Achilova Munira Mansurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pedagoglarda empatiya hissini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik asoslari” 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P627.
Ilmiy rahbar: Jabborov Azim Meyliqulovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Ganjiev Feruz Furqatovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Rajabova Guzal Zarifovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pedagoglarda empatiya hissini rivojlantirishning pedagogik-psixologik omillarini empirik jihatdan tadqiq etish orqali uning uslubiy ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
empatiya hissini o‘rgangan ilmiy-nazariy yondashuvlarga tayanib oliy ta’lim muassasasi pedagoglari faoliyatida empatiya hissi namoyon bo‘lishining o‘ziga xosliklari birinchi bor eksperimental (tizimli) o‘rganilib, jamoaviy muhit, kasbiy o‘zaro ta’sir, emotsional his qilish, kognitiv yondashuv, shaxsiy qadriyatlar va o‘zini anglash kabi omillar ta’sirida empatiyaning rivojlanishi aniqlangan;
trening mashg‘ulotlari yordamida pedagogning talaba bilan empatik o‘zaro ta’sir mexanizmlari: empatiyanining intuitiv, hissiy, rivojlantiradigan va to‘sqinlik qiladigan kanallari orqali talabani tushunish, vaziyatni to‘g‘ri baholash, maqtov- rag‘batlantirish, talabalar g‘oyalarini qabul qilish, ular o‘rtasida o‘zaro ishonchli munosabatlar va tushunishning samarali usullarini shakllantirish orqali, o‘z fikrlari va g‘oyalarini erkin ifoda etishga sharoit yaratilganligi pedagog-talaba empatiyasi samaradorligining oshishiga xizmat qilgani psixologik mezonlar asosida dalillangan;
oliy ta’lim muassasalarida pedagog-talaba o‘zaro ta’sir jarayoni uchun zarur bo‘lgan empatik qobiliyatning eng muhim komponentlarini rivojlantirishga xos psixologik texnologiyalar: talabalar bilan individual suhbat, bahs-munozaralar, ko‘ngillilar faoliyatiga jalb etish, guruhiy va individual psixologik treninglar, psixokorreksion-profilaktik dasturlardan o‘rinli foydalanish orqali pedagoglarda o‘zini talabalar o‘rniga qo‘ya olish, ularni ichki dunyosi va hissiy holatini tushunish, imo-ishoralar, yuz ifodalari va harakatlariga qarab ularda kechayotgan hissiy holatni anglash va xulq-atvorini bashorat qilish kabi kasbiy muhim fazilatlar ijobiy tomonga o‘zgarganligi aniqlangan;
pedagog va talabalar o‘rtasida ochiqlik, ishonch, yaqinlik, do‘stona munosabat, vaziyatdan chiqish va qulay muhitni yaratishga ustuvorlik berish orqali, empatiyaning hissiy kanali va ratsional kanallaridan (“inson tuyg‘ularini his etish”, “insonlarni qo‘llab-quvvatlash” “muammoli vaziyatdan chiqish”, “empatik muloqot usullaridan oqilona foydalanish”ga yo‘nalgan) foydalanish qobiliyatining kommunikativ, emotsional his qilish, kognitiv yondashuv va tashkiliy-konstruktiv komponentlarini o‘sishiga xizmat qilgani asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinganligi. Pedagoglarda empatiya hissini rivojlantirishning ijtimoiy - psixologik asoslarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
empatiya hissini o‘rgangan ilmiy-nazariy yondashuvlarga tayanib oliy ta’lim muassasasi pedagoglari faoliyatida empatiya namoyon bo‘lishining o‘ziga xosliklari birinchi bor eksperimental (tizimli) o‘rganilib, jamoaviy muhit, kasbiy o‘zaro ta’sir, emotsional his qilish, kognitiv yondashuv, shaxsiy qadriyatlar va o‘zini anglash kabi omillar ta’sirida empatiyaning rivojlanishi aniqlashtirilganligiga doir ilmiy takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19 martdagi 9-son buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiyasi. Diffirensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19 martdagi PM-77-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasasi pedagoglarida empatiya hissi namoyon bo‘lishi va uni samarali rivojlantirishga yo‘naltirilgan muhim ijtimoiy-psixologik omillarni aniqlash imkoniyati yaratilgan;
trening mashg‘ulotlari yordamida pedagogning talaba bilan empatik o‘zaro ta’sir mexanizmlari: empatiyanining intuitiv, hissiy, rivojlantiradigan va to‘sqinlik qiladigan kanallari orqali talabani tushunish, vaziyatni to‘g‘ri baholash, maqtov- rag‘batlantirish, talabalar g‘oyalarini qabul qilish, ular o‘rtasida o‘zaro ishonchli munosabatlar va tushunishning samarali usullarini shakllantirish orqali, o‘z fikrlari va g‘oyalarini erkin ifoda etishga sharoit yaratilganligi pedagog-talaba empatiyasi samaradorligining oshishiga xizmat qilgani psixologik mezonlar asosida dalillanganligiga oid ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19 martdagi 9-son buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiyasi. Diffirensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19 martdagi PM-77-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogning talaba bilan empatik o‘zaro ta’sir mexanizmlarini shakllantirish orqali pedagog-talaba empatiyasi samaradorligining oshishiga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarida pedagog-talaba o‘zaro ta’sir jarayoni uchun zarur bo‘lgan empatik qobiliyatning eng muhim komponentlarini rivojlantirishga xos psixologik texnologiyalar: talabalar bilan individual suhbat, bahs-munozaralar, ko‘ngillilar faoliyatiga jalb etish, guruhiy va individual psixologik treninglar, psixokorreksion-profilaktik dasturlardan o‘rinli foydalanish orqali pedagoglarda o‘zini talabalar o‘rniga qo‘ya olish, ularni ichki dunyosi va hissiy holatini tushunish, imo-ishoralar, yuz ifodalari va harakatlariga qarab ularda kechayotgan hissiy holatni anglash, xulq-atvorini bashorat qilish kabi kasbiy muhim fazilatlar ijobiy tomonga o‘zgarganligi aniqlanganligiga oid ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19 martdagi 9-son buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiyasi. Diffirensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19 martdagi PM-77-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim muassasalarida pedagog-talaba o‘zaro ta’sir jarayoni uchun zarur bo‘lgan empatik qobiliyatning eng muhim komponentlarini rivojlanishi aniqlangan;
pedagog va talabalar o‘rtasida ochiqlik, ishonch, yaqinlik, do‘stona munosabat, vaziyatdan chiqish va qulay muhitni yaratishga ustuvorlik berish orqali, empatiyaning hissiy kanali va ratsional kanallaridan (“inson tuyg‘ularini his etish”, “insonlarni qo‘llab-quvvatlash” “muammoli vaziyatdan chiqish”, “empatik muloqot usullaridan oqilona foydalanish”ga yo‘nalgan) foydalanish qobiliyatining kommunikativ, emotsional his qilish, kognitiv yondashuv va tashkiliy-konstruktiv komponentlarini o‘sishiga xizmat qilgani asoslab berilganligiga oid ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19 martdagi 9-son buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiyasi. Diffirensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19 martdagi PM-77-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagog va talabalar o‘rtasida qobiliyatining kommunikativ, emotsional his qilish, kognitiv yondashuv va tashkiliy-konstruktiv komponentlarini o‘sishiga xizmat qilgan.