Utkirov Anvar Utkirovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turizm xizmatlarida raqamli marketingni qo‘llash orqali daromadni oshirishning samarali usullari”, 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5355
Ilmiy rahbar: Muxitdinov Shohijahon Xudoyor o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.11.03
Rasmiy opponentlar:
Qodirov Farruh Ergash o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent;
 Abdixamidov Sarvar Adxamovich, Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Turizm xizmatlarida raqamli marketingni qo‘llash orqali mintaqaviy turizm daromadlarini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish hamda hududiy-divergent yondashuvi asosida ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Turizm xizmatlarida raqamli marketing orqali daromadni oshirishning CAC–CRR–LTV uchlik modeli mijozni jalb qilish xarajatlari, konversiya darajasi va mijozning umrboqiy qiymati o‘zaro bog‘liq iqtisodiy indikatorlar tizimi sifatida nazariy asoslangan hamda ushbu model turistik korxonalarda marketing byudjetini optimallashtirish, bronlash samaradorligini oshirish va turistlar sodiqligini kuchaytirishning ilmiy-amaliy mexanizmi sifatida taklif etilgan;
turizm xizmatlarida raqamli marketing samaradorligini oshirishning hududiy-divergent modeli ilmiy asoslanib, unda turistlar segmentlari bo‘yicha qiymat takliflari, raqamli kontent va marketing kanallarini integratsiyalash orqali jalb qilish xarajatlarini kamaytirish, konversiyani oshirish hamda hududiy turizm daromadlarini barqaror ko‘paytirish imkoniyati ilmiy asoslangan;
turizm xizmatlarida raqamli marketing samaradorligini amaliy baholash uchun SSI — Sinergiya samaradorlik indeksi ishlab chiqilib, unda CAC, LTV, CRR va CTR ko‘rsatkichlari yagona integral mezon asosida Qashqadaryo viloyatida raqamli marketing, mijoz tajribasi, xizmatlar diversifikatsiyasi va hududiy klasterlashning sinergik ta’siri natijasi va turizm daromadlarini 30–45 foizgacha oshirish, mijozni ushlab qolish darajasini 65–78 foizga yetkazish ilmiy jihatdan asoslangan;
-    raqamli bronlash faolligi va sotuv hajmi ta’sirida shakllangan turizm korxonalari daromadlarining 2026-2030-yillar uchun mo‘ljallangan o‘rta muddatli prognozlari ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turizm xizmatlarida raqamli marketingni qo‘llash orqali daromadni oshirishning samarali usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turizm xizmatlarida raqamli marketing orqali daromadni oshirishning CAC–CRR–LTV uchlik modeli mijozni jalb qilish xarajatlari, konversiya darajasi va mijozning umrboqiy qiymati o‘zaro bog‘liq iqtisodiy indikatorlar tizimi sifatida nazariy asoslangan hamda ushbu model turistik korxonalarda marketing byudjetini optimallashtirish, bronlash samaradorligini oshirish va turistlar sodiqligini kuchaytirishning ilmiy-amaliy mexanizmi bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimining 2024-yil 8-avgustdagi 01-16-331-son “Hududda joylashgan umumiy ovqatlanish, mehmonxona, madaniy meros va turizm sohasida kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025–yil 2-dekabrdagi 05–05/11344–sonli maʼlumotnomasi). Natijada, hududiy turizm xizmatlari narx, qiymat va iste’molchi to‘lov qobiliyatiga mos holda differensiallashtirildi, raqamli platformalarda moslashuvchan turistik paketlarni shakllantirish imkoniyati yaratildi hamda Qashqadaryo viloyati turizm bozorida xizmatlar samaradorligi va raqobatbardoshligi oshirishga erishildi.
turizm xizmatlarida raqamli marketing samaradorligini oshirishning hududiy-divergent modeli ilmiy asoslanib, unda turistlar segmentlari bo‘yicha qiymat takliflari, raqamli kontent va marketing kanallarini integratsiyalash orqali jalb qilish xarajatlarini kamaytirish, konversiyani oshirish hamda hududiy turizm daromadlarini barqaror ko‘paytirish imkoniyati bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimining 2024-yil 8-avgustdagi 01-16-331-son “Hududda joylashgan umumiy ovqatlanish, mehmonxona, madaniy meros va turizm sohasida kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025–yil 2-dekabrdagi 05–05/11344–sonli maʼlumotnomasi). Natijada, mahalliy xizmatlar ko‘rinishining raqamli integratsiyasi ta’minlandi, turistlarning hudud ichida harakatlanish qulayligi oshdi, xizmatlardan foydalanish chastotasi kengaydi hamda Qashqadaryo viloyati turizm subektlarining daromadlarini oshirish imkoniyatlari kengaytirildi.
turizm xizmatlarida raqamli marketing samaradorligini amaliy baholash uchun SSI — Sinergiya samaradorlik indeksi ishlab chiqilib, unda CAC, LTV, CRR va CTR ko‘rsatkichlari yagona integral mezon asosida Qashqadaryo viloyatida raqamli marketing, mijoz tajribasi, xizmatlar diversifikatsiyasi va hududiy klasterlashning sinergik ta’siri natijasi va turizm daromadlarini 30–45 foizgacha oshirish, mijozni ushlab qolish darajasini 65–78 foizga yetkazish bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimining 2024-yil 8-avgustdagi 01-16-331-son “Hududda joylashgan umumiy ovqatlanish, mehmonxona, madaniy meros va turizm sohasida kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025–yil 2-dekabrdagi 05–05/11344–sonli maʼlumotnomasi). Natijada, mahalliy aholi ishtirokiga asoslangan xizmatlar turlari kengaydi, turistik mahsulotlarning autentiklik darajasi oshdi, turistlar bilan hududiy hamjamiyat o‘rtasida ishonchli kommunikatsiya shakllandi hamda mahalliy turizm bozorida ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik kuchaydi.
raqamli bronlash faolligi va sotuv hajmi ta’sirida shakllangan turizm korxonalari daromadlarining 2026–2030-yillar uchun mo‘ljallangan o‘rta muddatli prognozlari ishlab  chiqilganligi bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimining 2024-yil 8-avgustdagi 01-16-331-son “Hududda joylashgan umumiy ovqatlanish, mehmonxona, madaniy meros va turizm sohasida kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025–yil 2-dekabrdagi 05–05/11344–sonli maʼlumotnomasi). Natijada, turizm korxonalarining kelgusi daromad dinamikasini oldindan baholash imkoniyati yaratildi, raqamli savdo kanallarining iqtisodiy samaradorligi aniqlandi hamda Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini strategik boshqarish va investision qarorlar qabul qilishning asoslanganligi oshirildi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish