Abdishukurov Sherzod Shavkat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘nalishlari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt4972
Ilmiy rahbar: Raxmonov Dilshodjon Alidjonovich, iqtisodiyot fanlar doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tashkent International University.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.30.01
Rasmiy opponentlar: Qodirova Xadicha To‘raevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Javliev Nuriddin Bektemir o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo texnologilar instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘nalishlariga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyaralar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashni baholash uslubiyoti kapital etarliligi, aktivlar sifati va likvidlik ko‘rsatkichlarini o‘zaro bog‘liq holda integrallashtiruvchi barqarorlik ko‘rsatkichlari tizimini joriy etish orqali takomillashtirish taklifi etilgan;
tijorat banklari moliyaviy barqarorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi bank faoliyatida risk darajasi va daromadlar barqarorligini hisobga olgan holda “past”, “qoniqarli”, “o‘rta” va “yuqori” barqarorlik toifalarini belgilashga xizmat qiluvchi shkalali baholash mezonlarini kiritish orqali takomillashtirish taklif etilgan; 
tijorat banklari uchun moliyaviy barqarorlik monitoringini tashkil etish mexanizmi integral barqarorlik ko‘rsatkichlari dinamikasini doimiy baholashga asoslangan riskka yo‘naltirilgan monitoring modeli joriy etilishi orqali takomillashtirish taklif etilgan; 
tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini prognozlashtirish modeli makroiqtisodiy omillar, kredit portfeli tuzilmasi va likvidlik holatini hisobga olgan holda bank moliyaviy holatining o‘rta va uzoq muddatli o‘zgarishlarini bashorat qilish imkonini beruvchi ko‘p omilli prognozlash mexanizmini tatbiq etish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Banklarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashni baholash uslubiyoti kapital etarliligi, aktivlar sifati va likvidlik ko‘rsatkichlarini o‘zaro bog‘liq holda integrallashtiruvchi barqarorlik ko‘rsatkichlari tizimini joriy etish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2025-yillarga mo‘ljallangan bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PF 5992 sonli Farmoni farmoni 1-ilovasi 3-bobi 1-xatboshida keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qildi (“O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” ATBning 2026-yil 3-martdagi 43-07/21-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida tijorat bankda moliyaviy barqarorlikni baholashning kompleks mexanizmi shakllanib, integral barqarorlik indeksi qiymati 0,61 dan 0,78 gacha oshdi, kapital etarliligi 13,2 foizdan 14,1 foizga yaxshilanishga erishildi.
tijorat banklari moliyaviy barqarorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi bank faoliyatida risk darajasi va daromadlar barqarorligini hisobga olgan holda “past”, “qoniqarli”, “o‘rta” va “yuqori” barqarorlik toifalarini belgilashga xizmat qiluvchi shkalali baholash mezonlarini kiritish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2025-yillarga mo‘ljallangan bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PF 5992 sonli Farmoni farmoni 1-ilovasi 3-bobi 1-xatboshida keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qildi (“O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” ATBning 2026-yil 3-martdagi 43-07/21-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida risk darajasi va daromadlar barqarorligini hisobga olgan holda joriy etilgan shkalali baholash mezonlari tijorat banki amaliyotida moliyaviy barqarorlikni aniq differensial baholash imkonini yaratib, riskka moyil operatsiyalar ulushini 18 foizga qisqartirdi, daromadlar o‘zgaruvchanligini 1,4 barobar kamaytirdi hamda bank barqarorligini “qoniqarli” toifadan “o‘rta” darajaga olib chiqish orqali monitoring va boshqaruv qarorlari samaradorligini oshirgani amaliy natijalar bilan asoslandi.
tijorat banklari uchun moliyaviy barqarorlik monitoringini tashkil etish mexanizmi integral barqarorlik ko‘rsatkichlari dinamikasini doimiy baholashga asoslangan riskka yo‘naltirilgan monitoring modeli joriy etilishi orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PF 5992 sonli Farmoni farmoni 1-ilovasi 3-bobi 1-xatboshida keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qildi (“O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” ATBning 2026-yil 3-martdagi 43-07/21-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida tijorat banklari uchun joriy etilgan riskka yo‘naltirilgan monitoring modeli integral barqarorlik ko‘rsatkichlari dinamikasini doimiy baholash imkonini berib, tijorat banki amaliyotida moliyaviy barqarorlikni monitoring qilish samaradorligini sezilarli oshirdi; natijada muammoli kreditlar ulushi 6,8 foizdan 4,1 foizgacha pasaydi, risklarni 15,0 foizga kamaytirish hamda bank boshqaruvi qarorlarining ishonchliligi va samaradorligini oshirish imkoniyati ta’minlandi.
tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini prognozlashtirish modeli makroiqtisodiy omillar, kredit portfeli tuzilmasi va likvidlik holatini hisobga olgan holda bank moliyaviy holatining o‘rta va uzoq muddatli o‘zgarishlarini bashorat qilish imkonini beruvchi ko‘p omilli prognozlash mexanizmini tatbiq etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2025-yillarga mo‘ljallangan bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PF 5992 sonli Farmoni farmoni 1-ilovasi 3-bobi 1-xatboshida keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qildi (“O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” ATBning 2026-yil 3-martdagi 43-07/21-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida tijorat banklari moliyaviy barqarorligini prognozlashtirish uchun joriy etilgan ko‘p omilli model makroiqtisodiy indikatorlar, kredit portfeli tuzilmasi va likvidlik holatiga asoslanib, bank moliyaviy holatining o‘rta va uzoq muddatli o‘zgarishlarini aniq bashorat qilish imkonini berdi; natijada tijorat banki amaliyotida kredit faoliyatining ehtimoliy samaradorligi 12 %ga oshdi, likvidlik zaxiralarini optimallashtirish orqali majburiyatlarni bajarish xavfi 30 %ga kamaydi va strategik investisiya qarorlari prognoz asosida qabul qilinish orqali moliyaviy strategiya samaradorligi sezilarli darajada mustahkamlandi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish