Beknazarov Boburjon Baxodir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Metabolik sindromda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining klinikomorfologik o‘zgarishlari», 14.00.02 – Morfologiya, 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4PhD/Tib4013.
Ilmiy rahbarlar: Xoshimov Bobir Luxmonovich, tibbiyot fanlar doktori, dotsent; Baxromova Farangiz Nuriddinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Oripov Firdavs Sur’atovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kazakova Nozima Nodirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qirg‘iziston davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: metabolik sindrom holatidagi o‘smir bolalarning og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatda klinik va tajribaviy model sharoitda morfologik o‘zgarishlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milk shilliq qavati epiteliysi, xususiy qavati va mikrotsirkulyasiya tizimidagi morfologik o‘zgarishlar metabolik sindromning turli davomiylik bosqichlarida (30, 60 va 90 kun) dinamik tarzda baholanib, ularning bosqichma-bosqich rivojlanish tendensiyasi aniqlangan;
metabolik sindrom sharoitida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida epiteliy qalinligining o‘zgarishi, akantoz va atrofiya jarayonlarining rivojlanishi, giperkeratoz va parakeratoz holatlarining progressiv kuchayishi, deskvamatsiya hamda eroziv elementlarning paydo bo‘lishi kompleks morfologik va morfometrik jihatdan asoslangan;
eksperimental va klinik ma’lumotlar asosida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi yallig‘lanish infil`tratsiyasi intensivligi va mikrotsirkulyasiya buzilishlari ko‘rsatkichlarining metabolik buzilishlarning og‘irlik darajasi bilan o‘rtasidagi ishonchli korrelyasion bog‘liqlik isbotlangan;
metabolik sindrom sharoitida milk shilliq qavatida kechuvchi trofik-distrofik va yallig‘lanish o‘zgarishlarining patogenetik mexanizmlari ochib berilib, mazkur o‘zgarishlar og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarining erta morfologik markerlari ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Metabolik sindrom holatidagi o‘smir bolalarning og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatda klinik va tajribaviy model sharoitda morfologik o‘zgarishlarni aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: milk shilliq qavati epiteliysi, xususiy qavati va mikrotsirkulyasiya tizimidagi morfologik o‘zgarishlar metabolik sindromning turli davomiylik bosqichlarida (30, 60 va 90 kun) dinamik tarzda baholanib, ularning bosqichma-bosqich rivojlanish tendensiyasi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 05.06.2025 yilda 107-25-son bilan tasdiqlangan «O‘smirlarda metabolik sindrom holatida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining morfologik o‘zgarishlarini baholash mezonlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-sonli markaziy klinik shifoxonasi bo‘yicha 15.05.2025 yildagi 24a-son va Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi bo‘yicha 15.06.2025 yildagi 57- son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 03.02.2026 yildagi 02/41– son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan morfologik baholash mezonlarining amaliyotga joriy etilishi metabolik sindromli o‘smirlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi patologik o‘zgarishlarni erta aniqlash imkonini yaratdi, profilaktik va davolash chora-tadbirlarining samaradorligini oshirishga hamda stomatologik kasalliklar asoratlari rivojlanish xavfini kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan morfologik baholash mezonlarining amaliyotga joriy etilishi natijasida metabolik sindromli o‘smirlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi o‘zgarishlarni erta aniqlash imkoniyati kengayib, qo‘shimcha tashxisiy tekshiruvlarga ehtiyoj taxminan 15–20% ga kamaytiradi, davolash bilan bog‘liq xarajatlar esa 10–15% ga iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: metabolik sindrom sharoitida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida epiteliy qalinligining o‘zgarishi, akantoz va atrofiya jarayonlarining rivojlanishi, giperkeratoz va parakeratoz holatlarining progressiv kuchayishi, deskvamatsiya hamda eroziv elementlarning paydo bo‘lishi kompleks morfologik va morfometrik jihatdan asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 05.06.2025 yilda 107-25-son bilan tasdiqlangan «O‘smirlarda metabolik sindrom holatida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining morfologik o‘zgarishlarini baholash mezonlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-sonli markaziy klinik shifoxonasi bo‘yicha 15.05.2025 yildagi 24a-son va Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi bo‘yicha 15.06.2025 yildagi 57- son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 03.02.2026 yildagi 02/41– son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: aniqlangan morfologik o‘zgarishlar metabolik sindromli o‘smirlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati patologiyalarini erta aniqlash va ularning asoratlarini kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: aniqlangan morfologik mezonlar kasalliklarni erta tashxislash va o‘z vaqtida profilaktika qilish imkonini berib, davolash muddati hamda tibbiy xarajatlarni qisqartirish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi;
uchinchi ilmiy yangilik: eksperimental va klinik ma’lumotlar asosida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi yallig‘lanish infil`tratsiyasi intensivligi va mikrotsirkulyasiya buzilishlari ko‘rsatkichlarining metabolik buzilishlarning og‘irlik darajasi bilan o‘rtasidagi ishonchli korrelyasion bog‘liqlik isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 05.06.2025 yilda 107-25-son bilan tasdiqlangan «O‘smirlarda metabolik sindrom holatida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining morfologik o‘zgarishlarini baholash mezonlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-sonli markaziy klinik shifoxonasi bo‘yicha 15.05.2025 yildagi 24a-son va Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi bo‘yicha 15.06.2025 yildagi 57- son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 03.02.2026 yildagi 02/41– son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: metabolik buzilishlar og‘irligi bilan bog‘liq yallig‘lanish va mikrotsirkulyator o‘zgarishlarning aniqlanishi o‘smirlarda og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini erta tashxislash, dispanser kuzatuvini takomillashtirish va stomatologik asoratlar rivojlanishining oldini olish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi yallig‘lanish infil`tratsiyasi va mikrotsirkulyasiya buzilishlarini erta aniqlash hisobiga qo‘shimcha tashxisiy tekshiruvlar hamda takroriy davolash tadbirlariga bo‘lgan ehtiyoj kamayib, bir nafar bemorni davolash uchun sarflanadigan o‘rtacha 180–220 ming so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: metabolik sindrom sharoitida milk shilliq qavatida kechuvchi trofik-distrofik va yallig‘lanish o‘zgarishlarining patogenetik mexanizmlari ochib berilib, mazkur o‘zgarishlar og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarining erta morfologik markerlari ekanligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 05.06.2025 yilda 107-25-son bilan tasdiqlangan «O‘smirlarda metabolik sindrom holatida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining morfologik o‘zgarishlarini baholash mezonlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-sonli markaziy klinik shifoxonasi bo‘yicha 15.05.2025 yildagi 24a-son va Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi bo‘yicha 15.06.2025 yildagi 57- son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 03.02.2026 yildagi 02/41– son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: milk shilliq qavatidagi trofik-distrofik va yallig‘lanish o‘zgarishlarini erta morfologik markerlar sifatida qo‘llash metabolik sindromli o‘smirlarda og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini o‘z vaqtida aniqlash, xavf guruhlarini shakllantirish va profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: milk shilliq qavatidagi trofik-distrofik va yallig‘lanish o‘zgarishlarini erta morfologik markerlar asosida aniqlash qo‘shimcha tashxisiy va davolash tadbirlari hajmini qisqartirib, har 100 nafar metabolik sindromli o‘smirga tibbiy xizmat ko‘rsatishda o‘rtacha 18,5 mln so‘m iqtisod qilinadi.