Dulanboeva Oygul Asilbek qizining 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Yangi O‘zbekistonda mutolaa sotsiomodulini takomillashtirishning ijtimoiy texnologiyalari» 22.00.03 – “Ijtimoiy ong va ijtimoiy jarayonlar sotsiologiyasi”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/S62 Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, xuzuridagi sotsiologiya fanlari buyicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/2025.27.12.S.01.02 rakamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sabirova Umida Farhodovna, sotsiologiya fanlari doktori (DSc), v.b. professor 
Rasmiy opponentlar: Umarov Absalom Adilovich – sotsiologiya fanlari doktori, professor; Seitov Azamat Pulatovich – sotsiologiya fanlari doktori, professor; Muxtorov Azamat Muxtorovich – falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: "Ijtimoiy fikr" respublika jamoatchilik ftkrini o‘rganish markazi    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mutolaa sotsiomodelini takomillashtirishga qaratilgan ijtimoiy texnologiyalarni qiyosiy tahlili asosida, uning Yangi O‘zbekiston sharoitida namoyon bo‘lish xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Mutolaa sotsiomodelining an’anaviy va zamonaviy jamiyatlarda namoyon bo‘lish xususiyatlari tahlilidan kelib chiqib, mutolaaning ijtimoiy funksiyalari, mutolaa madaniyatining tashuvchilari, mutolaa ko‘lami, matinni tushunish darajasi kabilar uning tizim hosil qiluvchi barqaror elementlari ekanligi ilmiy asoslangan.
Sharq va G‘arb tafakkuridagi mutolaa sotsio modeli transformatsiyasining komparativistik tahlili natijasida uning qadimgi davrga xos mutolaaga diniy meditativ amaliyot, elitar mashg‘ulot sifatida qarash, vorisiylikni saqlash, o‘rta asrlarga tegishli matinni transendentlashtirish, axloqiy kamolotga erishish, ijtimoiy me’yorlarni mustahkamlash zamonaviy davrga oid modernizatsiyani jadallashtirish, ijtimoiy ongni ratsionallashtirish, elitar va ommaviy madaniyatni shakllantirish singari xususiyatlari ochib berilgan.
Yangi O‘zbekiston sharoitida o‘zaro yuqturish, ishontirish, taqlid qilish, identifikatsiya konformlik – kabi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali mutolaa sotsiomodelini takomillashtirishda, kitob nashr etish, kitob tarqatish, kutubxona ishi mutaxassislari, davlat hokimiyati organlari vakillari, turli xil “ommaviy axborot vositalari vakillari”, PR-texnologlar va kitobxonlardan iborat subektlarning o‘zaro ijtimoiy hamkorligining taqazolanishi ochib berilgan.
Normativ, elitar va ekzistensial ko‘rinishdagi mutolaa madaniyati tashuvchilarining nazariy tasnifi va empirik tadqiqot natijalarining qiyosiy tahlili asosida zamonaviy o‘zbek kitobxonining axloqiy qadriyatlarning barqarorligini maqul ko‘ruvchi, matnga nisbatan texnologik munosabatni ustun ko‘ruvchi hamda mutolaada ekzistensial muloqot shaklini afzal ko‘ruvchi tiplari mavjud ekanligi ochib berilgan.
Ijtimoiy ongda xomolegens obrazini hosil qilish,, yagona muvofiqlashtiruvchi empirik bazani shakllantirish, yangicha kitobxonlik xulq atvor standartlarini targ‘ib qilish yangi O‘zbekistonda mutolaa sotsiomodelini takomillashtirishning institutsional, dasturiy texnologiyalarni qo‘llash samaradorligini oshiruvchi mexanizmlar ekanligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tadqiqotning natijalari, undagi ilmiy xulosa va takliflarning amaliyotga joriy etilayotgani bo‘yicha quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan:
ijtimoiy ongda xomolegens obrazini hosil qilish, yagona muvofiqlashtiruvchi empirik bazani shakllantirish, yangicha kitobxonlik xulq atvor standartlarini targ‘ib qilish, Yangi O‘zbekistonda mutolaa sotsiomodelini takomilashtirishning institutsional, dasturiy texnologiyalarini qo‘llash samaradorligini oshiruvchi mexanizmlar ekanligi ilmiy asoslanganligi to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining kitobxonlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan “Yoshlar uchun ming kitob”, mutolaa hamda kitobxonlik tanlovlarini targ‘ib qilish ishlarini tashkil etishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining 2026-yil 24-yanvardagi 05-01-21-440-sonli dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada keltirilgan ilmiy xulosalar, amaliy takliflar mazkur yo‘nalishlar amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari samaradorligining oshishiga xizmat qilgan.
mutolaa sotsio modelining an’anaviy va zamonaviy jamiyatlarda namoyon bo‘lish xususiyatlari tahlilidan kelib chiqib, mutolaaning ijtimoiy funksiyalari, mutolaa madaniyatining tashuvchilari, mutolaa ko‘lami, matnni tushunush darajasi kabilar uning tizim hosil qiluvchi barqaror elementlari ekanligi ilmiy asoslanganligi to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi" davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston” telekanalining “Munosabat”, “Assalom,O‘zbekiston” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2026-yil 26-yanvardagi 05-09-117-son dalolatnomasi). Natijada ilmiy xulosalar, amaliy takliflar ko‘rsatuv ssenariysining metodologik jihatdan takomillashishi, aholining mutoala madaniyati hamda uning innovatsion shakllari haqidagi xabardorlik darajasi oshishiga xizmat qildi.
Sharq va G‘arb tafakkuridagi mutolaa sotsiomodeli transformatsiyasining komparativ tahlili natijasida mutolaaning: qadimgi davrga xos jihatlari (mutolaaga diniymeditativ amaliyot va elitar mashg‘ulot sifatida qarash, vorisiylikni saqlash), o‘rta asrlarga xos jihatlari (matnni transendentlashtirish, axloqiy kamolotga erishish, ijtimoiy me’yorlarni mustahkamlash) hamda zamonaviy davrga xos jihatlari (modernizatsiyani jadallashtirish, ijtimoiy ongni ratsionalashtirish, elitar va ommaviy madaniyatni shakllantirish) ochib berilganli to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar hamda amaliy tavsiyalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot faoliyati doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar, seminar-treninglar va targ‘ibot uchrashuvlari mazmunini boyitishda metodik asos sifatida qo‘llanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2026-yil 4-fevraldagi 10/88-son dalolatnomasi). Natijada, ilmiy xulosalar va amaliy takliflar targ‘ibot tadbirlarining ssenariylari va metodikasini takomillashtirishga, shuningdek fuqarolarning dezinformatsiya va yolg‘on xabarlarning manipulyativ ta’siriga qarshi kurash haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan.
Normativ, elitar va egzistensial ko‘rinishdagi mutolaa madaniyati tashuvchilarining nazaliu tasnifi va empirik tadqiqod natijalarining qiyosiy talili asosida zamonaviy  o‘zbek kitobxonining axloqiy qadriyatlarining barqarorligini ma'qul ko‘ruvchi, matnga nisbatan texnologik munosabatini ustun ko‘ruvchi hamda mutolaada ekzistensial muloqot shaklini afzal ko‘ruvchi tiplari mavjud ekanligi ochib berilganligi to‘g‘risidagi xulosa va takliflardan O‘zbekiston XDPning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 2024-yilda o‘tgan saylovlarda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Saylovoldi dasturining VIII. Ijtimoiy tenglik va xalq hokimiyatchiligiga asoslangan demokratik boshqaruvni amalga oshirish tarafdorimiz “Partiya ochiq, shaffof, xalqchil va demokratik davlat boshqaruvi tizimini joriy etish tarafdorimiz” deb nomlangan 13-qadamida belgilangan vazifalarga mos keladi. Shuningdek, dissertatsiya ishida keltirilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tizimidagi faoliyat yuritayotgan xodimlaming ijtimoiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishda hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarida foydalanildi. (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2026-yil 10-fevraldagi 1-62-son dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada keltirilgan ilmiy xulosalar, amaliy takliflar mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari samaradorligining oshishiga xizmat qilgan.
Yangi O‘zbekiston sharoitida o‘zaro yuqtirish, ishontirish, taqlid qilish, identifikatsiya konformlik kabi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali mutolaa sotsio modelini takomilashtirishda yozuvchilar, kitob nashr etish, kitob tarqatish, kutubxona ishi mutaxassislari, davlat hokimiyati organlari vakillari, turli xil “ommaviy axborot vositalari vakillari”, PR-texnologlar va kitobxonlardan iborat sub’ektlarning o‘zaro ijtimoiy hamkorligining taqazolanishi ochib berilganligi to‘g‘risidagi xulosalar va dissertatsiyadagi boshqa bir qancha amaliy takliflardan “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining Ijtimoiy tarmoqlarni tadqiq etishga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlarida foydalanilgan. (“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2026-yil 16-fevraldagi 1-16-227-son dalolatnomasi). Natijada ilmiy xulosalar, amaliy takliflar “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan o‘tkazilayotgan sotsiologik tadqiqotlarning samaradorligi oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish