Nurtdinova Saodat Gaybullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Improving the technology of applying differentiated instruction in teaching English to philology studens”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped10910.
Ilmiy rahbar: Yusupov Otabek Yakubovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/2026.31.01.Ped.4502.
Rasmiy opponentlar: Isroilova Dildora Muxtorovna, pedagogika fanlari doktori, professor (Kengash a’zosi); Xolmurodova Dilnoza Xolmurod qizi, pedagogika fanlari doktori, dotsent (DSc).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. filolog-talabalarning lingvistik kompetensiyasini takomillashtirish uchun ingliz tilini o‘qitishda differensial o‘qitishning kompleks texnologiyasini ishlab chiqish, nazariy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va empirik sinovdan o‘tkazishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: filolog talabalarga ingliz tilini o‘qitishda differensial ta’lim texnologiyasi konseptual modelning tarkibiy qismlarini belgilovchi maqsadli, mazmunli va natijaviy komponentlar qatoriga o‘quv maqsadlarni talabaning individual va akademik xususiyatlariga moslashtirish orqli lingvistik kompetensiyasini takomillashtirishga qaratilgan prosessual tarkibiy komponentiga ustunlik berish asosida takomillashtirilgan;
differensial ta’lim texnologiyasi bilan amalga oshiriladigan ta’lim jarayoni Tomlinsonning diferensial modeli, Vigotskiyning ijtimoiy-madaniy nazariyasi, Gardnerning ko‘p sonli intellektlar nazariyasi, CEFR descriptorlari hamda reseptiv, scaffold, kognitiv va refleksiv mashqlarining qiyinlik darajasi va baholash metodlari uzviyligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
an’anaviy va diferensial o‘qitish usulini obektiv qiyosiy baholash imkonini beruvchi ilmiy lingvistik kompetensiya, kasbiy filologik kompetentlik, bilish va o‘rganish hamda motivatsion-affektiv faollik komponentlarini o‘z ichiga olgan diferensial o‘qitish samaradorligini baholashning aniq me’zonlari asosida konseptual modeli ishlab chiqilgan;
talabalarning produktiv malakalarini baholash mezoni CEFRda taqdim etilgan diskriptorlar hamda differensial ta’lim texnologiyasining ta’lim oluvchilar profillari, malaka deskriptorlari, vazifalarni avtomatlashtirilgan tarzda farqlash, qayta aloqa va rubrika asosida baholashni o‘z ichiga olgan komponentlarini sun’iy intellect xususiyatlariga gorizontal integratsiya qilish asosida ishllab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim tizimida ingliz tili darslarida diferensial ta’limni joriy etish orqali o‘quv jarayonini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’limda xorijiy tillarni differensial yondashuv asosida va CEFR kompetensiya darajalarini hisobga olgan holda o‘qitish diferensial topshiriqlar, individual ta’lim traektoriyalaridan foydalanish va shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni ta’minlash orqali talabalarning kognitiv faolligi, lingvistik avtonomiyasi va interfaol ishtirokini oshirishga xizmat qilishi nazariy jihatdan asoslanganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2022-2023-yillarda bajarilgan "Oliy ta’lim tashkilotlarida ilmiy kadrlarni kasbiy tanlashning psixologik diagnostikasi tizimini shakllantirish" mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 13-dekabr 2025-yildagi 11-25/254-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu xulosalar loyiha mazmunini boyitishga, talabalarning kognitiv faolligini, lingvistik mustaqilligini va interfaol faolligini oshirishga xizmat qilgan;
xorijiy tillarni o‘qitishning kompleks metodik asoslari diferensial ta’limning asosiy nazariyalari (C.Tomlinson, L.S.Vigotskiy, H.Gardnerning ko‘p sonli intellektlar nazariyasi) va CEFR deskriptorlarini integratsiyalash asosida ishlab chiqilganligi, ular doirasida oliy ta’lim uchun moslashtirilgan o‘quv dasturlari va dars ishlanmalari taklif etilganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida AQShning Toshkentdagi elchixonasi va AQSh Davlat departamentining moliyaviy ko‘magida 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan "English Access Microscholarship Program" xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2022-yil 13-dekabrdagi 11-25/253-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim tashkilotlari professor-o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligi sezilarli darajada oshgan;
empirik kuzatuvlarga asoslanib, differensial ta’limda o‘quv qiyinchiliklari kognitiv va analitik jihatdan lingvistik, ekstralingvistik va psixologik omillarga ko‘ra tasniflandi. Individual yondashuv asosida tegishli diagnostik vositalar va korreksion instruktiv mashqlar tizimi ishlab chiqildi. Mazkur natijalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2023-2025-yillarda bajarilgan "Qiyosiy adabiyotshunoslik" kursi uchun "Komparativistika" elektron platformasini ishlab chiqish” innovatsion loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 24-dekabr 2025-yildagi 11-25/295-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, diferensial topshiriqlar va individual ta’lim traektoriyalari, ya’ni ta’lim jarayonining shaffofligi, samaradorligi va adolatliligini ta’minlovchi hamda talabalarning o‘z-o‘zini rivojlantirishiga va o‘qituvchilarning kasbiy o‘sishiga ko‘maklashuvchi shaxsiylashtirilgan ta’lim traektoriyalari samaradorligini baholash natijalaridan loyihaning elektron kontentini shakllantirishda foydalanilgan;
Zamonaviy sun’iy intellekt vositalari talabalarning individual bilim va ko‘nikmalarini tahlil qilish, kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan shaxsiy topshiriqlarni shakllantirish va diferensial ta’lim jarayonini optimallashtirishga yordam berishini ko‘rsatuvchi xulosalardan "Eksperimental fonetik laboratoriyani tashkil etish (xorijiy til asosida)” loyihasi doirasida foydalanilgan. (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 17-dekabr 2025-yildagi 11-25/265-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, empirik tadqiqot kuzatuvlari asosida ishlab chiqilgan diferensial ta’limda uchraydigan o‘quv to‘siqlarining kognitiv-analitik tasnifi loyiha doirasida keng joriy etilgan. Qiyinchiliklarni lingvistik, ekstralingvistik va psixologik omillarga tasniflash tadqiqot samaradorligini oshirishga asos bo‘ldi. Ushbu toifalar uchun ishlab chiqilgan, individuallashtirilgan yondashuv orqali amalga oshirishga moslashtirilgan diagnostik vositalar to‘plami va korreksion-didaktik mashqlar tizimi tadqiqotning barcha ilmiy natijalari va xulosalaridan loyiha darajasida samarali foydalanishni ta’minladi.