Xaitbaeva Dilobar Zaxidovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiyotga investisiyalarni jalb etish mexanizmlarini takomillashtirish (Maxsus iqtisodiy zonalar misolida)”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3529
Ilmiy rahbar: Allayarov Shamsiddin Amanullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
 Rasmiy opponentlar: Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raxmonov Dilshod Alidjonovich , iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotga investisiyalarni jalb etish mexanizmlarini takomillashtirishga, (Maxsus iqtisodiy zonalar misolida) qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“institutsional-integrativ investisiya” modeli natijasida davlat, biznes va ilmiy muassasalar o‘rtasidagi hamkorlik kuchayib, investisiya loyihalarining samaradorligi va innovatsion salohiyatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar asosida takomillashtirilgan;
maxsus iqtisodiy zonalarda yer uchastkalari onlayn auksionga kamida 10 yil ijara muddati bilan, investisiya majburiyatlari bajarilgandan so‘ng xususiylashtirish yoki ijara muddatini uzaytirish sharti bilan chiqarish taklif etilgan; 
maxsus iqtisodiy zonalar o‘rtasida imtiyoz va preferensiyalarini qo‘llashda hudud xususiyati va imkoniyatidan kelib chiqib hududiy koeffisientlarni joriy etish orqali investisiyalarni jalb etish mexanizmlarini takomillashtirish taklif etilgan;
O‘zbekiston Respublikasi hududlarida maxsus iqtisodiy zonalarga investisiyalarni jalb qilishning 2030-yilgacha bo‘lgan davrdagi rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlari  ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqtisodiyotga investisiyalarni jalb etish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
“Institusional-integrativ investisiya” modeli natijasida davlat, biznes va ilmiy muassasalar o‘rtasidagi hamkorlik kuchayib, investisiya loyihalarining samaradorligi va innovatsion salohiyatini oshairish bo‘yicha taklifdan Agentlik faoliyatini strategik rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘1 xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investisiyalarni jalb etish agentligining 2026-yil 27-yanvardagi 04-102-013 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida investisiya loyihalarining samaradorligini 15-20 foizga oshirish imkoni yaratilgan.
maxsus iqtisodiy zonalarda yer uchastkalari onlayn auksionga kamida 10 yil ijara muddati bilan, investisiya majburiyatlari bajarilgandan so‘ng xususiylashtirish yoki ijara muddatini uzaytirish sharti bilan chiqarish taklifi “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini soddalashtirishga oid o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Byudjet va iqtisodiy masalalar Qo‘mitasining 2025-yil 29-sentyabrdagi 04/2-11-41 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maxsus iqtisodiy zonalariga investisiyalarni jalb etish mexanizmi takomillashtirilgan.
maxsus iqtisodiy zonalar o‘rtasida imtiyoz va preferensiyalarini qo‘llashda hudud xususiyati va imkoniyatidan kelib chiqib hududiy koeffisientlarni joriy etish taklifi “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini soddalashtirishga oid O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Byudjet va iqtisodiy masalalar Qo‘mitasining  2025-yil 29-sentyabrdagi 04/2-11-41 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hududiy koeffisient 0.8 dan 1.2 gacha bo‘lgan holatda iqtisodiy faollik 5-15 foizga oshishi kuzatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi hududlarida maxsus iqtisodiy zonalarga investisiyalarni jalb qilishning 2030-yilgacha bo‘lgan davrdagi rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan O‘zbekiston iqtisodiyotini uzoq muddatli rivojlantirish staregiyasini amalga oshirishning xuquqiy asoslarini takomillashtirishga oid qonun ijodkorligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Byudjet va iqtisodiy masalalar Qo‘mitasining  2025-yil 29-sentyabrdagi 04/2-11-41 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, MIZ korxonalarining soni prognoz davrida 856 tadan 1241 tagacha ko‘payishi kutilmoqda, ya’ni deyarli 1,5 barobar o‘sish. Shu bilan birga, MIZlarda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotlari hajmi 2025-yildagi 48,5 trillion so‘mdan 2030-yilda 83,4 trillion so‘mgacha o‘sishi kutilmoqda. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish