Mirzaeva Muxayyo Ro‘zievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida supervayzerlik –qobilyatlarini rivojlantirishning psixologik determinantlari” 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi. (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/P1465.
Ilmiy rahbar: Sobirova Dilafruz Abdurazoqovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/2025.27.12.R.43.01.
Rasmiy opponentlar: Kabulov Qosimboy Pirjonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Mahmudova Zulfiya Mehmonovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida supervayzerlik –qobilyatlarini rivojlantirishning psixologik determinantlarini aniqlash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli ta’lim muhitining kengayishi sharoitida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida supervayzerlik qobiliyatlarini rivojlantirish mexanizmi ilk bor psixologik determinantlarning adaptiv modeli asosida asoslanib, bunda kommunikativ qobiliyat va pedagogik kuzatuvchanlik refleksiv tahlil bilan integratsiyalashganda, didaktik va konstruktiv qaror qabul qilish samaradorligini oshirishi hamda tashkiliy qobiliyatni real pedagogik vaziyatlarga moslashuvchan boshqaruvga yo‘naltirishi ilmiy jihatdan isbotlangan.
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida supervayzerlik qobiliyatlarini rivojlantirishda tashabbuskorlik, tashkilotchilik qobiliyati, ijtimoiy ta’sirchanlik, qaror qabul qilish qobiliyati va mas’uliyatlilikning o‘zaro funksional bog‘liqligi ilk bor aniqlanib, ular asosida supervayzerlik faoliyatining liderlikka yo‘naltirilgan psixologik modeli ishlab chiqildi hamda mazkur model pedagogik jarayonda tezkor va samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishni ta’minlovchi asosiy determinant sifatida ilmiy jihatdan asoslangan.
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida supervayzerlik qobiliyatlarini rivojlantirishda pedagogik faoliyatga tayyorgarlik, kasbiy moslashuv, pedagogik vaziyatlarga adaptiv moslashuv, stressga bardoshlilik va pedagogik o‘zini boshqarish ko‘rsatkichlari asosida professional barqarorlikning psixologik mexanizmi ilk bor aniqlanib, ushbu mexanizm supervayzerlik faoliyatida noaniq va murakkab pedagogik vaziyatlarda samarali qaror qabul qilish hamda emotsional barqarorlikni ta’minlovchi integrativ determinant sifatida ilmiy jihatdan aniqlangan.
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida supervayzerlik qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonida kasbiy o‘zini anglash, metakognitiv nazorat, psixologik barqarorlik, ijtimoiy ta’sirchanlik, pedagogik moslashuvchanlik, mas’uliyat va ichki nazorat hamda innovatsion ochiqlik o‘zaro bog‘liq holda supervayzerlik samaradorligini belgilovchi asosiy psixologik determinantlar ekanligi aniqlandi, ularning integrativ ta’siri pedagogik faoliyatda refleksiv boshqaruvni kuchaytirishi dalillandi hamda mazkur omillarni kompleks rivojlantirish supervayzerlik kompetensiyasining barqaror shakllanishini ta’minlashi ilmiy jihatdan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida supervayzerlik–qobilyatlarini rivojlantirishning psixologik determinantlarini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
raqamli ta’lim muhitining kengayishi sharoitida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida supervayzerlik qobiliyatlarini rivojlantirish mexanizmi ilk bor psixologik determinantlarning adaptiv modeli asosida asoslanib, bunda kommunikativ qobiliyat va pedagogik kuzatuvchanlik refleksiv tahlil bilan integratsiyalashganda, didaktik va konstruktiv qaror qabul qilish samaradorligini oshirishi hamda tashkiliy qobiliyatni real pedagogik vaziyatlarga moslashuvchan boshqaruvga yo‘naltirishi ilmiy jihatdan isbotlangan yangilik O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb hunarga yo‘naltirish va psixologik pedagogik respublika tashxis markazi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb hunarga yo‘naltirish va psixologik pedagogik respublika tashxis markazining 2026 yil 23 apreldagi 01/10-01-155-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida supervayzerlik qobiliyatlarini rivojlantirishga erishilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida supervayzerlik qobiliyatlarini rivojlantirishda tashabbuskorlik, tashkilotchilik qobiliyati, ijtimoiy ta’sirchanlik, qaror qabul qilish qobiliyati va mas’uliyatlilikning o‘zaro funksional bog‘liqligi aniqlangan ilmiy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb hunarga yo‘naltirish va psixologik pedagogik respublika tashxis markazi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb hunarga yo‘naltirish va psixologik pedagogik respublika tashxis markazining 2026 yil 23 apreldagi 01/10-01-155-sonli ma’lumotnomasi). Natijada supervayzerlik faoliyatining liderlikka yo‘naltirilgan psixologik modeli ishlab chiqilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida supervayzerlik qobiliyatlarini rivojlantirishda pedagogik faoliyatga tayyorgarlik, kasbiy moslashuv, pedagogik vaziyatlarga adaptiv moslashuv, stressga bardoshlilik va pedagogik o‘zini boshqarish ko‘rsatkichlari asosida professional barqarorlikning psixologik mexanizmi aniqlangan amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb hunarga yo‘naltirish va psixologik pedagogik respublika tashxis markazi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb hunarga yo‘naltirish va psixologik pedagogik respublika tashxis markazining 2026 yil 23 apreldagi 01/10-01-155-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu mexanizm supervayzerlik faoliyatida noaniq va murakkab pedagogik vaziyatlarda samarali qaror qabul qilish xususiyatlari rivojlantirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida supervayzerlik qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonida kasbiy o‘zini anglash, metakognitiv nazorat, psixologik barqarorlik, ijtimoiy ta’sirchanlik, pedagogik moslashuvchanlik, mas’uliyat va ichki nazorat hamda innovatsion ochiqlik o‘zaro bog‘liq holda supervayzerlik samaradorligini belgilovchi asosiy psixologik determinantlar ekanligi aniqlangan yangilik O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb hunarga yo‘naltirish va psixologik pedagogik respublika tashxis markazi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb hunarga yo‘naltirish va psixologik pedagogik respublika tashxis markazining 2026 yil 23 apreldagi 01/10-01-155-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘qituvchilarning kasbiy faoliyati takomillashtirilgan.