Jabborov Anvar Axtamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘mrov suyagi akromial qismi jaroxatlarida xirurgik davoni takomillashtirish», 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib5208.
Ilmiy rahbar: Shukurov Esondavlat Mingziyoevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan mujassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06.2025.27.12.Tib.19.01.
Rasmiy opponentlar: Tilyakov Akbar Bo‘rievich, tibbiyot fanlari doktori; Nabiev Ergali Nugumanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘mrov suyagi akromial qismi jaroxatlarida xirurgik davoni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘mrov suyagi akromial uchi sinishlarida suyak bo‘laklarini osteosintez qilish uchun S-cimon maxkamlash moslamasi ishlab chiqilgan, eksperimental biomexanik va toksikologik tadqiqotlar orqali uning mustaxkamligi va bardoshliligi xamda salbiy toksik ta’sirining mavjud emasligi isbotlangan;
o‘mrov suyagi akromial qismi jarohatlarini xirurgik davolashda suyak bo‘laklarini stabil fiksatsiyalash imkonini beruvchi suyak usti moslamasi takomillashtirish orqali MSKT ma’lumotlarga asoslangan xolda fiksatsion vintlarni optimal kiritish burchagi va chuqurligi aniqlangan;
o‘mrov suyagi akromial qismi jarohatlari bo‘lgan bemorlarda Rockwood klassifikatsiyasi bo‘yicha sinish va sinib-chiqishlarning tipi, suyak bo‘laklarining siljish darajasi, bemor yoshi, travma mexanizmi hamda suyak to‘qimasining holati kabi omillarni kompleks baholashga asoslangan operatsiyadan keyingi asoratlar xavfini oldindan baholash imkonini beruvchi klinik‑rentgenologik prognostik shkala ishlab chiqilgan;
o‘mrov suyagi akromial qismi jarohatlarini davolashda takomillashtirilgan suyak usti moslamasi va an’anaviy 8-10 sm emas, balki 4-5 sm kesimi orqali aynan akromial-o‘mrov bo‘g‘ini darajasida bajarilishiga imkon beruvchi minimal invaziv xirurgik yondashuv reabilitatsiya muolajalarini erta davrda boshlash imkoniyatini berishi, klinik-anatomik va funksional samaradorlik 22,6%gacha ko‘tarilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi.
O‘mrov suyagi akromial qismi jaroxatlarida xirurgik davoni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalariga (Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi Ekspert kengashining 2024 yil 20 sentyabr 11-son xulosasiga) ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: o‘mrov suyagi akromial uchi sinishlarida suyak bo‘laklarini osteosintez qilish uchun S-cimon maxkamlash moslamasi ishlab chiqilgan, eksperimental biomexanik va toksikologik tadqiqotlar orqali uning mustaxkamligi va bardoshliligi xamda salbiy toksik ta’sirining mavjud emasligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi (09,12,2025 y.; №01/901), Buxoro (29.11.2025 y.; №01/1309) va Surxandaryo (13.11.2025 y.; №33) viloyatlari ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinikalari amaliyotiga joriy etildi, natijada jarroxlik amaliyotini optimallashtirish imkonini berdi. Ijtimoiy samaradorligi: jarrohlik davolash usulini ishlab chiqish elka bo‘g‘imidagi deformatsiyani to‘g‘rilash, jarrohlik aralashuvi vaqtini qisqartirishi, erta reabilitatsiya boshlash va elka bo‘g‘imlari funksiyasini to‘liq tiklash imkoniyati tufayli qoniqarsiz natijalar ulushini 5,1%gacha kamaytirishga imkon berdi; yumshoq to‘qimalarga kam jaroxat yetkazish, asoratlarning kamayishi, statsionar davo muddatining qisqarishi, reabilitatsiya muddatlarining kamayishi, 96.4% xollarda yaxshi natijalar olish imkonini beradi; taklif etilgan jarrohlik davolash usulidan o‘mrov suyagi akromial qismi jaroxatlarini tashxislash va davolash sifatini yaxshiladi. Iqtisodiy samaradorligi: 1) o‘mrov suyagi akromial qismi jaroxatlaribilan bo‘lgan bemorlarning davolash bizning taklif etilayotgan davolash usulini qo‘llashgacha bemorlar shifoxonada o‘rtacha 7 sutka yotib davolanishi 3598000 so‘mni tashkil qildi.. Taklif qilingan davolash usuli qo‘llangan holda yotoq kuni 2 kunga qisqardi yani 5 kun yotoq kuni 2570000 tashkil etdi, bu farq esa 1280000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon berdi. Taklif etilgan usulda davo muolajalarini olib borish 1 bemor uchun 1280000 so‘mga tejash imkonini berdi. 2) yuqoridagi ko‘rsatmalar bo‘yicha davolangan bemorlarning erta reabilitatsiyasini boshlash ularning vertikalizatsiyasini tezlashtiradi va keyinchalik nogironlik sabablarini bartaraf etish imkonini beradi. Xulosa: O‘mrov suyagi akromial qismi jaroxatlari retrospektiv taxlildan keyingi biz ishlab chiqan moslamani tadbiq qilingandan keyingi iqtisodiy samaradorlikka erishganimiz taklif etilgan usulda davo muolajalarini olib borish 1 bemor uchun 1280000 so‘mga tejaldi.