Shomuratova Orzigul Xusan qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbek va rus tillarida belgi ifodalovchi atov birliklarning funksional-semantik xususiyatlari, 10.00.13 - Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Fil6641.  
lmiy rahbar: Yuldosheva Nilufar Ergashevna, filologiya fanlari doktori, DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti,  DSc.03/2025.27.12. Fil.11.05. 
Rasmiy opponentlar: Jabborov Xo‘jamurod filologiya fanlari doktori, professor; Gafurov Baxtiyor Zakirovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor. 
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va rus tillarida belgi ifodalovchi atov birliklarining funksional-semantik nuqtai nazaridan talqinini ochib berish hamda chog‘ishtirish orqali genetik va lingvistik  jihatlarini aniqlashdan iborat.    
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek va rus tillaridagi belgi ifodalovchi atov birliklarining lisoniy tizimda tutgan o‘rni ularning semantik strukturasi, funksional-semantik imkoniyatlari hamda ma’no tarkibidagi differensial va integral belgilar o‘zaro mutanosibligi asosida ochib berilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi belgi ifodalovchi atov birliklarining  semantik ko‘lamini aniqlash orqali ularda ko‘pma’nolilik, ma’nodoshlik, shakldoshlik kabi leksik-semantik munosabatlar mavjudligi oydinlashtirilgan; 
o‘zbek va rus tillaridagi belgi ifodalovchi atov birliklarining funksional-semantik xususiyatlari lisoniy va diskursiv tahlil asosida ochib berilib, ularning ob’ektiv borliq elementlarini nomlashdagi referensial funksiyalari hamda real muloqot jarayonidagi ijtimoiy va pragmatik yuklamalari qiyosiy-chog‘ishtirma aspektda aniqlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi belgi ifodalovchi atov birliklarining sohaviy guruhlarini aniqlash hamda ularni semantik-funksional parametrlarga ajratish orqali mazkur birliklarning tasnifiy xususiyatlari ochib berilib, ularning zamonaviy leksikografik talqini va terminologik lakuna muammolari oydinlashtirilgan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va rus tillarida belgi ifodalovchi atov birliklarining funksional semantik xususiyatlari mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalaridan: 
o‘zbek va rus tillaridagi belgi ifodalovchi atov birliklarining lisoniy tizimda tutgan o‘rni ularning semantik strukturasi, funksional-semantik imkoniyatlari hamda ma’no tarkibidagi differensial va integral belgilar o‘zaro mutanosibligi oid xulosalardan Qo‘qon davlat universitetining 2023–2024-yillarga mo‘ljallangan “2023 KA 171 Mobility Higher Education studens (Erasmus+)” nomli grant doirasida foydalanilgan (Qo‘qon davlat universitetining 2026-yil 12-yanvardagi 7-son ma’lumotnomasi). Natijalar, O‘zbek va rus tilshunosligida belgi ifodalovchi atov birlkiklarining tarixi, nazariy talqinlari va lingvistik xususiyatlarini yorituvchi konseptual yondashuvlar hamda tasnif mezonlari orqali nazariy metodologik asoslarini tushunishga  xizmat qilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi belgi ifodalovchi atov birliklarining  semantik ko‘lamini aniqlash orqali ularda ko‘pma’nolilik, ma’nodoshlik, shakldoshlik kabi leksik-semantik munosabatlar mavjudligiga oid xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2021-2023 yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq folklorida olamning etnolingvistik tasvirini monografik aspektda tahlil qilish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2026-yil 20-maydagi 22/01-son ma’lumotnomasi). Natijada  ushbu xulosalar atov birliklarining tuzilishi struktur xususiyatlari, so‘z yasalishi, semantik maydoni, belgi ifodalash vositasi metaforava metonimiya asosida belgi yaratish mexanizmlarini ikki til materiallari asosida qiyosiy-lingvistik jihatdan tahlil qilish imkonini bergan;
o‘zbek va rus tillaridagi belgi ifodalovchi atov birliklarining funksional-semantik xususiyatlari lisoniy va diskursiv tahlil asosida ochib berilib, ularning ob’ektiv borliq elementlarini nomlashdagi referensial funksiyalari hamda real muloqot jarayonidagi ijtimoiy va pragmatik yuklamalari qiyosiy-chog‘ishtirishga oid ilmiy xulosalar 60230100-Filologiya va tillarni o‘rganish (rus tili) yo‘nalishi uchun tayyorlangan “Rus orfografiyasi praktikumi” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil iyuldagi 4593-son ma’lumotnomasi). Natijalar, belgi ifodalovchi atov birliklarining kommunikativ jarayondagi roli referensial funksiyalari, nutqdagi ijtimoiy va pragmatik yuklamalari, shuningdek ularning milliy–madaniy mazmuni lingvomadaniy jihatlarini tushinishga xizmat qilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi belgi ifodalovchi atov birliklarining sohaviy guruhlarini aniqlash hamda ularni semantik-funksional parametrlarga ajratish orqali mazkur birliklarning tasnifiy xususiyatlari ochib berilib, ularning zamonaviy leksikografik talqini va terminologik lakuna muammolariga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Qashqadaryo viloyati teleradiokanali DMning 2025-yil 14-iyuldagi “Oltin voha” radiosida efirga uzatilgan “Islohot” eshittirishining ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Qashqadaryo viloyati teleradiokanali DMning 2026-yil 6-yanvardagi 117-05/02-son ma’lumotnomasi). Natijalar, sohaviy guruhlarini aniqlash orqali ularning tasnifiy xususiyatlari yoritilishi va zamonaviy leksikografik talqinini tushunishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish