Sharipova Barno Ergash qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 da me’da osti bezining morfologiyasi va morfometriyasi», 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3843.
Ilmiy rahbar: Tursunov Xasan Ziyaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03.
Rasmiy opponentlar: Xamidova Farida Muinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mardonov Jamshid Normurotovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomli xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 da me’da osti bezining endokrin va ekzokrin qismlarida patomorfologik, immunogistokimyoviy o‘zgarishlari va morfometrik ko‘rsatichlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor COVID-19dan vafot etgan bemorlarda me’da osti bezi shikastlanishining kasallik kechishining ekssudativ fazasida faqat endokrin qismda, proliferativ fazasida esa ham endokrin, ham ekzokrin qismlarda kechishi aniqlangan;
me’da osti bezi to‘qimasidagi morfologik o‘zgarishlar – mayda qon tomirlar devorida vaskulit hodisalari, ekzokrin bez hujayralarida distrofik va nekrobiotik o‘zgarishlar, Langergans orolchalari β-hujayralarining son jihatdan kamayishi – COVID-19ning o‘ziga xos patomorfologik belgilari sifatida isbotlangan;
mul`tipleks morfometrik tahlil asosida COVID-19da me’da osti bezi Langergans orolchalaridagi β-hujayralar zichligi nazorat guruhiga nisbatan 1,22 martaga kamaygani, ekzokrin bezlar diametri esa 1,66 martaga kattalashgani aniqlangan;
p53 va Caspasa-3 markerlarining yuqori pozitiv ekspressiyasi apoptoz jarayonining ustunligini, VEGFA-1 markerining past ekspressiyasi endoteliy hujayralari proliferatsiyasi (mitoz faolligi)ning pasayganini, LAMP-1 markerining yuqori pozitiv ekspressiyasi esa indusirlangan apoptoz jarayonining ustunlik qilishini tasdiqlash orqali COVID-19da me’da osti bezi zararlanishining molekulyar-patogenetik mexanizmlari asoslanlgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19 infeksiyasida me’da osti bezida kuzatiladigan morfologik o‘zgarishlarni baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor COVID-19dan vafot etgan bemorlarda me’da osti bezi shikastlanishining kasallik kechishining ekssudativ fazasida faqat endokrin qismda, proliferativ fazasida esa ham endokrin, ham ekzokrin qismlarda kechishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ekspert kengashi tomonidan 26.06.2025 yildagi 06-25/628-t-son bilan tasdiqlangan «COVID-19 infeksiyasida oshqozon osti bezining morfologik va morfometrik mezonlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati Patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 02.07.2025 yildagi 51-son va Xorazm viloyati Patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 13.10.2025 yildagi 37-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 12 maydagi 08/35-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 bilan xastalangan bemorlarni differensial diagnostika qilishda tavsiya qilinayotgan usullar patologik anatomiyaning ijro muddatini va differensial diagnostika muddatini qisqarishi imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: Xorazm viloyati shahar aholisida COVID-19 infeksiyasi bilan xastalangan bemorlarni differensial tekshirish orqali patologoanatomik ijro muddatini o‘rtacha 20-25% ga qisqartirish natijasida bir nafar bemor xisobiga 187500 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lar iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: me’da osti bezi to‘qimasidagi morfologik o‘zgarishlar – mayda qon tomirlar devorida vaskulit hodisalari, ekzokrin bez hujayralarida distrofik va nekrobiotik o‘zgarishlar, Langergans orolchalari β-hujayralarining son jihatdan kamayishi – COVID-19ning o‘ziga xos patomorfologik belgilari sifatida isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ekspert kengashi tomonidan 26.06.2025 yildagi 06-25/628-t-son bilan tasdiqlangan «COVID-19 infeksiyasida oshqozon osti bezining morfologik va morfometrik mezonlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati Patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 02.07.2025 yildagi 51-son va Xorazm viloyati Patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 13.10.2025 yildagi 