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘mrov suyagi akromial qismi jarohatlarini xirurgik davolashda suyak bo‘laklarini stabil fiksatsiyalash imkonini beruvchi suyak usti moslamasi takomillashtirish orqali MSKT ma’lumotlarga asoslangan xolda fiksatsion vintlarni optimal kiritish burchagi va chuqurligi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi (09,12,2025 y.; №01/901), Buxoro (29.11.2025 y.; №01/1309) va Surxandaryo (13.11.2025 y.; №33) viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinikalari amaliyotiga joriy etildi Ijtimoiy samaradorligi: eksperimental tadqiqot davomida olingan ma’lumotlar o‘mrov suyagi singan bemorlarda klinik amaliyotda yangi qurilmadan foydalanish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi ifoxonada o‘rtacha 7 sutka yotib davolanishi 3598000 (1 kunlik kasalxona xarajati 514000 so‘mni tashkil qildi). Taklif qilingan davolash usuli qo‘llangan holdayotoq kuni 2 kunga qisqardi yani 5 kun yotoq kuni 2570000 tashkil etdi, bu farq esa 1280000 so‘m iqtisodiy samaradorlikga erishiga imkon berdi. Taklif etilgan usulda davo muolajalarini olib borish 1 bemor uchun 1280000 so‘mga tejash imkonini berdi
uchinchi ilmiy yangilik: o‘mrov suyagi akromial qismi jarohatlari bo‘lgan bemorlarda Rockwood klassifikatsiyasi bo‘yicha sinish va sinib-chiqishlarning tipi, suyak bo‘laklarining siljish darajasi, bemor yoshi, travma mexanizmi hamda suyak to‘qimasining holati kabi omillarni kompleks baholashga asoslangan operatsiyadan keyingi asoratlar xavfini oldindan baholash imkonini beruvchi klinik‑rentgenologik prognostik shkala ishlab chiqilganligi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi (09,12,2025 y.; №01/901), Buxoro (29.11.2025 y.; №01/1309) va Surxandaryo (13.11.2025 y.; №33) viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinikalari amaliyotiga joriy etildi Ijtimoiy samaradorligi: jaroxatni uchrash darojaisga qarab algoritm yaratildi sinishlarini davolashning funksional va anatomik natijalarini yaxshiladi, jarrohlik va umumiy davolanish vaqtini qisqartirdi, erta reabilitatsiyani boshlash va bo‘g‘im funksiyasini to‘liq tiklash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘mrov suyagi akromial qismi jaroxatlari jaroxlik usulida davolashda yaratilan algoritmdan foydalanib davlash taktikasi to‘g‘ri tanlash va qaysi jaroxatning turiga qarab qanday jaroxlik davo taktikasi talnashga yordam beradi va keyingi asoratlarni oldini olish uchun xamda nogironlik darajasini pasaytirish iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: o‘mrov suyagi akromial qismi jaroxatlarini xirurgik davolashning optimallashtirilgan stabil miniinvaziv usulini tanlash taktikasini qo‘llash noto‘g‘ri va qimmat davo turlarini qo‘llamaslik hisobiga mablag‘larni iqtisod qilishga imkon bergadi
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘mrov suyagi akromial qismi jarohatlarini davolashda takomillashtirilgan suyak usti moslamasi va an’anaviy 8-10 sm emas, balki 4-5 sm kesimi orqali aynan akromial-o‘mrov bo‘g‘ini darajasida bajarilishiga imkon beruvchi minimal invaziv xirurgik yondashuv reabilitatsiya muolajalarini erta davrda boshlash imkoniyatini berishi, klinik-anatomik va funksional samaradorlik 22,6%gacha ko‘tarilishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi (09,12,2025 y.; №01/901), Buxoro (29.11.2025 y.; №01/1309) va Surxandaryo (13.11.2025 y.; №33) viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinikalari amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorgi: o‘mrov suyari akromial qismi jaroxatlarini turiga qarab qanday davo taktikasini tanlashni imkonini beradi va bu 98.9 % xollarda natijalarni yaxshilashga olib keladi va amaliyotdan keyingi bemorlarni statsionar daolanish kunlari qisqarishi bilan birga davolanish sifati yaxshilanadi. Iqtisodiy samardorligi: 1) bemorni shifoxonadagi davri uchun: bemorni shifoxonada qolish mudati 7 kundan 5 kungacha qisqartirilib shifoxonoada qolish to‘lovi miqdori taxminan 1280000 so‘mga kamaytirildi (1kunlik kasalxona xarajati 514000 so‘mni tashkil qildi). 2) yuqoridagi ko‘rsatmalar bo‘yicha davolangan bemorlarning erta reabilitatsiyasini boshlash ularning vertikalizatsiyasi tezlashtiradi va keyinchalik nogironlik sabablarini bartaraf etish imkonini beradi. Xulosa: o‘mrov suyagi akromial qismi jaroxatrani uchrashiga qarab unga nisbatan to‘g‘ri davao taktikasi tanlash xar tomonlama xam iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlikni oshirishga erishildi.