Mo‘minova Madina Muxiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Aksiologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda raqamli mediakompetentlikni rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.06-Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9702.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Qo‘chqarova Feruza Maxammatqosimovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Kayumova Nasibaxon Anshurovna, pedagogika fanlari doktori (DSc); Abdullaev Botir Baxtiyarovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori  (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi. Aksiologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda raqamli mediakompetentlikni rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarda raqamli mediakompetentlikni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari xalqaro tajribalarga asoslangan mediakompetentlikning tarkibiy qismlarini raqamli transformatsiyalashgan tarmoqli muhitga modulli moslashtirish, tanqidiy fikrlash va mediasovodxonlikni aksiologik yondashuvning tarkibiy komponentlariga konvergensiyalashni kriterial baholash asosida aniqlashtirilgan;
aksiologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda raqamli mediakompetentlikni rivojlantirish modeli media ta’limiy resurslarni masofaviy (on-line) modellariga integrativ konvergensiyalash, mazmunli-natijaviy komponentlarini raqamli etika, feyk axborot taxlili, ijtimoiy va kasbiy qadriyatlar komponentlariga raqamli pedagogik va kiber madaniyatni maqsadli strategiyalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda raqamli mediakompetentligini rivojlantirishning dasturiy ta’minoti “Raqamli va axborot texnologiyalari” fani mazmunini  xavfsizlik normalariga muvofiq mediaresurslar bilan to‘ldirish, mazmun relevantligini kasbiy faoliyatda interaktiv va media yo‘naltirilgan funksiyalarni kiritish, kompetentlikka asoslangan baholash adaptivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
aksiologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda raqamli mediakompetentlikni rivojlantirish samaradorligi ta’lim jarayonining interaktivligini raqamli hamkorlik vositalar, refleksiv metodlar va medialoyihalar orqali ta’minlash, baholashda rag‘batlantiruvchi sertifikatlar kasbiy fanlarga qiziqishlariga olib kelganligi tufayli     “Raqamli va axborot texnologiyalari” fanidan elektron axborot-ta’lim resursini joriy etish asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.Aksiologik yondasuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda raqamli mediakompetentlikni rivojlantirishning dasturiy ta’minοtini takοmillashtirish bo‘yicha οlingan ilmiy natijalar asοsida:
bo‘lajak o‘qituvchilarda raqamli mediakompetentlikni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari xalqaro tajribalarga asoslangan mediakompetentlikning tarkibiy qismlarini raqamli transformatsiyalashgan tarmoqli muhitga modulli moslashtirish, tanqidiy fikrlash va mediasovodxonlikni aksiologik yondashuvning tarkibiy komponentlariga konvergensiyalashni kriterial baholash asosida aniqlashtirishga οid takliflar “Raqamli va axborot texnogiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 5-iyul 22-01-141/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada οliy ta’lim muassasalari talabalarining raqamli mediakοmpetentligi rivοjlantirilgan va ta’lim sifatini οshirishga erishilgan;
aksiologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda raqamli mediakompetentlikni rivojlantirish modeli media ta’limiy resurslarni masofaviy (on-line) modellariga integrativ konvergensiyalash, mazmunli-natijaviy komponentlarini raqamli etika, feyk axborot taxlili, ijtimoiy va kasbiy qadriyatlar komponentlariga raqamli pedagogik va kiber madaniyatni maqsadli strategiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 5-iyul 22-01-141/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Raqamli va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish sifati οshirilgan va talabalarning raqamli media kontentga bo‘lgan qiziqishlarini οrtirishga erishilgan.
talabalarda raqamli mediakompetentligini rivojlantirishning dasturiy ta’minoti “Raqamli va axborot texnologiyalari” fani mazmunini  xavfsizlik normalariga muvofiq mediaresurslar bilan to‘ldirish, mazmun relevantligini kasbiy faoliyatda interaktiv va mediayo‘naltirilgan funksiyalarni kiritish, kompetentlikka asoslangan baxolash adaptivligini ta’minlash asosida takomillashtirilga oid tavsiyalar “Raqamli va axborot texnogiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 5-iyul 22-01-141/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada οliy ta’lim talabalarining raqamli mediakοmpetentligi va ta’lim sifati rivοjlantirilgan.
aksiologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda raqamli mediakompetentlikni rivojlantirish samaradorligi ta’lim jarayonining interaktivligini raqamli hamkorlik vositalar, refleksiv metodlar va medialoyihalar orqali ta’minlash, baholashda rag‘batlantiruvchi sertifikatlar kasbiy fanlarga qiziqishlariga olib kelganligi tufayli     “Raqamli va axborot texnologiyalari” fanidan elektron axborot-ta’lim resursini joriy etish asosida oshirilga oid tavsiyalar “Raqamli va axborot texnogiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 5-iyul 22-01-141/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ilm sifati darajasi mοnitοringi οbektivligi οshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish