Safarova Dilafruz Salimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida empatik refleksiya va kasbiy barqarorlikni tamokillashtirishning psixologik determinantlari” 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/P1465.
Ilmiy rahbar: Haydarov Shahriyor Shuxrat o‘g‘li, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/2025.27.12.R.43.01.
Rasmiy opponentlar: Fayzieva Mavluda Xudayarovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Jumabaev Timur Jalgasbaevich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi  tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida empatik refleksiya va kasbiy barqarorlikni tamokillashtirishning psixologik determinantlarini o‘rganish va zarur tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy barqarorligini faoliyat samaradorligining asosiy omili sifatida namoyon bo‘lishi shaxsiy refleksiyani shakllanishi ularda regressiyani  engishga yo‘nalganlik, kognitivlik  xususiyatlariga ustuvorlik berilishi sababli empatik refleksiya bilan bog‘liq psixologik mummolarni oldini olish ko‘nikmasini tarkib toptirishning muhim jihati ekanligi dalillangan;
faoliyat jarayonida empatiyaning ratsional kanali orqali hissiy, intiutiv mexanizmlarini ta’siri natijasida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida «muloqotga kirishish», «ijtimoiy ustanovka», omillarini kuchaytirish zarurligi sababli kasbiy, empatik kompetensiyalarni rivojlantirish mumkinligi isbotlangan;
kasbiy motivatsiya va kasbiy mahorat komponentlarning o‘zaro munosabatlari, giperkompensatsiya yo‘nalishida layoqatlilik, kasbiy maqsadlarni adekvat belgilay olish  mezonlarining ustuvorligini ta’minlashlari natijasida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ishonchlilik, muvaffaqiyatga erishganlik, ijtimoiy persepsiya ko‘nikmalarining shakllanganligi faoliyat davomiyligiga bog‘liq ekanligi isbotlangan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni rivojlantirish modeli empatik va refleksiv omillarining integratsiyalashuvi kommunikativ hamda proektiv komponentlarning integral uyg‘unligini ta’minlash muhimligiga ko‘ra ta’lim indikatorlari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida empatik refleksiya va kasbiy barqarorlikni tamokillashtirishning psixologik determinantlari o‘rganishga qaratilgan  ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy barqarorligini faoliyat samaradorligining asosiy omili sifatida namoyon bo‘lishi shaxsiy refleksiyani shakllanishi ularda regressiyani  engishga yo‘nalganlik, kognitivlik  xususiyatlariga ustuvorlik berilishi sababli empatik refleksiya bilan bog‘liq psixologik mummolarni oldini olish ko‘nikmasini tarkib toptirishning muhim jihati ekanligi dalillanganligi haqidagi ilmiy xulosalar  O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va Maktab ta’limi vazirligi  o‘quvchilarni kasb - hunarga yo‘naltirish psixologik va pedagogik Respublika tashxis markazining  2026-yil 23-apreldagi 01/10-01-152-sonli buyrug‘i asosida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va Maktab ta’limi vazirligi  o‘quvchilarni kasb- hunarga yo‘naltirish psixologik va pedagogik Respublika tashxis markazining  2026-yil 23-apreldagi 01/10-01-152-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida shaxsiy refleksiya va empatik refleksiya ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali kasbiy barqarorlikni mustahkamlashga, faoliyat samaradorligini oshirishga hamda psixologik muammolarni oldini olishga xizmat qiluvchi muhim kompetensiyalarni shakllantirishga erishilgan.
faoliyat jarayonida empatiyaning ratsional kanali orqali hissiy, intiutiv mexanizmlarini ta’siri natijasida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida «muloqotga kirishish», «ijtimoiy ustanovka», omillarini kuchaytirish zarurligi sababli kasbiy, empatik kompetensiyalarni rivojlantirish mumkinligi isbotlanganligi haqidagi ilmiy xulosalar  O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va Maktab ta’limi vazirligi  o‘quvchilarni kasb - hunarga yo‘naltirish psixologik va pedagogik Respublika tashxis markazining  2026-yil 23-apreldagi 01/10-01-152-sonli buyrug‘i asosida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va Maktab ta’limi vazirligi  o‘quvchilarni kasb- hunarga yo‘naltirish psixologik va pedagogik Respublika tashxis markazining  2026-yil 23-apreldagi 01/10-01-152-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida empatiyaning ratsional, hissiy va intuitiv mexanizmlarini uyg‘un rivojlantirish orqali muloqotga kirishish faolligi va ijtimoiy ustanovkalarni mustahkamlashga, shu asosda ularning kasbiy va empatik kompetensiyalarini samarali shakllantirishga erishilgan.
kasbiy motivatsiya va kasbiy mahorat komponentlarning o‘zaro munosabatlari, giperkompensatsiya yo‘nalishida layoqatlilik, kasbiy maqsadlarni adekvat belgilay olish  mezonlarining ustuvorligini ta’minlashlari natijasida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ishonchlilik, muvaffaqiyatga erishganlik, ijtimoiy persepsiya ko‘nikmalarining shakllanganligi faoliyat davomiyligiga bog‘liq holda isbotlanganligi haqidagi ilmiy xulosalar  O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va Maktab ta’limi vazirligi  o‘quvchilarni kasb - hunarga yo‘naltirish psixologik va pedagogik Respublika tashxis markazining  2026-yil 23-apreldagi 01/10-01-152-sonli buyrug‘i asosida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va Maktab ta’limi vazirligi  o‘quvchilarni kasb- hunarga yo‘naltirish psixologik va pedagogik Respublika tashxis markazining  2026-yil 23-apreldagi 01/10-01-152-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kasbiy motivatsiya va kasbiy mahorat komponentlarining uyg‘un rivojlanishi orqali ishonchlilik, muvaffaqiyatga erishganlik hamda ijtimoiy persepsiya ko‘nikmalarini shakllantirishga, shuningdek, ularning faoliyat davomiyligini ta’minlovchi muhim psixologik omillarni mustahkamlashga erishilgan.
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni rivojlantirish modeli empatik va refleksiv omillarining integratsiyalashuvi kommunikativ hamda proektiv komponentlarning integral uyg‘unligini ta’minlash muhimligiga ko‘ra ta’lim indikatorlari asosida takomillashtirilganligi haqidagi ilmiy xulosalar  O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va Maktab ta’limi vazirligi  o‘quvchilarni kasb - hunarga yo‘naltirish psixologik va pedagogik Respublika tashxis markazining  2026-yil 23-apreldagi 01/10-01-152-sonli buyrug‘i asosida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va Maktab ta’limi vazirligi  o‘quvchilarni kasb- hunarga yo‘naltirish psixologik va pedagogik Respublika tashxis markazining  2026-yil 23-apreldagi 01/10-01-152-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida empatik va refleksiv omillar integratsiyasiga asoslangan holda kommunikativ hamda proektiv komponentlarning uyg‘un rivojlanishini ta’minlash orqali kasbiy kompetentlikni samarali shakllantirish va uni ta’lim indikatorlari asosida takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish