Isroilov Madaminjon Muxsinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “To‘qimachilik korxonalarida logistika va taʼminot zanjirlarini boshqarishni takomillashtirish”,
08.00.13-“Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5212
Ilmiy rahbari: Azlarova Munira Muhammad-amin qizi, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar sifatida iqtisodiyot fanlari doktori, professor Suyunov Dilmurod Xolmurodovich va, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Yusupova Dildora Turadjanovna
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: To‘qimachilik sanoatida logistika va ta’minot zanjirlarini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik sanoatiga xos logistika muammolari (paxta–ishlab chiqarish uzilishi, ishlab chiqarish–eksport nomutanosibligi, klaster ichidagi koordinatsiya zaifligi) qarorlar o‘rtasidagi nomuvofiqlik natijasi asosida zanjir bo‘ylab integratsiya uzilishlarini aniqlashga qaratilgan konseptual yondashuv takomillashtirilgan;
to‘qimachilik sanoatida logistika va ta’minot zanjirlarini boshqarish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar tizimi ta’minot, ishlab chiqarish, tarqatish, eksport va integratsiya-menejment yo‘nalishlari bo‘yicha funksional dekompozisiya qilish asosida takomillashtirilgan;
logistika va ta’minot zanjirlarini boshqarish samaradorligini shakllantiruvchi omillar va ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi sabab-natija bog‘liqligini ifodalovchi “boshqaruv qarori – funksional to‘siq – KPI – iqtisodiy natija” modeli logistika zanjiridagi vaqt, hajm va boshqaruv qarorlari o‘rtasidagi sinxronlashuv, talab–taklif mutanosibligi hamda funksional bo‘g‘inlar o‘rtasidagi integratsiya darajasini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
to‘qimachilik sanoatida logistika va ta’minot zanjirlarini boshqarishning konseptual modeli qarorlar o‘rtasidagi nomutanosiblik va qaror kechikishi zanjir samaradorligini cheklovchi tizimli omillar hamda samaradorlikni integratsiya darajasiga bog‘lovchi funksional bog‘liqlik asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida logistika va ta’minot zanjirlarini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘qimachilik sanoatiga xos logistika muammolari (paxta–ishlab chiqarish uzilishi, ishlab chiqarish–eksport nomutanosibligi, klaster ichidagi koordinatsiya zaifligi) qarorlar o‘rtasidagi nomuvofiqlik natijasi asosida zanjir bo‘ylab integratsiya uzilishlarini aniqlashga qaratilgan konseptual yondashuvni takomillashtirish bo‘yicha olingan takliflar O‘zbekiston Respublikasi (O‘zto‘qimachilik uyushmasining faoliyatida joriy etilgan (O‘zto‘qimachilik uyushmasining 2026-yil 18-maydagi
01/06-689-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etish natijasida ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish 12–18 foizga oshdi, ortiqcha zaxiralar 15–20 foizga kamayadi va resurslardan foydalanish samaradorligi yaxshilandi;
to‘qimachilik sanoatida logistika va ta’minot zanjirlarini boshqarish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar tizimi ta’minot, ishlab chiqarish, tarqatish, eksport va integratsiya-menejment yo‘nalishlari bo‘yicha funksional dekompozisiya qilish asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan takliflar O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi (O‘zto‘qimachilik uyushmasining faoliyatida joriy etilgan (O‘zto‘qimachilik uyushmasining 2026-yil 18-maydagi 01/06-689-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etish natijasida logistika xarajatlari 8–12 foizga kamaydi, zaxira aylanish tezligi oshadi va resurslardan foydalanish samaradorligi yaxshilandi;
logistika va ta’minot zanjirlarini boshqarish samaradorligini shakllantiruvchi omillar va ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi sabab-natija bog‘liqligini ifodalovchi “boshqaruv qarori – funksional to‘siq – KPI iqtisodiy natija” modeli logistika zanjiridagi vaqt, hajm va boshqaruv qarorlari o‘rtasidagi sinxronlashuv, talab–taklif mutanosibligi hamda funksional bo‘g‘inlar o‘rtasidagi integratsiya darajasini hisobga olgan holda takomillashtirish bo‘yicha olingan takliflar O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi (O‘zto‘qimachilik uyushmasining faoliyatida joriy etilgan (O‘zto‘qimachilik uyushmasining 2026-yil 18-maydagi 01/06-689-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida buyurtmalarni bajarish muddati 20–25 foizga qisqardi, o‘z vaqtida bajarish darajasi oshadi va logistika jarayonlari samaradorligi yaxshilandi;
to‘qimachilik sanoatida logistika va ta’minot zanjirlarini boshqarishning konseptual modeli qarorlar o‘rtasidagi nomutanosiblik va qaror kechikishi zanjir samaradorligini cheklovchi tizimli omillar hamda samaradorlikni integratsiya darajasiga bog‘lovchi funksional bog‘liqlik asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan takliflar O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi (O‘zto‘qimachilik uyushmasining faoliyatida joriy etilgan (O‘zto‘qimachilik uyushmasining 2026-yil 18-maydagi
01/06-689-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ulushi 10–15 foizga oshdi, eksport samaradorligi va moliyaviy barqarorlik ta’minlandi.