37-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 12 maydagi 08/35-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarda oldindan qandli diabet kasalligi mavjud lekin klinik jihatdan biror bir belgilar bilan namoyon bo‘lmasdan, COVID-19 infeksiyasida ushbu kasalliklarni qo‘zishi davolash taktikasini keskin noto‘g‘ri amalga oshirilganligi va vafot etgan bemorlarni patologoanatomik tekshirish paytida aniqlangan COVID-19 infeksiyasi tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlardan, pankreonekrozni oldindan ehtiyot chorasi sifatida profilaktika qilish, o‘tkir pankreonekrozni kamaytirishga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasida me’da osti bezida yuzaga keladigan o‘zgarishlarni retrospektiv taxlil ma’lumotlariga asoslanib, laborator tekshirish uchun tayinlangan taxlillar bitta bemorning 1 kunlik shifoxonadagi tekshiruvi o‘rtacha amalga oshishi uchun o‘rtacha 121 ming so‘m, agar o‘rtacha 14 kundan 20 kungacha shifoxonada bo‘lsa, 1 mln 694 ming so‘mdan 2 mln 420 ming so‘mgacha byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: mul`tipleks morfometrik tahlil asosida COVID-19da me’da osti bezi Langergans orolchalaridagi β-hujayralar zichligi nazorat guruhiga nisbatan 1,22 martaga kamaygani, ekzokrin bezlar diametri esa 1,66 martaga kattalashgani aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ekspert kengashi tomonidan 26.06.2025 yildagi 06-25/628-t-son bilan tasdiqlangan «COVID-19 infeksiyasida oshqozon osti bezining morfologik va morfometrik mezonlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati Patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 02.07.2025 yildagi 51-son va Xorazm viloyati Patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 13.10.2025 yildagi 37-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 12 maydagi 08/35-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Xorazm viloyati aholisida COVID-19 infeksiyasi aniqlangan yoki klinik belgilar orqali shubxa qilinganda APF2-fermenti etishmovchiligini aniqlashda ommaviy PSR qilish orqali pankreonekrozni oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasida kompleks tekshirishlar majmuasi tarkibida bo‘lmagan lekin pankreonekrozning asosiy markerlaridan bo‘lgan APF2-fermentini PSR qilish (20000 so‘mni tashkil etib) o‘rtacha bir nafar bemor hisobiga 101000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: p53 va Caspasa-3 markerlarining yuqori pozitiv ekspressiyasi apoptoz jarayonining ustunligini, VEGFA-1 markerining past ekspressiyasi endoteliy hujayralari proliferatsiyasi (mitoz faolligi)ning pasayganini, LAMP-1 markerining yuqori pozitiv ekspressiyasi esa indusirlangan apoptoz jarayonining ustunlik qilishini tasdiqlash orqali COVID-19da me’da osti bezi zararlanishining molekulyar-patogenetik mexanizmlari asoslanlganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ekspert kengashi tomonidan 26.06.2025 yildagi 06-25/628-t-son bilan tasdiqlangan «COVID-19 infeksiyasida oshqozon osti bezining morfologik va morfometrik mezonlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati Patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 02.07.2025 yildagi 51-son va Xorazm viloyati Patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 13.10.2025 yildagi 37-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 12 maydagi 08/35-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Xorazm viloyati aholisida COVID-19 infeksiyasidan xastalangan bemorlarda pankreonekrozni yuzaga kelishini oldini olish va o‘lim ko‘rsatkichi darajasini kamaytirish maqsadida, ommaviy PZR qilish va algoritmda keltirilgan ma’lumotlar ketma-ketligiga asoslangan tashxislash bosqichlarini tadbiq etish, me`da osti bezida oldindan fon kasalligi bor bo‘lgan va aloxida e’tiborli bo‘lgan kandli diabet kasalligi bor bo‘lgan bemorlarga tadbiq etishlik COVID-19 infeksiyasida o‘lim ko‘rsatkichini keskin darajada 2021 yil avgust oyi misolida kamayganligini ko‘rsatgan. Iqtisodiy samaradorligi: tadbiq etilgan tashxislash algoritmdan foydalanish statsionarda COVID-19 infeksiyasi bilan davolanish muddatini o‘rtacha 7-10 kungacha qisqarish natijasida o‘rtacha 8,5 so‘mdan 12,75 mln so‘mgacha byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi.