziy-semantik funksiyalari hamda boshqa xalqlar paremiologiyasi bilan qiyosda namoyon bo‘ladigan madaniyatlararo semantik o‘xshashlik va milliy-madaniy tafovutlari dalillangan;
son komponentli maqollar statistik tahlildan o‘tkazilib, ular orasida raqamlarning chastotasi (eng yuqori chastotali sonlar: 1, 2, 1000; o‘rta chastotali sonlar: 7, 6, 40, 100, 10, 5; past chastotali sonlar: 3-9, 30-90 oralig‘idagi birliklar; eng kam uchragan sonlar: 20, 32), struktur-tipologik xususiyatlari (maqol boshida sonlar 42,1% (362 ta), o‘rtasida 52% (447 ta) va oxirida 5,9% (51 ta) hamda ma’no tarmoqlanishi isbotlangan;
o‘zbek maqolshunosligida son komponentlarini tadqiq etishning metodologik tamoyillari (semantik, kognitiv-lingvistik, etno-mental, struktur-kompozision, diskursiv-pragmatik, assotsiativ, korrelyasion va statistik yondashuvlar) yangicha konseptual asosda ishlab chiqilishi natijasida semantik, lingvomadaniy va statistik tahlilni integratsiyalashgan metodika sifatida qo‘llashning ilmiy-nazariy va metodik imkoniyatlarini yagona tahliliy tizim doirasida izchil yoritishga xizmat qilishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan: 
o‘zbek xalq maqollaridagi son komponentlari semantik, lingvomadaniy va statistik xususiyatlar birligida yaxlit tizim sifatida numerologik-simvolik, obrazli-metaforik va aksiologik qatlamlarga tayanuvchi ko‘p bosqichli ma’no strukturasi hamda ularning xalq tafakkurida borliqni raqamlar orqali konseptuallashtirish, etnomadaniy tajribani kodlashtirish va nutqiy-pragmatik ta’sirchanlikni ta’minlashga oid funksional vazifalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida 2024-2025-yillarda bajarilgan ALM-202310132634 raqamli “Yangi so‘z va atamalarning o‘zbekcha muqobilini sun’iy intellekt asosida avtomatik taqdim qiluvchi atamacom.uz dasturiy ta’minoti platformasi va mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2025-yil 4-dekabrdagi PN57237554-2317-son ma’lumotnomasi). Natijada son komponentli o‘zbek xalq maqollarining semantik, lingvomadaniy va statistik jihatdan kompleks tahlili leksik-semantik jarayonlarni avtomatlashtirish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirgan;
son komponentli maqollar semantik struktura jihatidan statik (Besh barmoq barobar emas) va dinamik (Bir kun janjal bo‘lgan uydan qirq kun baraka ketar) tiplari, ularning kognitiv asoslari lingvistik dalillar orqali izohlanishi natijasida sonlar vositasida shakllangan obrazlarning barqaror ma’no yadrosi va kontekstual o‘zgaruvchanlik xususiyatlariga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida 2022-2023-yillarda bajarilgan II-4721101717-raqamli “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2025-yil 4-dekabrdagi EQ63499544-2316-son ma’lumotnomasi). Natijada, sonlarga asoslangan xalq maqollarining mazmuniy qatlamlari va ularni tashkil etuvchi konseptual mexanizmlar loyiha doirasidagi amaliy vazifalarning samarali bajarilishiga xizmat qilgan;
o‘zbek xalq maqollaridagi sonlar milliy-madaniy kod sifatidagi xususiyatlari (“Bir” soni birlik va haqiqat timsoli, “ikki” soni muvozanat va ziddiyatning ramzi, “etti” soni esa muqaddaslik va marosimiy barqarorlik belgisi va h.k.), ularning xalq dunyoqarashi, milliy qadriyatlar tizimi, etnomadaniy tafakkurdagi o‘rni, ramziy-semantik funksiyalari hamda boshqa xalqlar paremiologiyasi bilan qiyosda namoyon bo‘ladigan madaniyatlararo semantik o‘xshashlik va milliy-madaniy tafovutlariga oid xulosalardan 2024-2025-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Buxoro” viloyati  teleradiokanalining “Assalom, Buxoro”, “Najot bilimda”, “Sakkizinchi mo‘jiza” teleeshittirishlari ssenariylarini  tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 2-dekabrdagi 01-09-269-son ma’lumotnomasi). Natijada son komponentli maqollar ko‘rsatuvlarning g‘oyaviy-uslubiy sifatini oshirishga samarali xizmat qilgan;
son komponentli maqollar statistik tahlildan o‘tkazilib, ular orasida raqamlarning chastotasi (eng yuqori chastotali sonlar: 1, 2, 1000; o‘rta chastotali sonlar: 7, 6, 40, 100, 10, 5; past chastotali sonlar: 3-9, 30-90 oralig‘idagi birliklar; eng kam uchragan sonlar: 20, 32), struktur-tipologik xususiyatlari (maqol boshida sonlar 42,1% (362 ta), o‘rtasida 52% (447 ta) va oxirida 5,9% (51 ta) hamda ma’no tarmoqlanishiga oid xulosalardan Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik, Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar uchun yaratilgan “O‘zbek tili tarixi” nomli darslikda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil  9-iyuldagi 258-son buyrug‘i, 915635-raqam nashr ruxsatnomasi). Natijada frazeologiya va paremiologiya bo‘limiga oid ma’lumotlar ilmiy jihatdan boyib, darslik takomillashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish