Rasulov Hakim Mamanovichning
 fanlar doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston milliy taraqqiyotining hozirgi bosqichida siyosiy va huquqiy madaniyatning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash masalalari”; 
Ixtisoslik shifri: 23.00.03 - siyosiy madaniyat va mafkura; 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Ss108 
Ilmiy maslahatchi: Xolbekov Abdug‘ani Jumanazarovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti
IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.Ss.01.09 raqamli Ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Ergashev Ibadulla Ergashevich, siyosiy fanlar doktori, professor, Mirzaahmedov Kamoliddin Mansurjon o‘g‘li, Siyosiy fanlar doktori (DSc), professor, Yakubov Axtam Nusratilloevich, yuridik fanlar doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
O‘zbekiston milliy taraqqiyotida siyosiy va huquqiy madaniyat mutanosibligini ta’minlashning asoslari, omillari, yo‘llari, mexanizmlarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Siyosiy va huquqiy madaniyat fenomenlari huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim komponentlari sifatida asoslantirilib, ularning integratsiyasi fuqaro va davlat munosabatlari tizimida adolat va tenglik, o‘zaro ishonch va masʼuliyat munosabatlarini mustahkamlovchi asos ekanligi dalillangan;
siyosiy va huquqiy madaniyat o‘zaro aloqadorligining genezisi va evolyusiyasi asosida “davlat+fuqaro”, “siyosat+axloq”, “siyosat+huquq” kabi korrelyativ (o‘zaro bog‘liqlik, o‘zaro moslik) munosabatlar siyosiy diskurs obektiga aylanganligi hamda sotsium siyosiy va huquqiy tafakkurining integral (bir butun, uzviy) komponentlari sifatida demokratik taraqqiyotni ta’minlash va mustahkamlashga xizmat qilganligi asoslangan;
siyosiy va huquqiy madaniyat uyg‘unligining fuqarolar siyosiy ongi, ruhiyati va ijtimoiy kayfiyati orqali ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, huquqiy norma va siyosiy qadriyatlarda namoyon bo‘lishining kognitiv (bilish, anglash, tushunish) va praksiologik (amaliy faoliyati) asoslari vositasida “insonni anglash va qadrlash” tamoyilining Yangi O‘zbekiston milliy taraqqiyotiga amaliy ta’siri ko‘rsatib berilgan;
siyosiy va huquqiy madaniyatning o‘zaro aloqadorligini mustahkamlashda siyosiy-huquqiy ta’limning zaruriyati, tizimliligi, kreativligi (yangi g‘oya, innovatsiya) va transparentligi (ochiq, shaffof) kabi xususiyatlarining fuqarolar huquqiy-siyosiy erkinligi va ijtimoiy-siyosiy faolligini ro‘yobga chiqarishidagi amaliy ta’siri isbotlangan;
siyosiy va huquqiy madaniyatning o‘zaro mutanosibligi Yangi O‘zbekiston siyosiy-huquqiy tizimini modernizatsiya qilish jarayonida ma’muriy islohotlarni amalga oshirish, davlat organlarining fuqarolar oldida hisobdorligi, jamoatchilik nazorati, boshqaruvni nomarkazlashtirish jarayonlarining integrativ (birlashtirish, uyg‘unlashtirish) va strukturaviy (tuzilish, o‘zaro bog‘lanish) xususiyatlari ekanligi ochib berilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston milliy taraqqiyotining hozirgi bosqichida siyosiy va huquqiy madaniyatning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash muammosi doirasida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Siyosiy va huquqiy madaniyat o‘zaro aloqadorligining genezisi va evolyusiyasi asosida “davlat+fuqaro”, “siyosat+axloq”, “siyosat+huquq” kabi korrelyativ (o‘zaro bog‘liqlik, o‘zaro moslik) munosabatlar siyosiy diskurs obektiga aylanganligi hamda sotsium siyosiy va huquqiy tafakkurining integral (bir butun, uzviy) komponentlari sifatida demokratik taraqqiyotni ta’minlash va mustahkamlashga xizmat qilganligi dalillangan ilmiy xulosalardan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mamlakatimizda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini yanada mustahkamlash va diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish to‘g‘risida”gi 2023-yil 9-sentyabrdagi 169-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida umumta’lim maktablari va mahallalardagi aholi o‘rtasida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” shiori ostida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning rejasini shakllantirishda, shuningdek, 2021-yilda o‘tkazilgan “Termiziy ulamolarning islom tamadduni va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi” mavzusidagi xalqaro konferensiyasi dasturini ishlab chiqish hamda materiallarini shakllantirishda samarali foydalanilgan. (01-07/07-son ma’lumotnoma 24.01.2024-yil) Natijada Sharq va G‘arb mutafakkirlari, xususan, termiziy allomalar ilmiy faoliyati va ma’naviy merosini jamoatchilik orasida targ‘ib qilishda keng foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Siyosiy va huquqiy madaniyat uyg‘unligining fuqarolar siyosiy ongi, ruhiyati va ijtimoiy kayfiyati orqali ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, huquqiy norma va siyosiy qadriyatlarda namoyon bo‘lishining kognitiv (bilish, anglash, tushunish) va praksiologik (amaliy faoliyati) asoslari vositasida “insonni anglash va qadrlash” tamoyilining Yangi O‘zbekiston milliy taraqqiyotiga amaliy ta’siri ko‘rsatib berilgan ilmiy-nazariy xulosalar, amaliy takliflardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ustavining 2.2-bandida ko‘zda tutilgan yoshlarning “siyosiy madaniyati, huquqiy savodxonligi va huquqiy ongini yuksaltirish” borasidagi vazifalarini amalga oshirishda foydalanilgan. (04-13/1118-son ma’lumotnoma 20.12.2023-yil). Natijada mazkur takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvardagi “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasinini tasdiqlash to‘g‘risida” 23-sonli Qarori 11-bandida ko‘zda tutilgan “yoshlarning siyosiy ongini oshirish, ularning siyosiy jarayonlardagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash” bilan bog‘liq vazifa va chora-tadbirlar dasturini amaliyotga tadbiq etishga xizmat qilgan.
Siyosiy va huquqiy madaniyat fenomenlari huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim komponentlari sifatida asoslantirilib, ularning integratsiyasi fuqaro va davlat munosabatlari tizimida adolat va tenglik, o‘zaro ishonch va masʼuliyat munosabatlarini mustahkamlovchi asos ekanligi dalillangan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasining demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladigan targ‘ibot-tashviqot faoliyatida samarali foydalanilgan (04/3-07-08-sonli ma’lumotnoma. 05.06.2026-yil). Natijada mazkur takliflar asosida saylov madaniyati siyosiy-huquqiy madaniyatning ajralmas tarkibiy qismi ekanligi asoslantirilib, siyosiy partiya va ularning parlamentdagi fraksiyalari, deputatlikka nomzodlarning saylov oldi targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida foydalanilgan.
Siyosiy va huquqiy madaniyatning o‘zaro aloqadorligini mustahkamlashda siyosiy-huquqiy ta’limning zaruriyati, tizimliligi, kreativligi (yangi g‘oya, innovatsiya) va transparentligi (ochiq, shaffof) kabi xususiyatlarining fuqarolar huquqiy-siyosiy erkinligi va ijtimoiy-siyosiy faolligini ro‘yobga chiqarishidagi amaliy ta’siri asoslangan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, shuningdek, 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining II-yo‘nalishida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘iboti” 9-bandi “Yangi O‘zbekiston – xalqparvar davlat” tamoyilini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish borasidagi ustuvor vazifalar” ijrosini ta’minlash maqsadida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 02-22/111-son ma’lumotnoma. 30.01.2024-yil) Natijada dissertatsiya materiallaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2023-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantishga mo‘ljallangan yo‘l xaritasi 25-bandida ko‘zda tutilgan “Ta’lim sifatini oshirish Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakka-yu yagona to‘g‘ri yo‘lidir” shiori ostida o‘tkazilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari 26-bandida nazarda tutilgan “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” g‘oyasini yoshlar ongiga singdirish bo‘yicha tizimli targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil qilishda foydalanilgan.
Siyosiy va huquqiy madaniyatning o‘zaro mutanosibligi Yangi O‘zbekiston siyosiy-huquqiy tizimini modernizatsiya qilish jarayonida ma’muriy islohotlarni amalga oshirish, davlat organlarining fuqarolar oldida hisobdorligi, jamoatchilik nazorati, boshqaruvni nomarkazlashtirish jarayonlarining integrativ (birlashtirish, uyg‘unlashtirish) va strukturaviy (tuzilish, o‘zaro bog‘lanish) xususiyatlari ekanligi ochib berilgan ilmiy-nazariy xulosalar, amaliy takliflardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar  harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ish rejasiga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirishda o‘ziga xos manba vazifasini o‘tamoqda hamda ushbu tadqiqot xulosalari partiya faoliyatidagi dolzarb masalalarni samarali hal etishga yordam berishi hisobga olingan holda amaliyotda foydalanilgan. (Uzlidep 01-27/241-son ma’lumotnoma. 05.06.2026-yil) Natijada partiyaning ma’muriy islohotlar va boshqaruvni nomarkazlashtirish jarayoni bilan bog‘liq g‘oyaviy dasturlari takomillashtirildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish