Alidjanova Durdona Abdullajonovnaning
falsafa  doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda migrenning kliniko-nevrologik va immunologik xususiyatlari», 14.00.13–Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib568.
Ilmiy rahbar: Madjidova Yakutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Shamansurov Shaanvar Shamuratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor;  Muratov Faxmiddin Xayriddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:  Xoji Axmad Yassaviy nomidagi halqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi ).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda migrenning shakllanishi va rivojlanishida immun tizimining roli, klinik-nevrologik jihatlarini aniqlash hamda davolashni optimallashtirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor birlamchi bosh og‘riqlarida T-xelper (CD4) va supressorlar (CD8) miqdorining kamayishi   hamda immunoglobulinlar (Ig A,M,G) va SIK miqdorining ortishi kasallik rivojlanish xavfining shakllanishiga  ta’siri aniqlangan;   
ilk bor bolalarda birlamchi bosh og‘rig‘ining shakllanishida sitokin statusida  yallig‘lanish oldi interleykinlari (FNO-al`fa) miqdorining oshishi notseseptiv tizim bilan bog‘liqligi va aksincha, yallig‘lanishga qarshi interleykinlar (IL10) miqdorining ortishi antinotseseptiv tizimga bog‘liqligi aniqlangan;
 ilk bor korrelyasion tahlil natijalariga ko‘ra, migren` bilan og‘rigan  bolalarda  bosh og‘rig‘i intensivligining pasayishi va immunomodulyator preparatlar bilan o‘tkazilgan davo natijasi o‘rtasida kuchli bog‘liqlik, qo‘llanilgan davo taktikasining to‘g‘riligi aniqlangan;
bolalarda birlamchi bosh og‘rig‘ini qiyosiy tashxislash va davolashning optimallashtirilgan  diagnostik ketma-ketlik ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:  
Bolalarda migrenning kliniko-nevrologik va immunologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Variabel`nost` immunologicheskix izmeneniy pri razlichnix formax sefalgiy u detey» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil  16 maydagi 8n-r/193-son ma’lumotnomasi). Mazkur  uslubiy tavsiyanoma migren` va zo‘riqishdagi bosh og‘rig‘i bilan  og‘rigan bolalarda erta tashxislash, davolash samaradorligini yaxshilash va hayot sifatini oshirish imkonini bergan;
bolalardagi birlamchi bosh og‘rig‘i bilan xastalangan bemorlarni erta tashxislashni optimizatsiyalashtirish va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasining davolash profilaktika muassasalariga, xususan, Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiy markazi va Samarqand davlat tibbiyot institutining 1-klinikalarida amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 19 iyundagi 8n-d/143-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi barvaqt  tashxislash, bolalarda sefalgiya terapiyasini optimallashtirishga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish