Badriddinov Oyatillo Usmonjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Doimiy qon donorlarida lipoproteidlar almashinuvi holati va uning salomatlikka ta’siri” 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Tib6380. 
Ilmiy rahbar: Xamroqulov To‘lqin Zokirovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti. 
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD.06/2025.27.12.Tib.21.02. 
Rasmiy opponentlar: Saidov A’lonur Baxtinurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimova Muqima Muhammadsodiqovna, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: muntazam qon topshiruvchi donorlar organizmida lipidlar almashinuvi va lipoproteidlar spektri o‘zgarishlarini kompleks baholash hamda ularning profilaktik samaradorligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
muntazam qon donorlarida birinchi marta qon topshiruvchi donorlarga qaraganda umumiy xolesterin, LDL-xolesterin va trigliseridlarning nisbatan past, HDL-xolesterinning esa yuqori darajada saqlanishi bilan tavsiflanadigan antiaterogen yo‘nalishdagi lipid profili aniqlangan;
qon topshirishlar sonining 1 martadan 10 martagacha ortib borishi bilan umumiy xolesterin, LDL-xolesterin va trigliseridlar miqdorining kamayishi o‘rtasida teskari yo‘nalishdagi tendensiya, HDL-xolesterin darajasining esa nisbatan barqaror saqlanishi aniqlanib, donorlik yuklamasiga bog‘liq lipid o‘zgarishlarining ijobiy xususiyatlari ilmiy asoslangan;
doimiy qon donorlarida lipoproteidlar almashinuvi ko‘rsatkichlari bilan gemodinamik va funksional ko‘rsatkichlar o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligi korrelyasion-regression tahlil asosida aniqlanib, donorlarning lipid almashinuvi va umumiy funksional holatini kompleks baholashning ilmiy ahamiyati asoslangan;
muntazam qon donorlar guruhida birinchi marta qon topshiruvchi donorlarga nisbatan aterogen lipid siljishlari nisbatan sust namoyon bo‘lishi, ayniqsa 31–45 va 46–60 yosh guruhlarida HDL-xolesterinning yuqoriroq, LDL-xolesterin va trigliseridlarning pastroq darajada saqlanishi yosh, qon topshirishlar soni va donorlik davomiyligini hisobga olgan holda dinamik baholashga asoslangan monitoring yondashuvi hamda metabolik va yurak-qon tomir xavf omillarini erta aniqlashga qaratilgan profilaktik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Doimiy qon donorlarida lipoproteidlar almashinuvi holati va uning salomatlikka ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asoslanib:
birinchi ilmiy yangilikmuntazam qon donorlarida birinchi marta qon topshiruvchi donorlarga qaraganda umumiy xolesterin, LDL-xolesterin va trigliseridlarning nisbatan past, HDL-xolesterinning esa yuqori darajada saqlanishi bilan tavsiflanadigan antiaterogen yo‘nalishdagi lipid profili aniqlangan. Mazkur takliflar Farg‘ona jamoat salomtligi tibbiyot instituti Ilmiy kengashining 2026-yil 27-yanvardagi 7-sonli bayoni, Respublika qon quyish markazining 2026-yil 9-apreldagi №5/1-i/ch sonli buyrug‘i, Andijon viloyati qon quyish stansiyasi bosh vrachining 2026-yil 11-fevraldagi №33-sonli buyrug‘i hamda Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2026-yil 1-aprel 91-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan uslubiy tavsiyalar Respublika qon quyish markazi, Andijon viloyati qon quyish stansiyasi hamda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasi amaliy faoliyatiga tatbiq qilinib, donorlarni tanlash va ularning salomatligini monitoring qilish tizimini takomillashtirishda qo‘llanilmoqda (joriy etish dalolatnomalari ilova qilinadi). Ijtimoiy samaradorligi: takomillashtirilgan algoritm yordamida donorlar orasida dislipidemiya, ateroskleroz va boshqa metabolik buzilishlar erta bosqichda aniqlanib, ularning oldini olish va sog‘lom donorlar kontingentini shakllantirish imkoniyati yaratildi. Iqtisodiy samaradorligi: kasalliklarni erta aniqlash va profilaktika qilish orqali qimmat diagnostik va davolash xarajatlari kamaytirilib, sog‘liqni saqlash tizimi mablag‘larining tejalishiga erishildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: qon topshirishlar sonining 1 martadan 10 martagacha ortib borishi bilan umumiy xolesterin, LDL-xolesterin va trigliseridlar miqdorining kamayishi o‘rtasida teskari yo‘nalishdagi tendensiya, HDL-xolesterin darajasining esa nisbatan barqaror saqlanishi aniqlanib, donorlik yuklamasiga bog‘liq lipid o‘zgarishlarining ijobiy xususiyatlari ilmiy asoslangan. Ushbu model Farg‘ona jamoat salomtligi tibbiyot instituti Ilmiy kengashining 2026-yil 27-yanvardagi 7-sonli bayoni, Respublika qon quyish markazining 2026-yil 9-apreldagi №5/1-i/ch sonli buyrug‘i, Andijon viloyati qon quyish stansiyasi bosh vrachining 2026-yil 11-fevraldagi №33-sonli buyrug‘i hamda Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2026-yil 1-aprel 91-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan uslubiy tavsiyalar Respublika qon quyish markazi, Andijon viloyati qon quyish stansiyasi hamda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasida donorlar salomatligini baholash va monitoring qilish jarayonlarida qo‘llanilmoqda (joriy etish dalolatnomalari ilova qilinadi). Ijtimoiy samaradorligi: Donorlar orasida lipid almashinuvi buzilishlari dinamikasini baholash orqali xavf guruhiga kiruvchi shaxslarni aniqlash va ularga individual profilaktik choralarni qo‘llash imkoniyati kengaydi. Iqtisodiy samaradorligi: Profilaktik yondashuv asosida surunkali kasalliklarning rivojlanish darajasi kamayib, davolash va reabilitatsiya xarajatlari qisqartirildi.
uchinchi ilmiy yangilik: doimiy qon donorlarida lipoproteidlar almashinuvi ko‘rsatkichlari bilan gemodinamik va funksional ko‘rsatkichlar o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligi korrelyasion-regression tahlil asosida aniqlanib, donorlarning lipid almashinuvi va umumiy funksional holatini kompleks baholashning ilmiy ahamiyati asoslangan. Ushbu takliflar Farg‘ona jamoat salomtligi tibbiyot instituti Ilmiy kengashining 2026-yil 27-yanvardagi 7-sonli bayoni, Respublika qon quyish markazining 2026-yil 9-apreldagi №5/1-i/ch sonli buyrug‘i, Andijon viloyati qon quyish stansiyasi bosh vrachining 2026-yil 11-fevraldagi №33-sonli buyrug‘i hamda Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2026-yil 1-aprel 91-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan uslubiy tavsiyalar Respublika qon quyish markazi, Andijon viloyati qon quyish stansiyasi hamda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasi amaliyotiga joriy etildi (joriy etish dalolatnomalari ilova qilinadi). Ijtimoiy samaradorligi: Donorlar orasida jismoniy faollikning pasayishi va noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq dislipidemiya holatlari aniqlanib, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha maqsadli profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Iqtisodiy samaradorligi: Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish orqali kasallanish darajasi kamaytirilib, sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan iqtisodiy yuk qisqartirildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: muntazam qon donorlar guruhida birinchi marta qon topshiruvchi donorlarga nisbatan aterogen lipid siljishlari nisbatan sust namoyon bo‘lishi, ayniqsa 31–45 va 46–60 yosh guruhlarida HDL-xolesterinning yuqoriroq, LDL-xolesterin va trigliseridlarning pastroq darajada saqlanishi yosh, qon topshirishlar soni va donorlik davomiyligini hisobga olgan holda dinamik baholashga asoslangan monitoring yondashuvi hamda metabolik va yurak-qon tomir xavf omillarini erta aniqlashga qaratilgan profilaktik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu ilmiy natijalar Farg‘ona jamoat salomtligi tibbiyot instituti Ilmiy kengashining 2026-yil 27-yanvardagi 7-sonli bayoni, Respublika qon quyish markazining 2026-yil 9-apreldagi №5/1-i/ch sonli buyrug‘i, Andijon viloyati qon quyish stansiyasi bosh vrachining 2026-yil 11-fevraldagi №33-sonli buyrug‘i hamda Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2026-yil 1-aprel 91-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan uslubiy tavsiyalar Respublika qon quyish markazi, Andijon viloyati qon quyish stansiyasi hamda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasi faoliyatiga joriy etildi (joriy etish dalolatnomalari ilova qilinadi). Ijtimoiy samaradorligi: Hududiy xususiyatlarni hisobga olgan holda donorlar salomatligini yaxshilashga qaratilgan maqsadli profilaktik dasturlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish imkoniyati yaratildi. Iqtisodiy samaradorligi: Donorlar orasida kasalliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish orqali diagnostika va davolash xarajatlari kamaytirilib, sog‘liqni saqlash tizimi mablag‘larining iqtisod qilinishiga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish