Ulmasova Saodat Ilxomjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Quturish kasalligining epizootologik va epidemiologik jihatlari hamda profilaktik chora-tadbirlarining samaradorligini baholash», 14.00.30–Epidemiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib60.
Ilmiy rahbar: Mamatkulov Ibroxim Xomidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.01.  
Rasmiy opponentlar: Atabekov Nurmat Sattiniyazovich, tibbiyot fanlari doktori; Rahmanova Jamila Amanovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: quturish kasalligining epizootologik va epidemiologik jihatlarini aniqlash asosida profilaktika chora-tadbirlarining samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda aholi orasida quturish bilan zararlanish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy tuzilishi aniqlangan;
respublikamizda quturish bo‘yicha yuzaga kelgan zamonaviy epizootik vaziyatda ilk bor kemiruvchilar (yumronqoziqlar)ning ustuvor ahamiyati belgilanib, birlamchi infeksiya manbai sifatida ularning tabiiy epizootik vaziyatni baholovchi indikator bo‘lishi mumkinligi asoslangan;
respublikamizda quturish bo‘yicha epidemik jarayonning kechishini baholash borasida epidemiologik vaziyatning o‘zgarishiga sababchi omillar qatorida turizmning ahamiyati ilk bor aniqlangan;
quturishning keyingi yillardagi iqtisodiy parametrlari tahlili asosida kasallikdan ko‘riladigan zarar qiymati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Quturish kasalligining epizootologik va epidemiologik jihatlari hamda profilaktika chora-tadbirlarning samaradorligini baholash  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«O‘zbekistonda quturish bilan kasallanish darajasining hududlar bo‘yicha epidemiologik nazorati» mavzusida uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 1 fevraldagi 8n-d/18-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma quturish kasalligi o‘choqlarini yo‘qotish, aholi orasida quturish profilaktikasi bo‘yicha ishlarni takomillashtirish, kasallik borasida epidemik vaziyatni barqaror saqlash, aholiga ko‘rsatiladigan antirabik xizmatni yanada yaxshilash imkonini bergan;
quturish kasalligining epizootologik va epidemiologik jihatlari hamda profilaktika chora-tadbirlarining samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya  nazorati markazi hamda Toshkent viloyati davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 1 fevraldagi 8 n-z/241-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar tatbig‘i quturish profilaktikasi va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni o‘tkazish taktikasini muvofiqlashtirishga, quturish kasalligi o‘choqlarining yo‘qotilishini faollashtirish va aholiga antirabik yordam sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish