Xojiev Elshod Yoqub o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Meva-sabzavot mahsulotlari eksportini oshirishda marketing tadqiqotlaridan foydalanish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.11-“Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2025.1.DSc/Iqt871.  
Ilmiy rahbari: Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.1.23.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Ziyodulla Ahmadovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent, Maraimova Umida Ismailjanovna, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor, Bobojonov Azizjon Babaxanovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: meva-sabzavot mahsulotlari eksportini oshirishda marketing tadqiqotlaridan foydalanish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy, amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “meva-sabzavot mahsulotlari eksportida marketing tadqiqotlari” tushunchasining iqtisodiy mazmuni tashqi bozorlarda mahsulot sotish imkoniyatlari, talab tarkibi, narxlar dinamikasi, savdo to‘siqlari va logistika omillarini aniqlash orqali eksport resurslarini maqbul taqsimlash, raqobatbardoshlikni oshirish va eksportdan olinadigan iqtisodiy natijani ko‘paytirishga qaratilgan tahliliy-boshqaruv jarayon nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan; 
meva-sabzavot mahsulotlari eksportining diversifikatsiya darajasi indeksi bo‘yicha o‘lchovlarda “past diversifikatsiya” (901 ≤ HHIp ≤ 1000), “o‘rta darajadagi diversifikatsiya” (801 ≤ HHIo ≤ 900), “yuqori diversifikatsiya” (701 ≤ HHIyu ≤ 800) chegarasida belgilash orqali baholash taklifi asoslangan;
meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga yetkazib berishda xalqaro sifat, tijorat va xavfsizlik standartlarini joriy etgan korxonalarning eksport hajmiga ta’sir mexanizmidagi standartlarga muvofiqlik darajasini baholashning 4 bosqichli (0,30 gacha – qoniqarsiz, 0,31-0,60 – mo‘tadil, 0,61-0,85 – barqaror va 0,86-1,00 – yuqori darajada) eksport salohiyatini ifodalovchi tabaqalashtirilgan me’yorlari asoslangan;
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 7-, 8- va 12-guruhlariga mansub mahsulotlarni tashqi bozorlarga yetkazib berish imkoniyatlarini baholash uslubi dissipativ va transformatsion ssenariylar o‘rtasidagi farqning yuqori darajada namoyon bo‘lishiga asoslangan holda Evropa Ittifoqi mamlakatlari bozorlariga eksport faoliyatini transformatsion yondashuv asosida tashkil etish orqali takomillashtirilgan;
meva-sabzavot mahsulotlarining Evropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar bozorlariga eksportni amalga oshirishda GSP+ imtiyozlari doirasidagi mahsulot turlarining raqobatdagi qiyosiy ustunligi aniqlanib, meva-sabzavot mahsulotlari eksportining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Meva-sabzavot mahsulotlari eksportini oshirishda marketing tadqiqotlaridan foydalanish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “meva-sabzavot mahsulotlari eksportida marketing tadqiqotlari” tushunchasining iqtisodiy mazmuni tashqi bozorlarda mahsulot sotish imkoniyatlari, talab tarkibi, narxlar dinamikasi, savdo to‘siqlari va logistika omillarini aniqlash orqali eksport resurslarini maqbul taqsimlash, raqobatbardoshlikni oshirish va eksportdan olinadigan iqtisodiy natijani ko‘paytirishga qaratilgan tahliliy-boshqaruv jarayon nuqtai-nazaridan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurti talabalari uchun mo‘ljallangan “Strategik marketing” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2025-yil 22-noyabrdagi 465-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida oliy o‘quv yurti talabalarida marketing tadqiqotlari asosida meva-sabzavot mahsulotlarini yangi eksport bozorlariga yetkazib berishda eksport imkoniyatlarini baholash va amalga oshirishda aniq mezonlar bo‘yicha yanada kengroq nazariy-uslubiy bilim va ko‘nikmalar hosil qilish imkoni yaratilgan;
meva-sabzavot mahsulotlari eksportining diversifikatsiya darajasi indeksi bo‘yicha o‘lchovlarda “past diversifikatsiya” (901 ≤ HHIp ≤ 1000), “o‘rta darajadagi diversifikatsiya” (801 ≤ HHIo ≤ 900), “yuqori diversifikatsiya” (701 ≤ HHIyu ≤ 800) chegarasida belgilash orqali baholash taklifi Samarqand viloyatidagi “SAMRIN TRADE” MChJ va Farg‘ona viloyatidagi “SIRELIS” MChJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 29-yanvardagi 9/01-32-760-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarini diversifikatsiya mexanizmlari ishlab chiqilib, jumladan, respublika meva-sabzavot mahsulotlari eksport nomenklaturasini 2026-yil yakuni bo‘yicha kengaytirishni nazarda tutuvchi yo‘l-xaritaga kiritilgan;
meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga yetkazib berishda xalqaro sifat, tijorat va xavfsizlik standartlarini joriy etgan korxonalarning eksport hajmiga ta’sir mexanizmidagi standartlarga muvofiqlik darajasini baholashning 4 bosqichli (0,30 gacha – qoniqarsiz, 0,31-0,60 – mo‘tadil, 0,61-0,85 – barqaror va 0,86-1,00 – yuqori darajada) eksport salohiyatini ifodalovchi tabaqalashtirilgan me’yorlaridan foydalanish taklifi Samarqand viloyatidagi “SAMRIN TRADE” MChJ va Farg‘ona viloyatidagi “SIRELIS” MChJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 29-yanvardagi 9/01-32-760-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida “SAMRIN TRADE” MChJ tomonidan Fransiyaga mahsulot etkazib berish yo‘lga qo‘yilib, eksport geografiyasi kengayishi va “SIRELIS” MChJ ning eksport hajmi                      5,4 foizga o‘sishiga erishilgan;
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 7-, 8- va 12-guruhlariga mansub mahsulotlarni tashqi bozorlarga yetkazib berish imkoniyatlarini baholash uslubi dissipativ va transformatsion ssenariylar o‘rtasidagi farqning yuqori darajada namoyon bo‘lishiga asoslangan holda Evropa Ittifoqi mamlakatlari bozorlariga eksport faoliyatini transformatsion yondashuv asosida tashkil etish taklifi Samarqand viloyatidagi “SAMRIN TRADE” MChJ va Farg‘ona viloyatidagi “SIRELIS” MChJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 29-yanvardagi 9/01-32-760-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida “SAMRIN TRADE” MChJ tomonidan GSP+ tizimi asosida 1,3 mln. AQSh dollariga teng yong‘oq, mayiz, o‘rik va quritilgan olxo‘ri, “SIRELIS” MChJ tomonidan 95 ming AQSh dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari Evropa Ittifoqi bozorlariga eksport qilinishiga erishilgan;
meva-sabzavot mahsulotlarining Evropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar bozorlariga eksportni amalga oshirishda GSP+ imtiyozlari doirasidagi mahsulot turlarining raqobatdagi qiyosiy ustunligi aniqlanib, meva-sabzavot mahsulotlari eksportining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Samarqand viloyatidagi “SAMRIN TRADE” MChJ va Farg‘ona viloyatidagi “SIRELIS” MChJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 29-yanvardagi 9/01-32-760-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida GSP+ tizimidan foydalanish orqali Evropa Ittifoqi bozorlariga “SAMRIN TRADE” MChJ tomonidan 2026-yilda 1,7 mln AQSh dollari va “SIRELIS” MChJ tomonidan 150 ming AQSh dollariga teng meva-sabzavot mahsulotlarining eksportini amalga oshirish belgilangan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish