Xolmaxmatov Azim Xazratkulovichning
 fanlar doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati yo‘nalishlari va tuzilmasining evolusion dinamikasi; 
Ixtisoslik shifri: 23.00.02-siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar; 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2. DSc/Ss128 
Ilmiy rahbar: Muminov Alisher Gaffarovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oʻzbekiston Milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti
IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.Ss.01.09 raqamli Ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Nasiba Tuychievna Turgunova, siyosiy fanlar doktori (DSc), professor; Sanjar Shavkatovich Saidov, siyosiy fanlar doktori (DSc), professor;Jamshid Qadamovich Yusubov, siyosiy fanlar doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy komunikatsiyalar universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati yo‘nalishlari va tuzilmasining evolusion dinamikasini tuzilmaviy-funksional hamda institusioanal paradigmalar metodologiyasi komparativistik tahlili asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati tuzilmasining funksional tahlilidan kelib chiqqan holda uning yoshlar tashkilotlari institutsionallashuvi bilan tavsiflanuvchi birinchi davr (1991-2016-yillar) yoshlar siyosatiga oid tushunchalarning konseptuallashuvi va subektlarning belgilanishi bilan ajralib turuvchi ikkinchi davr (2016-2020-yillar) yoshlarga oid davlat siyosatini muvofiqlashtiruvchi davlat organining tashkil topishi bilan belgilanuvchi uchinchi davr (2020-yildan hozirgi vaqtga qadar) shaklidagi evolusion dinamikasi ilmiy asoslangan.
O‘zbekistonning strategik taraqqiyotida davlat-jamiyat-inson tamoyilining inson-jamiyat-davlat ko‘rinishidagi o‘zgarishiga mutanosib ravishda yoshlarga oid davlat siyosati paradigmasi mo‘ljallarining yoshlarga siyosat obekti emas, balki uning subekti va mamlakatning rivojlanish resursi hamda jamiyatning oltin fondi shaklida transformatsiyalanganligi ochib berilgan.
Yoshlar bilan ishlashda faoliyat yo‘nalishlariga ko‘ra dasturiy, axboriy, tashkiliy-huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va safarbarlik, shuningdek davomiyligiga ko‘ra qisqa, o‘rta va uzoq muddatli texnologiyalarining tasniflanishi ilmiy asoslangan.
O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi NNTlar faoliyatining funksional tahlili natijalari, sohadagi fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokining miqyosiga ko‘ra respublika, hududiy va mahalliy darajadagi, maqsadiga ko‘ra ma’naviy-ma’rifiy, sport-sog‘lomlashtirish, ijtimoiy faollikni oshirish, tadbirkorlikka jalb qilish, bandlikka ko‘maklashish, nogironligi bo‘lgan yoshlar bilan ishlash, yosh xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, atrof-muhit va ekologiyani asrab avaylash, xayriya va sahovat, zamonaviy kasblar hamda xorijiy tillarga o‘qitish kabi yo‘nalishlarini aniqlash imkonini berishi ochib berilgan.
Yoshlar bilan ishlovchi mutaxassislarni kompetensiyalarini baholashdagi metodologik murakkabliklarning oldini olish maqsadida ularga qo‘yiladigan talablar yoshlar bilan ishlashda ijtimoiy munosabatlarga kirishish hamda axloqiy fazilatlari va boshqaruvchanlik ko‘nikmalari darajasining yuqoriligini aniqlashga qaratilgan yoshlarning xulqiy xususiyatlarini baholash, portfoliosini yaratish, jamoada ishlash va ularni yo‘naltira olish qobiliyatiga ega bo‘lish, yoshlar ehtiyojlariga qarab mo‘ljal olish, yoshlar bilan ochiq muloqotga tayyorlik, yoshlar iuchun ishlab chiqilgan dasturlar ijrosi natijador bo‘lishini ta’minlash kabi mezonlar ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tadqiqot natijalari, undagi ilmiy xulosa va takliflarning amaliyotga joriy etilganligi bo‘yicha quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan:
O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati tuzilmasining funksional tahlilidan kelib chiqqan holda uning yoshlar tashkilotlari institutsionallashuvi bilan tavsiflanuvchi birinchi davr (1991-2016-yillar) yoshlar siyosatiga oid tushunchalarning konseptuallashuvi va subektlarning belgilanishi bilan ajralib turuvchi ikkinchi davr (2016-2020-yillar) yoshlarga oid davlat siyosatini muvofiqlashtiruvchi davlat organining tashkil topishi bilan belgilanuvchi uchinchi davr (2020-yildan hozirgi vaqtga qadar) shaklidagi evolusion dinamikasi to‘g‘risidagi xulosalardan Agentlikning sohaga oid hukumat qaror, farmon va farmoyishlarining ijrosini ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish hamda Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash insitutining o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan va mazkur dissertatsiya materiallari nazariy-metodologik asos vazifasini bajargan. Natijada dissertatsiyada keltirilgan ilmiy xulosa va amaliy takliflar mazkur yo‘nalishda malakasini oshirayotgan yosh istiqbolli kadrlar salohiyatini oshirishga, shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni hamda sohadagi rivojlanishning evolusion bosqichlari to‘g‘risidagi xulosalarni yoshlar orasida keng targ‘ib qilish imkoniyatini yanada oshishiga xizmat qilgan. (Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 11-iyundagi 1-01-21-3213 - son dalolatnomasi).
