Kenjaeva Zilola Saminjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fonetik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped11409.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Ilmiy rahbar: Qodirov Xasanboy Oribjonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01./2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Usmanova Umida Aybekovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Kenjaeva Muxayyo Abdumurodovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fonetik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish hamda ushbu jarayonni samarali tashkil etish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fonetik kompetensiyani rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari ona tili ta’limi mazmunini fonetik-amaliy bilimlar bilan boyitish, nutq faoliyati turlarini fonetik ko‘nikmalarga kompleks integratsiyalash, talaffuz va orfoepik me’yorlarni shakllantiruvchi pedagogik shart-sharoitlarni belgilash va diagnostik baholash asosida aniqlashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fonetik kompetensiyani rivojlantirish modeli maqsadli-natijaviy komponentlarni, fonetik bilimlarni nutq faoliyati bilan uyg‘unlashtirish orqali integratsiyalash, didaktik tamoyillarni raqamli ta’lim muhitida integrativ o‘quv faoliyat mexanizmlariga bosqichma-bosqich joriy etish va diagnostik baholash mezonlarini transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fonetik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi fonetik birliklarni bosqichma-bosqich shakllantirishga yo‘naltirilgan CAPT, gamifikatsiya texnologiyalar va raqamli media-resurslarga integratsiyalash, o‘qitish jarayonini audiovizual texnologiyalar orqali vizuallashtirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fonetik kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi fonematik idrokni rivojlantiruvchi interaktiv-differensiyalashgan topshiriqlar banki, orfoepik mashqlar tizimi va diagnostik baholash kognitiv, motivatsion, kreativ va amaliy) mezonlarni amaliyotga joriy etish, inter-rater reliability, intra-rater reliabilitasiyasini ta’minlash asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fonetik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fonetik kompetensiyani rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari ona tili ta’limi mazmunini fonetik-amaliy bilimlar bilan boyitish, nutq faoliyati turlarini fonetik ko‘nikmalarga kompleks integratsiyalash, talaffuz va orfoepik me’yorlarni shakllantiruvchi pedagogik shart-sharoitlarni belgilash va diagnostik baholash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Ona tili va uni o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 17 oktyabrdagi 22-01-807/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fonetik kompetensiyasini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini aniqlashtirishga xizmat qilgan.
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fonetik kompetensiyani rivojlantirish modeli maqsadli-natijaviy komponentlarni, fonetik bilimlarni nutq faoliyati bilan uyg‘unlashtirish orqali integratsiyalash, didaktik tamoyillarni raqamli ta’lim muhitida integrativ o‘quv faoliyat mexanizmlariga bosqichma-bosqich joriy etish va diagnostik baholash mezonlarini transformatsiyalash asosida takomillashtirish ko‘zda tutilgan “Ona tili va uni o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 17 oktyabrdagi 22-01-807/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fonetik kompetensiyasini rivojlantirish modelini takomillashtirishga erishilgan.
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fonetik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi fonetik birliklarni bosqichma-bosqich shakllantirishga yo‘naltirilgan CAPT, gamifikatsiya texnologiyalar va raqamli media-resurslarga integratsiyalash, o‘qitish jarayonini audiovizual texnologiyalar orqali vizuallashtirishda “Ona tili va uni o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 17 oktyabrdagi 22-01-807/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fonetik kompetensiyasini rivojlantirish ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida metodik jihatdan takomillashtirilgan.
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fonetik kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi fonematik idrokni rivojlantiruvchi interaktiv-differensiyalashgan topshiriqlar banki, orfoepik mashqlar tizimi va diagnostik baholash kognitiv, motivatsion, kreativ va amaliy) mezonlarni amaliyotga joriy etish, inter-rater reliability, intra-rater reliabilitasiyasini ta’minlash asosida “Ona tili va uni o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 17 oktyabrdagi 22-01-807/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’limda fonetik kompetensiyani rivojlantirish samaradorligiga erishilgan.