O‘zbekistonning strategik taraqqiyotida davlat-jamiyat-inson tamoyilining inson-jamiyat-davlat ko‘rinishidagi o‘zgarishiga mutanosib ravishda yoshlarga oid davlat siyosati paradigmasi mo‘ljallarining yoshlarga siyosat obekti emas, balki uning subekti va mamlakatning rivojlanish resursi hamda jamiyatning oltin fondi shaklida transformatsiyalanganligi to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda hududiy Kengashlari tomonidan joylarda o‘tkazilayotgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari hamda talaba yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan motivatsion tadbirlar konsepsiyalarini ishlab chiqishda foydalanilgan va mazkur dissertatsiya materiallari nazariy-metodologik asos vazifasini bajargan. Natijada tadqiqotda keltirilgan ilmiy xulosa va amaliy takliflar yoshlar orasida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini yanada oshishiga, yoshlar siyosati sohasidagi islohotlarni ularga tushunarli tarzda etkazilishiga hamda oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilarining talaba yoshlar orasida o‘tkazayotgan targ‘ibot tadbirlari natijadorligini yanada oshishiga xizmat qilgan. (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2025-yil 11-iyundagi 
04-13/483-son dalolatnomasi).
Yoshlar bilan ishlovchi mutaxassislarni kompetensiyalarini baholashdagi metodologik murakkabliklarning oldini olish maqsadida ularga qo‘yiladigan talablar yoshlar bilan ishlashda ijtimoiy munosabatlarga kirishish hamda axloqiy fazilatlari va boshqaruvchanlik ko‘nikmalari darajasining yuqoriligini aniqlashga qaratilgan yoshlarning xulqiy xususiyatlarini baholash, portfoliosini yaratish, jamoada ishlash va ularni yo‘naltira olish qobiliyatiga ega bo‘lish, yoshlar ehtiyojlariga qarab mo‘ljal olish, yoshlar bilan ochiq muloqotga tayyorlik, yoshlar uchun ishlab chiqilgan dasturlar ijrosi natijador bo‘lishini ta’minlash kabi mezonlar to‘g‘risidagi xulosalar yoshlar orasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini tashkil etishda, shuningdek, Ijtimouy-ma’naviy tadqiqotlar institutida ma’naviy-ma’rifiy sohaga mas’ullarning malakasini oshirishda nazariy-metodologik material vazifasini bajargan. Natijada dissertatsiyada keltirilgan ilmiy xulosa va amaliy takliflar mazkur yo‘nalishda malakasini oshirayotgan soha vakillarining salohiyatini oshirishga, shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yoshlar orasida keng targ‘ib qilish imkoniyatini yanada oshishiga xizmat qilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 12-iyundagi 02-714-son dalolatnomasi).
Yoshlar bilan ishlashda faoliyat yoʻnalishlariga koʻra dasturiy, axboriy, tashkiliy-huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va safarbarlik, shuningdek, davomiyligiga koʻra qisqa, oʻrta va uzoq muddatli texnologiyalarning tasniflanishi toʻgʻrisidagi xulosalardan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahalla ettiligi”, yoshlar siyosati va maʼnaviyat masalalari departamenti tomonidan yoshlarga oid davlat siyosati sohasida qabul qilingan Hukumat qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining ijrosini samarali tashkil qilishda foydalanilgan va mazkur dissertatsiya materiallari sohaga oid hujjatlar ijrosini tashkil etishda nazariy-metodologik asos vazifasini bajarishga koʻmaklashgan. Natijada tadqiqotda keltirilgan ilmiy xulosa va amaliy takliflar yoshlar orasida oʻtkazilayotgan targʻibot tadbirlari natijadorligini yanada oshirishga, yoshlar siyosati sohasidagi islohotlar ijrosini samarali tashkil etish va sohadagi masʼullarning xabardorlik darajasini yanada oshirishga xizmat qilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahalla ettiligi”, yoshlar siyosati va maʼnaviyat masalalari departamentining 2025-yil 11-iyundagi 30/1-1885-son dalolatnomasi).
O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi NNTlar faoliyatining funksional tahlili natijalari, sohadagi fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokining miqyosiga ko‘ra respublika, hududiy va mahalliy darajadagi, maqsadiga ko‘ra ma’naviy-ma’rifiy, sport-sog‘lomlashtirish, ijtimoiy faollikni oshirish, tadbirkorlikka jalb qilish, bandlikka ko‘maklashish, nogironligi bo‘lgan yoshlar bilan ishlash, yosh xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, atrof-muhit va ekologiyani asrab avaylash, xayriya va sahovat, zamonaviy kasblar hamda xorijiy tillarga o‘qitish kabi yo‘nalishlarini aniqlash imkonini berishi to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi hamda “Mahalla ettiligi” xususan, yoshlar yetakchilari tomonidan joylarda o‘tkazilayotgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari hamda mahalla yoshlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan loyiha va tanlovlar konsepsiyalarini ishlab chiqishda foydalanilgan va mazkur dissertatsiya materiallari nazariy-metodologik asos vazifasini bajargan. (O‘zbekiston Mahallalari uyushmasining 2025-yil 11-iyundagi 30/1-1885-son dalolatnomasi) Natijada dissertatsiyada keltirilgan ilmiy xulosa va amaliy takliflar mahallalardagi yoshlar yetakchilari tomonidan yoshlar orasida o‘tkazilayotgan loyiha va tanlovlar samaradorligini yanada oshishiga, yoshlar siyosati sohasidagi islohotlarni ularga tushunarli tarzda etkazilishiga hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilarining yoshlar orasida o‘tkazayotgan targ‘ibot tadbirlari natijadorligini yanada oshishiga xizmat qilgan..

Yangiliklarga obuna bo‘lish